Samarqandda yana bir ayol o‘z joniga qasd qildi
4 iyul 2022, 15:19

Samarqandda yana bir ayol o‘z joniga qasd qildi

Toyloq tumanida yashagan 30 yoshli ayol o‘zini mehmonhonadagi kiyim ilgichga ro‘mol bilan osib, joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilgani va xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Avval ham Samarqandda ayol kishi o‘z joniga qasd qilgandi.

“Parkwood” ortiqcha to‘lovlarsiz 14 foizgacha chegirmali muddatli to‘lov taklif etadi
4 iyul 2022, 15:00

“Parkwood” ortiqcha to‘lovlarsiz 14 foizgacha chegirmali muddatli to‘lov taklif etadi

“Novastroy” kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan “Parkwood” turar-joy majmuasida chegirmalarning so‘nggi haftasini e’lon qildi.

Bosh prokuratura Nukusdagi voqealar xronologiyasini ma’lum qildi
4 iyul 2022, 14:50

Bosh prokuratura Nukusdagi voqealar xronologiyasini ma’lum qildi

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar xronologiyasini ma’lum qildi. Taxminan 300 kishi Nukusga kirishdagi postda 50 nafar gvardiyachidan ratsiya, dubinka, shitlarni tortib olgani va Nukus xalqaro aeroporti, mahbuslar Reabilitatsiya markazi, shahar IIB binolariga hujum uyushtirgani aytilmoqda.

Nukusdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 iyul 2022, 13:57

Nukusdagi voqealar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nukusdagi namoyishlar fakti bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi
4 iyul 2022, 12:46

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev prezident Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qoraqalpog‘istonda «barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi».

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi
4 iyul 2022, 12:42

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi

1−2 iyul kunlari Nukus shahridagi bo‘lib o‘tgan namoyishlar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi, 243 kishi, shu jumladan, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi. Tartibsizliklarda qatnashgan 516 nafar fuqaro hibsga olindi.

Hafta davomida salqin havo kuzatiladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
4 iyul 2022, 12:33

Hafta davomida salqin havo kuzatiladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va nam havo massasi kirib kelishi hisobiga 5 iyuldan boshlab barcha hududlarda havo harorati +30 darajagacha pasayadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berganlar ushlandi
4 iyul 2022, 11:59

Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berganlar ushlandi

Chirchiqda Olimpiya zaxiralari kolleji o‘qituvchisi hamda talaba Jismoniy tarbiya va sport universitetiga abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 4500 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Shu kabi holat Yuqorichirchiqda ham kuzatildi, gumondor 4500 dollarni olganida huquq-tartibot organlari tomonidan ushlandi.

Konstitutsiyada Qoraqalpog‘iston maqomi o‘zgarmaydi va muhokamalar muddati esa uzaytirildi
4 iyul 2022, 11:31

Konstitutsiyada Qoraqalpog‘iston maqomi o‘zgarmaydi va muhokamalar muddati esa uzaytirildi

Qonunchilik palatasi deputatlari Konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Qolaversa, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 15 iyulga qadar uzaytirildi.

Nukus aeroporti faoliyatiga cheklov o‘rnatildi
4 iyul 2022, 10:14

Nukus aeroporti faoliyatiga cheklov o‘rnatildi

Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat sababli o‘rnatilgan komendantlik soatlarida Nukus aeroportining faoliyati vaqtincha cheklanadi. Shu bois yakshanba kuni qoldirilgan reys yo‘lovchilari dushanba kuni kunduzi manziliga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Prezident Nukusda nimalarni ta’kidladi?
4 iyul 2022, 09:56

Prezident Nukusda nimalarni ta’kidladi?

Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqiga murojaatida ma’lum kuchlar «konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida… vaziyatni beqaror etish va izdan chiqarishga urinishayotganini» ta’kidladi. Qoraqalpog‘istonning maqomi o‘zgarmasligini yana bir bor aytib, so‘nggi yillarda mintaqada ro‘y bergan o‘zgarishlarni sanadi.

«Qo‘llariga miltiq olganlar Milliy gvardiya xodimlarini otdi». Prezident Nukusdagi namoyishlar haqida
3 iyul 2022, 17:53

«Qo‘llariga miltiq olganlar Milliy gvardiya xodimlarini otdi». Prezident Nukusdagi namoyishlar haqida

Shavkat Mirziyoyev Nukus aholisi bilan suhbatda tashqi kuchlar ta’siri ostida odamlar qo‘liga miltiq olib, Milliy gvardiya xodimlarini otganini ma’lum qildi. U prezident sifatida Qoraqalpog‘istonda tinchlik o‘rnatilishi va hech qanday muammo bo‘lmasligiga kafolat berdi.

Qoraqalpog‘iston aholisidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi
3 iyul 2022, 17:10

Qoraqalpog‘iston aholisidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston aholisidan favqulodda holat rejimi va komendantlik soatiga (21:00—7:00) rioya qilish va zarurat bo‘lmagan taqdirda uydan chiqmaslikni, qolaversa, faqat rasmiy xabarlarga ishonishni so‘radi.

Qoraqalpog‘istondagi tinch aholi va organlar xodimlari orasida qurbonlar bor — Shavkat Mirziyoyev
3 iyul 2022, 16:34

Qoraqalpog‘istondagi tinch aholi va organlar xodimlari orasida qurbonlar bor — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ayrim kimsalar organlar xodimlariga hujum qilib, ayovsiz kaltaklagani, qo‘riqlanadigan hududlarga bostirib kirishga uringanini ta’kidladi. «Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari orasida qurbonlar bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozog‘iston TIV Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan banoyot berdi
3 iyul 2022, 16:20

Qozog‘iston TIV Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan banoyot berdi

Qozog‘iston TIV qo‘shni qardosh O‘zbekistondagi voqealarni tashvish bilan qabul qilgani va mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Vaziyat to‘liq nazoratga olindi — Qoraqalpog‘iston komendanti
3 iyul 2022, 14:58

Vaziyat to‘liq nazoratga olindi — Qoraqalpog‘iston komendanti

Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida videoselektor o‘tkazdi va barcha tumanlar bilan muloqot qildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston komendanti Rustam Jo‘rayev vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ta’kidladi. «Vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda», — deyiladi xabarda.

Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezd qatnovi bir reysga bekor qilindi
3 iyul 2022, 13:04

Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezd qatnovi bir reysga bekor qilindi

3 iyul kuni «Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilindi, deb ma’lum qildi «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi».

Qoraqalpog‘iston aholisiga SMS orqali o‘zgartishlar rad etilganligi haqida xabar berildi
3 iyul 2022, 12:37

Qoraqalpog‘iston aholisiga SMS orqali o‘zgartishlar rad etilganligi haqida xabar berildi

O‘zbekiston prezidenti Qoraqalpog‘iston maqomi bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilmasligini ma’lum qilgach, internet deyarli ishlamayotgan hudud aholisi bu haqda SMS orqali xabardor qilindi.

«O‘zlaring [o‘zgartishlarni] tasdiqlagansizlar. Nimaga menga telefon qilmadinglar?» Prezident — Jo‘qorg‘i Kengesga
3 iyul 2022, 12:18

«O‘zlaring [o‘zgartishlarni] tasdiqlagansizlar. Nimaga menga telefon qilmadinglar?» Prezident — Jo‘qorg‘i Kengesga

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlarining o‘zlari Konstitutsiyada respublikaning maqomini o‘zgartish taklifini kiritgani va tasdiqlagani hamda aholining noroziligi haqida xabar bermaganini tanqid qildi. «Qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, birorta modda hech qachon o‘zgarmaydi», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga uchib ketdi
3 iyul 2022, 10:32

Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga uchib ketdi

O‘zbekiston prezidenti bir kun avval borgan Nukusga yana uchib ketdi. Qoraqalpog‘istonda tundan beri favqulodda holat joriy etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting