Prezident ayrim hokimlar klasterlarni kun davomida majlis va boshqa ishlarga jalb etayotganini tanqid qildi. Shunga ko‘ra, u hokimlarga klasterlarning ichki ish faoliyatiga aralashishni taqiqladi. Qolaversa, endi bitta tumanda ko‘pi bilan ikkita klaster tashkil etishga ruxsat beriladi, hozirgacha uchta edi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 22,97 so‘mga arzonlab, 10 800,55 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
Ijtimoiy fikr markazi o‘tkazgan so‘rovnomada respondentlarning 83 foizi «konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va zamonaviy sharoitlarda Konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini e’tirof etishini» ma’lum qildi. 47,2% respondent esa Bosh qonunni takomillashtirishda ishtirok etishni xohlaydi.
O‘zbekiston yil boshidan beri Xitoyga $1 mlrddan ortiq qiymatdagi tovarlarni eksport qildi, keyingi o‘rinlarni Rossiya ($939,4 mln) va Turkiya ($741,4 mln) egalladi. Import ko‘rsatkichida ham Xitoy ($2,7 mlrd) va Rossiya ($2,3 mlrd) mamlakatning eng samarali hamkorlari qatorida qoldi.
Samarqandda istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘z nazoratiga oldi.
Rossiyaning «Sovkombank» i O‘zbekistondan «O‘zagroeksportbank» ni sotib olish bo‘yicha bitimni bekor qildi. Bunga sabab — sanksiyalar.
Dushanba kuni 91 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani qayd etdi, bir kun avval mazkur ko‘rsatkich 133 tani tashkil qilgandi.
Prezident «Yangihayot» industrial parkidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Birinchi bosqichda 110 gektar maydon auksionda sotildi, ularda oshxona jihozlari, qandolat va to‘qimachilik mahsulotlari, santexnika tovarlari, metall buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, natijada 20 ming ish o‘rni yaratiladi.
Konstitutsiyani fuqaroning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilishga oid norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
O‘zbekistonda pensiyani hisoblash miqdorini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, hozirgacha 3,7 mln so‘m oylik olgan fuqaroga pensiya tayinlashda inobatga olingan 3,2 mln so‘mni — 3,8 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. «Bu pensiya miqdori sezilarli oshishini ta’minlaydi», — deb hisoblaydi Pensiya jamg‘armasi.
Qurbon hayiti arafasida o‘zbekistonliklar 4 kungacha, 9 iyuldan (shanba) boshlab 12 iyulga qadar (seshanba) dam olishi kutilmoqda, biroq bu hali rasman tasdiqlanmadi. Uzbekistan Airways ayni shu kunlardagi chiptalarga 50 foizlik chegirmani e’lon qildi.
OAV xodimlarini tabriklagan prezident, yoqib yuborilgan 2 tonna narkotik moddalar, Qarshiga boradigan yana bitta Afrosiyob poyezdi, «Oltin qalam» bosh mukofoti sohibiga mashina, jaziramada poyezdning sekin harakatlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Anomal issiqlik tufayli Toshkent metropolitenining yer usti stansiyalarida kunduz kunlari poyezdlar tezligi pasayadi. Shaharlararo poyezdlar ham sekinroq harakatlana boshladi.
Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlariga tabrigida ular faoliyatiga to‘sqinliklar demokratik islohotlarga qarshi harakat sifatida baholanishi kerakligini ta’kidladi. «Sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yarashmaydigan bunday salbiy holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozim», — dedi u.
O‘zbekiston 2025−2026 yillarga borib gaz eksportini butunlay to‘xtatishi mumkin, deya ma’lum qildi «O‘ztransgaz» rahbari Behzot Normatov. Hozir O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.
OAV xodimlarining chet tillarga o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi, Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarida qatnashadi, jurnalislarni tayyorlash jarayoni amaliyot bilan integratsiya qilinadi — prezident qarori bilan media sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.
8 iyuldan «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida yana bitta Afrosiyob qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Samarqand va Buxoro viloyatlariga qatnaydigan tezyurar poyezdlar harakati jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi, yakshanba kungi «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob qatnovi esa to‘xtatiladi.
2023 yildan «Oltin qalam» sohiblarining pul mukofoti oshiriladi, qolaversa, bosh mukofot sohibiga avtomobil beriladi. Har chorakda OAVlarda e’lon qilingan eng yaxshi materiallar mualliflari 15 mln so‘mgacha, bolalarga mo‘ljallangan tele va radio mahsulotlar ijodkorlari esa 90 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi.
Prezident qarori bilan shu yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 iyuliga qadar OAVlar foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamroq to‘laydi. Qolaversa, budjet tashkilotlariga elektron OAVlarga obuna bo‘lishga ruxsat berilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan oltin import qilish bo‘yicha cheklovlarga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda. Avvalroq G7 davlatlari Rossiya oltinini yetkazib berishni taqiqlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting