Juma kuni 119 kishi koronavirus yuqtirdi
25 iyun 2022, 11:22

Juma kuni 119 kishi koronavirus yuqtirdi

24 iyun kuni respublikada 119 kishining koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida aniqlangan.

Prezidentlik muddatini 7 yilga uzaytirish taklif qilinmoqda
25 iyun 2022, 10:30 5

Prezidentlik muddatini 7 yilga uzaytirish taklif qilinmoqda

Konstitutsiyaga taklif qilingan o‘zgartishlarda O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish g‘oyasi ilgari surildi.

$1 mlnni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
25 iyun 2022, 10:22

$1 mlnni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

DXX Chegara qo‘shinlari 1 mln AQSh dollarining o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.

Dam olish kunlari juda issiq bo‘lishi kutilmoqda
24 iyun 2022, 23:39

Dam olish kunlari juda issiq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari Turkmanistondan O‘zbekistonga juda issiq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi. O‘zgidromet 25 iyundan mamlakatda chilla boshlanishi va u 3 avgustgacha davom etishini ma’lum qildi.

Toyloqda Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi
24 iyun 2022, 23:32

Toyloqda Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvi natijasida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

Toshkentdagi kovid-poliklinikalar qaytadan ochilmoqda
24 iyun 2022, 23:12

Toshkentdagi kovid-poliklinikalar qaytadan ochilmoqda

Toshkentning barcha tumanlarida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus poliklinikalar qaytadan ish boshlamoqda.

MDH davlatlari mudofaa vazirlari Moskvada uchrashdi
24 iyun 2022, 22:12 1

MDH davlatlari mudofaa vazirlari Moskvada uchrashdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Moskvada MDH mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi. Unda ishtirokchilar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini hisobga olgan holda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi.

24 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 iyun 2022, 22:00

24 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yo‘lo‘tkazgich qurish uchun davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan «Qo‘yliq» bozori, hokimiga o‘rinbosari bo‘lish uchun $200 ming, «pilot»dan keyin kompyuter sovg‘asini olgan Chimboydagi IT-tanlov g‘oliblari, jinoyat kodeksidagi o‘zgarish va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 24 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda ishtirok etdi
24 iyun 2022, 20:05

Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda qatnashib, xalqaro keskinlik tobora kuchayib borayotgani va tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bo‘layotgan sharoitda O‘zbekiston keng ko‘lamli hamkorlik, shu jumladan «Janub-Janub» formatidagi sheriklik uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.

«Qo‘yliq» bozori to‘liq buzilmaydi — Toshkent hokimligi
24 iyun 2022, 19:37

«Qo‘yliq» bozori to‘liq buzilmaydi — Toshkent hokimligi

Toshkent hokimligi davlat ehtiyojlari uchun hududi tortib olinayotgan «Qo‘yliq» bozori to‘liq buzilmasligini ma’lum qildi. Yo‘lo‘tkazgich qurish uchun avtoturargohning bir qismi va bir nechta vaqtinchalik qurilmalarning o‘rni ajratiladi.

Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi
24 iyun 2022, 19:06

Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

2023 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqil OTM bo‘ladi. 2024/2025 o‘quv yilida pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul vaqtida avval abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi. Undan o‘tganlar kirish test sinovlarida qatnashadi.

«Yashil makon» hisobotida 6,2 mln ko‘chat qo‘shib yozilgani aniqlandi, 2,4 mln tasi qurib qolgan
24 iyun 2022, 19:05

«Yashil makon» hisobotida 6,2 mln ko‘chat qo‘shib yozilgani aniqlandi, 2,4 mln tasi qurib qolgan

Hisob palatasi «Yashil makon» loyihasidagi ko‘chat ekish hisobotlarida 6,2 mln ko‘chat qo‘shib yozilgani, 2,4 mln tupi qurib qolgani, shuningdek, sug‘orish va parvarish ishlari yaxshi tashkil etilmaganini aniqladi. Qo‘shib yozish holatlarini prezident ham tanqid qilgan edi.

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi 25 iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi
24 iyun 2022, 18:46

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi 25 iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi

Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Konstitutsiyaviy komissiya takliflarni Qonunchilik palatasiga kiritgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bosh qonun loyihasi 25 iyundan 4 iyulga qadar umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.

Tashqi qarz yillar davomida birinchi marta kamaydi. Sabablar
24 iyun 2022, 18:33

Tashqi qarz yillar davomida birinchi marta kamaydi. Sabablar

O‘zbekiston tashqi qarzi 2013 yildan buyon ilk bor kamaydi. MB buni jahondagi geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qilish sekinlashgani va asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi tashqi qarz qoldig‘ida aks etgani bilan izohladi.

2021 yil noyabr oyidan buyon Afg‘onistonga Termiz orqali 42 ming tonna mahsulot yetkazib berildi
24 iyun 2022, 18:25

2021 yil noyabr oyidan buyon Afg‘onistonga Termiz orqali 42 ming tonna mahsulot yetkazib berildi

2021 yil noyabr oyidan buyon Termiz orqali Afg‘onistonga 42 ming tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. O‘zbekiston TIV xalqaro sheriklarni Termiz logistika xabidan foydalangan holda mazkur davlatni qo‘llab-quvvatlashda faol hamkorlik qilishni taklif etdi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
24 iyun 2022, 16:38

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,73 so‘mga qimmatlab, 10 839,90 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi

O‘zbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi
24 iyun 2022, 16:32

O‘zbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov oltin, Charos Qayumova esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida 10 ta OTM tashkil etiladi
24 iyun 2022, 15:13

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida 10 ta OTM tashkil etiladi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonning 10 ta hududida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha 8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etiladi. Bundan tashqari, pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning 2−4-bosqich talabalari uchun «4+2» shaklidagi ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

“Qo‘yliq” bozori yo‘lo‘tkazgich qurish maqsadida davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilmoqda
24 iyun 2022, 15:03

“Qo‘yliq” bozori yo‘lo‘tkazgich qurish maqsadida davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilmoqda

Toshkent halqa yo‘lining kengaytirilishi munosabati bilan poytaxt hokimi “Qo‘yliq” bozori va savdo markazi joylashgan obyektlarni kompensatsiya to‘langanidan keyin jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi.

Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga $200 ming so‘ragan shaxslar qamaldi
24 iyun 2022, 14:48

Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga $200 ming so‘ragan shaxslar qamaldi

Qibrayda yashovchi er-xotin yuqori lavozimdagi tanishlari orqali fuqaroni Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga $200 ming evaziga ishga kiritib qo‘yishga urindi. Ular avans sifatida $130 mingni olganida ushlangan. Sud erkakni 7 yilga, ayolni esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting