Yakshanba kuni yana 93 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Shanba kuni esa 108 kishida virus aniqlangandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda 2 mingdan ortiq bemor kovidga qarshi davolanmoqda.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va jamoasi faqat g‘alaba uchun maydonga tushganini aytdi. Kapadzening so‘zlariga ko‘ra, jamoa bu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchayadi va Osiyo chempioni bo‘lishdek maqsadiga erishadi.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazish zaruratiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tahlikali zamonda O‘zbekistonda insonning yuksak o‘rni va qadrini, mamlakat uchun qanday qadriyat va manfaatlar ustuvor ahamiyatga ega ekanligini «Konstitutsiyada aks ettirish — davr taqozosidir».
Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov hibsga olingach uning imzosi bilan 26 ta hujjat tasdiqlangandi. Shaharning yangi hokimi Gofurjon Abdurahmonov mazkur hujjatlarni, qolaversa, sobiq hokim imzolagan yana 4 ta hujjatni bekor qildi. Ularning asosiy qismi yer maydonini auksionga qo‘yish bilan bog‘liq.
Andijon shahridagi xonadonlarning birida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni viloyat prokurori o‘z nazoratiga oldi.
Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Hodisa oqibatida Bangladesh va Hindistonda kamida 42 kishi vafot etgani aytilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yakshanba kuni Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.
Surxondaryodagi to‘yda kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi. Sud kelinning da’vo va arizasi yo‘qligi sababli ma’muriy jazo qo‘llamadi.
«Milliy» stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bahsida jamoat tartibini buzgan muxlislar uchta modda bilan javogarlikka tortilishi mumkin. Shuning uchun, ishqibozlardan «hakamlarga, futbolchilarga, jumladan, raqib jamoaga, texnik xodimlarga hurmat ko‘rsatish zarurligi» eslatib o‘tildi.
Yakshanba kuni futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi final uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 12:00 dan 00:00 ga qadar Toshkentdagi «Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalar avtotransport vositalari uchun yopiladi.
Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov avtomobil oynalarni qoraytirish bepul bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. So‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #tonirovka_jinoyat_emas xeshtegi ostida video joylashni boshlashdi.
27−29 may kunlari ayol dasturchilar uchun TumarisHack onlayn-hakatoni bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligi nikoh tuzish va ajrimlar bo‘yicha arizalarni eksperiment tariqasida DXMlar orqali qabul qilish taklifini bildirmoqda. Qolaversa, bola tug‘ilganda tug‘ruqxona beradigan QR-kodli ma’lumotnomani metrikaga tenglashtirish kutilmoqda. Hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletlar Qudratbek Salimjonov, Nigora Suvonova, Diyorbek Ermatov va Abrorbek Ma’rufbekov o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini jami 10 ta medal bilan yakunladi.
Bola ombudsmani Aliya Yunusova Samarqanddagi shifoxonada ayol o‘z bolasini kaltaklaganini qoralab, «ota-onalar» ning farzandiga nisbatan shafqatsiz muomala qilishini — kechirib bo‘lmas xato deb aytdi. Vakil farzandlarini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan bolalarni olib qo‘yishni taklif qildi.
Juma kuni O‘zbekistonda 90 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, shuning 74 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hafta boshidan beri kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda.
«Bunyodkor» stadioniga Osiyo kubogi U-23 finali uchun chipta sotib olishga yuzlab futbol ishqibozlari yig‘ildi. Odamlarning to‘planishi tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalanilgani aytilmoqda, Milliy gvardiya esa buni rad etib chiqdi.
«Moxito» muzqaymog‘i, shaftolili, yogurtli, bananli, qaymoqli va shokoladli muzqaymoqlar — Zira.uz turli xil mazali muzqaymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting