Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi
17 iyun 2022, 23:47

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi

Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.

Prezident Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi shifoxonasidagi bolalarga dalda berdi
17 iyun 2022, 23:32

Prezident Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi shifoxonasidagi bolalarga dalda berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. «Yoningizga yana kelishdan maqsadim — sizlarga kuch berish, umidni ikki karra ko‘paytirish. Bu hammamizga sinov», — dedi davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalarga va ularning ota-onalariga.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul olib o‘tish uchun tunnel qaziganlarga sud hukmi o‘qildi
17 iyun 2022, 23:07

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul olib o‘tish uchun tunnel qaziganlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda Qirg‘izistonga valyuta va tovar-boyliklarni olib o‘tishga mo‘ljallangan uchta tunnel fosh qilindi. Ularni 2 o‘zbekistonlik va 6 qirg‘izistonlikdan iborat jinoiy guruh qazigan. Ular 6−8 yilgacha muddatga qamaldi. Yana bir fuqaro tergovda.

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi
17 iyun 2022, 21:13

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga kiritilib, mehnatiga haq to‘lash sharoitlari prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.

Urush boshlangandan buyon ilk bor YeI rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi (foto)
17 iyun 2022, 20:54

Urush boshlangandan buyon ilk bor YeI rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi (foto)

Urush boshlanganidan buyon birinchi marta Yevropa Ittifoqining to‘rtta davlati — Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi.

TBC va Alter Ego “Meros” loyihasini amalga oshirdi
17 iyun 2022, 19:00

TBC va Alter Ego “Meros” loyihasini amalga oshirdi

Alter Ego va TBC Bank “Meros” loyihasi haqida so‘zlab berdi. Ushbu loyiha o‘zbek madaniyati va san’atining qiziqarli, biroq ba’zan keng ommaga tanilmagan arboblari bilan intervyular cyeriyasini o‘z ichiga olgan.

O‘zbekistonlik haydovchilar Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashishni boshladi
17 iyun 2022, 18:28

O‘zbekistonlik haydovchilar Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashishni boshladi

O‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari ilk marotaba Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashuvlarini amalga oshirdi. Haydovchilar bir hafta ichida Karachi portidan Toshkentga bir partiya go‘sht olib kelishdi.

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi
17 iyun 2022, 17:40

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi
17 iyun 2022, 17:20

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelishidan ogohlantirib, aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘irlar yog‘adi. Bundan tashqari, 18−21 iyun kunlari shamol tezligi 18 m/s dan 28 m/s gacha kuchayadi, natijada chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi
17 iyun 2022, 16:54

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi

Mirs mamlakatga kirish uchun manfiy PZR-test ma’lumotnomasi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat mavjudligi haqidagi talabni bekor qildi.

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
17 iyun 2022, 15:58

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Payshanba kuni «Yerusti halqa yo‘li» metrosining Qo‘yliq yo‘lidagi 6- va 7-bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bunga yo‘l chetidagi to‘sinning temirqoplamasi kuchli shamol tufayli poyezdning tok qabul qilish moslamasiga tekkani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha darsliklar taqdim etildi
17 iyun 2022, 15:41

Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha darsliklar taqdim etildi

Toshkentda o‘zbek va rus mualliflari tomonidan yaratilgan 2−11-sinflar uchun rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha maktab darsliklarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda 16 yoshli bola kanalga cho‘kib ketdi
17 iyun 2022, 15:28

Samarqandda 16 yoshli bola kanalga cho‘kib ketdi

8 iyun kuni Urgut tumanidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining kanaliga 16 yoshli bola tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Uning murdasi oradan 8 kun o‘tib boshqa kanal qirg‘og‘idan topildi. Ota-onasi da’vosi yo‘qligi hamda qarshi bo‘lgani uchun tibbiy ekspertiza o‘tkazilmadi, jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilmadi.

Xorijga chiqish pasportini YAIDXP va DXM orqali berish to‘liq joriy qilinadi
17 iyun 2022, 12:59

Xorijga chiqish pasportini YAIDXP va DXM orqali berish to‘liq joriy qilinadi

Prezident qarori bilan 1 avgustdan xorijga chiqish biometrik pasportini YAIDXP va DXM orqali berish amaliyoti to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Yagona portalda murojaat qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borish imkoniyati ham yaratiladi.

«Bunga hali tayyor emasmiz». Abduqodir Toshqulov OTMlarni xususiylashtirish haqida
17 iyun 2022, 12:25

«Bunga hali tayyor emasmiz». Abduqodir Toshqulov OTMlarni xususiylashtirish haqida

Davlat OTMlarini xususiylashtirish bo‘yicha jarayon hali ham boshlanmagan. Oliy ta’lim vazirining fikricha, «bunga hali tayyor emasmiz». «Chunki juda ko‘p davlat tashkilotlari orasida xususiylashtirilgandan keyin ish bermagani ham bor… 2023 yildan boshlab kirishish niyatidamiz», — dedi Abduqodir Toshqulov.

Dam olish kunlari odatdagidan issiqroq bo‘ladi
17 iyun 2022, 11:54

Dam olish kunlari odatdagidan issiqroq bo‘ladi

Dam olish kunlari havo harorati +34…+39 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqoriroq. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekistonda kovid statistikasi keskin ko‘tarila boshladi
17 iyun 2022, 11:25

O‘zbekistonda kovid statistikasi keskin ko‘tarila boshladi

Payshanba kuni O‘zbekistonda 59 kishida (poytaxtning o‘zida — 45 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu mart o‘rtalaridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ketma-ket uchinchi kun kovid statistikasida o‘sish kuzatilmoqda.

Rossiyadagi inqiroz Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi — Xalqaro migratsiya tashkiloti
17 iyun 2022, 10:35

Rossiyadagi inqiroz Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi — Xalqaro migratsiya tashkiloti

Hozirda Rossiyada Markaziy Osiyodan 4 millionga yaqin, jumladan, O‘zbekistondan — qariyb 2 million mehnat migrantlari faoliyat yuritadi. XMTning qayd etishicha, Rossiya iqtisodiyotining qisqarishi migrantlarning daromadlari va ularning mamlakatlaridagi iqtisodiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar JCHda to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
17 iyun 2022, 10:17

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar JCHda to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi Nigora Suvonova og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida uchta kumush hamda Abrorbek Ma’rufbekov bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tez tibbiy yordam tizimi qayta tashkil etiladi
17 iyun 2022, 10:12

Tez tibbiy yordam tizimi qayta tashkil etiladi

O‘zbekistonda tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy qilinadi. Tibbiy brigada bemorning ahvoli va kasallik turiga qarab, tuman va hududidan qat’i nazar unga yaqin masofadan yuboriladi. Markaziy shifoxonalarda esa tun-u kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limlari tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting