1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
4 yanvar 2022, 14:43

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, 1 yanvardan boshlab avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.

Qozog‘istonning Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi gaz narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi
4 yanvar 2022, 14:29

Qozog‘istonning Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi gaz narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi

Qozog‘istonning Mangistau viloyatida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyalarida ishtirok etdi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev muammoga «o‘zaro maqbul yechim» topish maqsadida Aqtauda hukumat komissiyasi ish boshlaganini ma’lum qildi.

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi
4 yanvar 2022, 14:12

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi

Qashqadaryo viloyati hokimiyati Samarqand viloyatiga olib ketilayotgan chigit mahsulotlari ortilgan uchta yuk mashinasi tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi uchun to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova shikoyat qilib, Qashqadaryo hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan viloyatlar chegarasida chigit ushlab turilganini ta’kidlagandi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022-yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi
4 yanvar 2022, 12:50

O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022-yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

O‘zbekiston 2022-yilda Afg‘onistonga 2 mlrd kVt soat elektr energiyasini yetkazib beradi. Buni nazarda tutuvchi kelishuv Toshkentda imzolandi, uning umumiy qiymati 100 mln dollarni tashkil etadi.

Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
4 yanvar 2022, 12:25

Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisining onasi vafot etdi
4 yanvar 2022, 11:54

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisining onasi vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining sobiq raisi Qallibek Kamalovning turmush o‘rtog‘i, Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalovning onasi Lyubov Kamalova 95 yoshida olamdan o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo hokimi ustidan shikoyat qildi
3 yanvar 2022, 23:22

Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo hokimi ustidan shikoyat qildi

Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova Qashqadaryodan Samarqand viloyatiga chigitni olib o‘tishni guyoki taqiqlash to‘g‘risida og‘zaki ko‘rsatma bergani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ustidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyat rahbari uning SMS xabarlariga javob bermagan hamda uning to‘rt kun davomida yukni o‘tkazish masalasini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari zoye ketgan.

Qashqadaryoda hokim yordamchilari dam olish kunlari ishga chaqirilgani aytilmoqda
3 yanvar 2022, 22:01

Qashqadaryoda hokim yordamchilari dam olish kunlari ishga chaqirilgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev 4 yanvargacha barcha xodimlar uchun dam olish kuni etib belgilanganiga qaramasdan, yanvar boshidan viloyatdagi hokim yordamchilarini ishga chaqirib olgani aytilmoqda. «1 yanvardan hamma mahallada ish boshlashi kerak», — deb yozgan u ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda. Nodir Erkayev 3 yanvar kuni hokim yordamchilari bilan Qamashi tumanidagi mahallalarga ham borgan.

Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
3 yanvar 2022, 17:18

Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida Kaspiy dengizining janubidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir, shimoliy hududlarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat esa +11…+16 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda 2026-yilgacha kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish kutilmoqda
3 yanvar 2022, 16:34

O‘zbekistonda 2026-yilgacha kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish kutilmoqda

5 yillik Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, 2026 yilga kelib O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 baravarga qisqartiriladi. Buning uchun 2,5 mln norasmiy ishchining bandligi legallashtiriladi, 700 mingdan ortiq ishsiz xotin-qizlar davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitiladi, imkoniyati cheklanganlarning bandligi 3 baravarga oshiriladi. Qolaversa, Ijtimoiy kodeksni qabul qilish ham rejalashtirilgan.

Qashqadaryodagi avariyada 5 kishi halok bo‘ldi
3 yanvar 2022, 15:46

Qashqadaryodagi avariyada 5 kishi halok bo‘ldi

1 yanvar kuni soat 13:00 larda Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Termiz-Toshkent» avtomobil yo‘lida Cobalt mashinasi beton to‘siqqa urilgan. YTH oqibatida haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti topshirildi
3 yanvar 2022, 15:30

Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti topshirildi

Shahmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, ikki xonali uy kaliti va 250 mln so‘m pul mablag‘i topshirildi. Uning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 mln so‘mdan berildi. Nodirbekning otasi jahon chempionini tadbirma-tadbir ovora qilmaslikni so‘rab, u hali ko‘p mehnat qilishi kerakligini aytdi.

Quyuq tuman tufayli Urganch va Nukusga parvozlar kechikmoqda
3 yanvar 2022, 13:37

Quyuq tuman tufayli Urganch va Nukusga parvozlar kechikmoqda

Quyuq tuman sababli Urganch va Nukus aeroportlari yakshanba kunidan buyon parvozlarni qabul qilmayapti. Yo‘lovchilarga parvoz vaqtini aloqa markazidan yoki onlayn jadval orqali aniqlashtirish tavsiya etildi.

Kelgusi 5 yilda O‘zbekistonda jamoat transporti qanday isloh qilinadi?
3 yanvar 2022, 13:09

Kelgusi 5 yilda O‘zbekistonda jamoat transporti qanday isloh qilinadi?

2022−2026 yillarda respublika bo‘yicha yagona transport tizimini rivojlantirish, Toshkent va yirik shaharlarga uzog‘i bilan 6−7 soatda borib-kelish imkoniyatini yaratish taklif etilayapti. Buning uchun 2022 yilda poytaxt jamoat transporti uchun 673 ta elektrobus va 14 ta metro poyezdini xarid qilish maqsad qilingan. 60 ta shaharlararo avtobus yo‘nalishini tashkil etish, mahalliy aviaqatnovlar soni esa haftasiga 48 tadan 80 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.

2023-yilgacha xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari 3 baravarga oshirilishi mumkin
2 yanvar 2022, 23:34

2023-yilgacha xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari 3 baravarga oshirilishi mumkin

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan 2023-yilgacha davlat boshqaruvida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish maqsadida xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari soni 3 baravarga oshiriladi. Jumladan, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish sohalarida davlat nazoratini xususiy sektorga o‘tkazish reja qilingan.

5 yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 80 foizga yetkazish kutilmoqda
2 yanvar 2022, 22:53

5 yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 80 foizga yetkazish kutilmoqda

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini 62 foizdan 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2026-yilga kelib esa 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda. Buning uchun esa 7 mingdan ortiq nodavlat muassasalarni qurish, 160 mingdan ko‘proq kadrlar malakasini oshirish maqsad qilingan.

Messi koronavirusga chalindi
2 yanvar 2022, 22:25

Messi koronavirusga chalindi

«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

2022-yilda Ekologik kodeks ishlab chiqiladi
2 yanvar 2022, 12:21

2022-yilda Ekologik kodeks ishlab chiqiladi

Prezident qarori bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi 1-dekabrgacha jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari va OAV vakillarini jalb etgan holda Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, barcha hokimlarning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosalariga ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari ham yuklatiladi.

O‘zbekistonda 1-yanvar kuni 2316 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2022, 12:18

O‘zbekistonda 1-yanvar kuni 2316 nafar chaqaloq tug‘ildi

2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq, shundan 13 holatda egizaklar dunyoga keldi. Chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ilgan. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi
2 yanvar 2022, 11:21

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi

YHXBB rahbari Olim Saidov hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Berdialiyev va uning o‘rinbosari Davron Azizov vazirlikning bir qancha bo‘linmalarini birlashtirgan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga o‘rinbosar etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting