O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari “Xanjar-2024” taktik o‘quv mashg‘ulotlarida turli jangovar qurollardan otish va shartli aholi punktida jang olib borish harakatlarini mashq qiladi.
Farg‘onada tanishiga 20 martadan ortiq pichoq urib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uyiga o‘t qo‘ygan ayol 15 yildan ko‘proqqa ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchining kredit qarzdorligi bo‘lgan va qarzni to‘lash uchun jabrlanuvchinikiga o‘g‘irlikka tushgan.
PM2,5 dispersli zarrachalarining uzoq muddatli ingalyatsiyasi astmaning rivojlanish xavfini oshiradi, buning bolalarga ta’siri ancha kuchliroq, deyiladi xalqaro tadqiqot guruhi tahlilida.
Shavkat Mirziyoyev arab-islom sammitida Falastin mojarosida harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash BMTning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va mamlakat urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Shigeru Ishiba ikkinchi bosqichda ovoz berish natijalariga ko‘ra bosh vazir etib saylandi. 1-oktabrda Ishiba siyosatga “jamoatchilikning ishonchi pastligi” tufayli Fumio Kishidaning o‘rniga bosh vazir lavozimiga kelgandi va o‘shanda saylov o‘tkazish niyatini e’lon qilgandi.
Namanganda Damas haydovchisi to‘xtash belgilariga amal qilmasdan, temiryo‘lni kesib o‘tishga urindi va elektrovozning yuk vagoniga urildi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollarlik aktivlar davlat daromadiga o‘tdi, ularning egalari boylikning qonuniyligini isbotlay olmagan. Rasmiylar mablag‘ning sport obyektlari qurilishiga sarflanishini ma’lum qildi.
Navoiy viloyatiga tashrif chog‘ida prezidentga umumiy qiymati 8 mlrd dollarga baholangan yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha loyiha taqdim etildi. Unda neft, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq, bu kabi loyiha Surxondaryoda ham amalga oshirilishi aytilgandi.
Kengashlarning yangi saylangan deputatlari saylovdan so‘ng O‘zbekistonning viloyat, tuman va shaharlarida amaldagi hokimlarni qayta tasdiqladi. Viloyat hokimlari kengash rahbari lavozimini tark etdi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari deyarli hamma joyda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 0…+2 darajagacha tushishi kutilmoqda.
So‘nggi yillarda noyabr oyi nisbatan sovuqroq kelib, qish oldidan, xususan, O‘zbekiston energotarmog‘ini ham sinovdan o‘tkazayotgan edi. Ammo 2024-yilning noyabri nisbatan iliqroq va quruqroq kechishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun noyabr ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi.
Toshkentda tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish o‘tgan yakshanba kuni yana boshlandi. Ishchilar nafaqat bannerlar va reklama konstruksiyalarini, balki muassasalarning peshlavhalarini ham olib tashladi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, bunga poytaxt tashqi reklamasining yangi dizayn-kodi sabab bo‘lgan.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va uni Ukrainadagi eskalatsiyadan qochishga chaqirdi, deb yozmoqda Washington Post. Kreml suhbat bo‘lganini rad etmoqda.
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati endilikda ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda amalga oshirilishini ma’lum qildi. Ushbu tartib 1-dekabrdan boshlab joriy etiladi.
Humo arena`da o‘tgan MMA bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik o‘smirlar 18 ta, yoshlar terma jamoasi esa 12 ta medal oldi. Ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
AQSh Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell Donald Tramp undan ishdan ketishni talab qilgan taqdirda ham bunday qilmasligini ta’kidladi. Pauell, shuningdek, jurnalistlarning “AQSh prezidenti sizni ishdan olishi mumkinmi”, degan savoliga qisqa qilib “yo‘q”, deb javob berdi.
Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi fonida bitkoin kursi o‘sishda davom etmoqda. 11-noyabr kuni kriptovalyuta kursi 81 ming dollardan yuqoriga ko‘tarildi. Tramp o‘zining saylov kampaniyasi davomida AQShni “sayyoraning kripto poytaxtiga” aylantirishga va’da bergandi.
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Qanot Sharq aviakompaniyasi madaniy kashfiyotlar va pazandalik durdonalariga boy noyob muhitdan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga dam olishga borishni taklif qiladi.
Prezident xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berish tartibini tasdiqladi. Bu xizmat (ID-kartalarni pochta orqali yetkazib berish kabi) o‘tgan yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgandi. 2023-yil yanvaridan boshlab haydovchilik guvohnomasini pochta orqali olish mumkin bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting