Jahon yangiliklari dayjesti
24 sentabr 2021, 20:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Bir qator fransuz moda uylarining mo‘ynadan butunlay voz kechayotgani, Suriyaning AQShdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilgani, Yevropa Ittifoqining Kobulda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkinligi, Ukraina parlamentining prezident Zelinskiyga «Oskar» berish taklifini ko‘rib chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi
24 sentabr 2021, 20:07

Tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan tadbirkorlar va yerlari sho‘rlangan hududlarda yashovchi fuqarolarga soliq to‘lovlaridan yengilliklar yaratishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.

Uzbekistan Airports va Air Marakanda Samarqand aeroportini moderniyazatsiya qilish bo‘yicha bitim imzoladi
24 sentabr 2021, 19:19

Uzbekistan Airports va Air Marakanda Samarqand aeroportini moderniyazatsiya qilish bo‘yicha bitim imzoladi

Uzbekistan Airports va Air Marakanda kompaniyalari «Samarqand» xalqaro aeroportini DXSH asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi doirasida o‘zaro bitim imzoladi.

Qariyb 2,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
24 sentabr 2021, 19:09

Qariyb 2,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

24 sentabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 2 mln 499 ming 668 dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 26 mln 754 ming 208 dozani tashkil qilmoqda.

“20 yildan oshdi, qonun qabul qildik, lekin uni buzganlik uchun javobgarlik yo‘q” — deputat jurnalistlar himoyasi bo‘yicha qonundagi kamchilik haqida
24 sentabr 2021, 19:03

“20 yildan oshdi, qonun qabul qildik, lekin uni buzganlik uchun javobgarlik yo‘q” — deputat jurnalistlar himoyasi bo‘yicha qonundagi kamchilik haqida

Deputat Rasul Kusherbayev jurnalistlar himoyasiga oid qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagani sohada ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Qonunchilik palatasi deputatlari bu masalada bir necha bor harakat qilib ko‘rishgan. “Biz, shaxsan men ham tarafdormanki, himoya qonunini qabul qildikmi, himoyani buzganga doir javobgarlik masalasini ham jinoyat kodeksida belgilab qo‘yishimiz shart”, — dedi deputat.

“Adolat” tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Mutaxassislar va jamoatchilik bunga qarshi
24 sentabr 2021, 19:01

“Adolat” tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Mutaxassislar va jamoatchilik bunga qarshi

“Adolat” partiyasi fraksiyasi tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Jamoatchilik va ekspertlar haydovchilar uchun qulaylikdan ko‘ra, inson hayoti qadrining ustuvorligini eslatib, qarshi fikrlarni bildirishdi.

Namanganlik 21 yoshli harbiy xizmatchi snaryad qoldiqlari portlashi oqibatida halok bo‘ldi
24 sentabr 2021, 18:56

Namanganlik 21 yoshli harbiy xizmatchi snaryad qoldiqlari portlashi oqibatida halok bo‘ldi

Chirchiq shahridagi dala o‘kuv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhumning ota-onasi prezidentga videomurojaat yo‘lladi.

Nomzodlar maktab o‘quvchilariga bepul ovqat berishni va’da qilmoqdalar. Bu budjetdan qancha xarajatni talab etadi?
24 sentabr 2021, 17:34

Nomzodlar maktab o‘quvchilariga bepul ovqat berishni va’da qilmoqdalar. Bu budjetdan qancha xarajatni talab etadi?

Saylovoldi tashviqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berildi. “Gazeta.uz” ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat budjetining taxminiy xarajatlarini hisoblab chiqdi va bu fikrga qarshi bo‘lgan iqtisodchilarning fikrini keltiradi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
24 sentabr 2021, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,94 so‘mga pasayib, 10 650,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalana boshlaydi
24 sentabr 2021, 15:42

IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalana boshlaydi

Ichki ishlar organlarining deyarli barcha bo‘linmalari elektroshoker qurilmalari bilan ta’minlandi. Ulardan yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar foydalanadi.

Raqib sifatida bitta Shavkat Mirziyoyevni ko‘raman — Alisher Qodirov
24 sentabr 2021, 15:30

Raqib sifatida bitta Shavkat Mirziyoyevni ko‘raman — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovda o‘ziga bitta Shavkat Mirziyoyevni raqib sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.

«Oldin Tojikiston bilan chegarada minalar bo‘lgan» — Shavkat Mirziyeyov
24 sentabr 2021, 14:57

«Oldin Tojikiston bilan chegarada minalar bo‘lgan» — Shavkat Mirziyeyov

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bir yarim yil davomida Tojikiston prezidenti bilan qiyin muzokaralardan so‘ng, o‘zbek-tojik chegarasidagi minalar tozalangan.

Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur tayyorladik — Shavkat Mirziyoyev
24 sentabr 2021, 14:11

Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur tayyorladik — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyatda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish eng ustuvor vazifa ekanligini aytdi. U Narpay tumani misolida viloyatda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi. Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 12 ta mahallada quruvchi, chilangar, qandolatchilik, tikuvchilik, IT-soha kasblari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiligi aytildi.

O‘zbekiston internet erkinligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida oxirgi o‘rinni egalladi — Freedom House
24 sentabr 2021, 13:43

O‘zbekiston internet erkinligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida oxirgi o‘rinni egalladi — Freedom House

Freedom House`ning internet erkinligi darajasini aniqlovchi Freedom on the Net 2021 hisobotida O‘zbekiston 100 balldan 28 ball to‘pladi. Mamlakat erkin internetga ega bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Dam olish kunlari iliq havodan so‘ng, havo salqinlashadi
24 sentabr 2021, 11:56

Dam olish kunlari iliq havodan so‘ng, havo salqinlashadi

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq havo saqlanib turadi. Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Kunduz kuni havo harorati +23…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 4 mln nafardan oshdi
24 sentabr 2021, 11:41

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 4 mln nafardan oshdi

23 sentabr kuni O‘zbekistonda 216 ming 853 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 007 ming 732 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 11,43 foizini tashkil qilmoqda.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi
24 sentabr 2021, 11:30

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni $83 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
24 sentabr 2021, 10:55

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni $83 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘istonda 83 ming dollar evaziga o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

23 sentabr kuni O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus aniqlandi
24 sentabr 2021, 10:36

23 sentabr kuni O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 134 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashadi
24 sentabr 2021, 10:28

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashadi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqirozini yengish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Unda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi mintaqada suv mavjudligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, cho‘llanish va tuproq degradatsiyasini tezlashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting