O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.
O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi do‘kon va kafega raketa zarbasi berilishi natijasida 50 ga yaqin odam, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida to‘y kortejining ikki ishtirokchisi 10 sutkaga hibsga olindi. Mashinalarni boshqarayotgan yoshlar to‘y marosimiga ketayotgan yo‘lda rulni qo‘yib yuborib, salondan to‘liq chiqib olishgan.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
1-noyabrdan o‘zbekistonliklar oyiga 1000 kVtdan ko‘p elektr energiyasi sarflagani uchun tarifdan 2−4 baravargacha qimmatroq to‘lov qiladi. Bu tartib hukumatning yopiq qarori bilan tasdiqlandi. Energetika vazirligi esa o‘suvchan koeffitsiyent “aholining 98 foiziga umuman ta’sir qilmasligini” aytmoqda.
Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.
Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Toshkent viloyatida Wildberries logistika xabini qurish, Rossiyadan metro vagonlarini yetkazib berish, suv ta’minoti bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.
“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.
Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Kama kompaniyasining Atom elektromobilini O‘zbekistonda yig‘ish, keyinchalik ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach ma’lum qildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar yig‘ib olinishi va o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berib yuborish holatlari qayd etilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori talabaning onasini haqorat qilayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Universitet xabar qilishicha, surishtiruv ishlari boshlangan va u lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting