Ukrainada 11 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi. Ular mart oyining boshidan beri qidirilmoqda
25 aprel 2022, 23:08 1

Ukrainada 11 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi. Ular mart oyining boshidan beri qidirilmoqda

Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgan edi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmadi. Elchixona ularni qidirmoqda. «Gazeta.uz» bedarak yo‘qolganlardan birining ukasi bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlar nomlari ma’lum qilindi
25 aprel 2022, 22:16

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlar nomlari ma’lum qilindi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Rossiyadan pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlarni baholadi. Polsha, Bolgariya, Litva, Chexiya hamda boshqa Yevropa va Osiyo davlatlari migratsiyani rivojlantirish uchun jozibador yo‘nalishlar deb nomlandi.

25 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 aprel 2022, 22:00

25 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda OITSga chalinib bemorlarni davolab kelgan stomatolog, Emmanuel Makronni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan Shavkat Mirziyoyev, test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangani, 9 mayda o‘tkazilmaydigan harbiy parad, Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘llagan prezident, Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Belarus va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 25 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Litsenziya olish jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmagan — SES «Guangjou» klinikasi haqida
25 aprel 2022, 21:55

Litsenziya olish jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmagan — SES «Guangjou» klinikasi haqida

SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov «Guangjou» klinikasining Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi filiallari litsenziya olishi jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmaganini ma’lum qildi. Agarda noqonuniy holat kuzatilsa, litsenziya berilmagan bo‘lardi, deya ta’kidladi u.

Malakasi yetarli bo‘lmagan haydovchilar mashinani maxsus belgi bilan haydaydi
25 aprel 2022, 21:30

Malakasi yetarli bo‘lmagan haydovchilar mashinani maxsus belgi bilan haydaydi

1-maydan boshlab ikki yildan kam haydovchilik tajribasiga ega haydovchilarning avtomobillarida maxsus “Haydovchilikni endi boshlagan” belgisi bo‘lishi shart.

Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan genetik tekshiruvdan o‘tishadi
25 aprel 2022, 18:12

Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan genetik tekshiruvdan o‘tishadi

2023-yil 1-iyuldan nikohlanuvchilar genetiklarning xulosasi bilan turmush qurishadi. Bunda fuqarolar reproduktiv salomatlik markazlari orqali o‘z hisoblaridan molekulyar-genetik testdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etish istagida
25 aprel 2022, 18:06

Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etish istagida

Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
25 aprel 2022, 17:48

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 8 medal — 2 kumush va 6 bronza medali bilan yakunladi.

«Metalloinvest» O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘radi
25 aprel 2022, 17:35

«Metalloinvest» O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘radi

USM xoldingi tarkibiga kiruvchi «Metalloinvest» kompaniyasining Toshkent metallurgiya zavodi aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘ragan. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov hukumat ushbu masalani o‘rganishini bildirdi.

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi
25 aprel 2022, 17:28

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikada harbiy parad o‘tkazish nazarda tutilmagani ma’lum qilindi. Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Mamadaliyev oldingi yillar ham bunday namoyishlar bo‘lmaganini aytdi.

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi
25 aprel 2022, 16:40

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning bir qator hududlarida 500 MVt gacha quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tuzilmasini shakllantirishda maslahat beradi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 aprel 2022, 15:39

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
25 aprel 2022, 15:37

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Avvalroq unga qo‘mita huzuridagi Fiskal institut rahbarligi ham yuklatilgan edi.

Davlat geologiya qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi
25 aprel 2022, 15:31

Davlat geologiya qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi

Davlat geologiya va mineral resurslari davlat qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi. Uning boshlang‘ich bahosi 75,6 mlrd so‘m etib belgilangan edi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
25 aprel 2022, 14:52 1

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2022−2023 o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari e’lon qilindi. Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Shifokorlar 1-sentabrdan yakka tartibda oilaviy shifoxona tashkil etishi mumkin
25 aprel 2022, 14:36

Shifokorlar 1-sentabrdan yakka tartibda oilaviy shifoxona tashkil etishi mumkin

1-sentabrdan shifokorlarga alohida tibbiyot muassasasi ochmasdan o‘z uyida yoki ijaraga olgan binosida yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, oilaviy poliklinikalarning kunduzgi statsionar ish vaqti 20:00 gacha uzaytiriladi.

Toshkentda OITSga chalingan stomatolog bemorlarni davolab kelgani aniqlandi
25 aprel 2022, 13:47

Toshkentda OITSga chalingan stomatolog bemorlarni davolab kelgani aniqlandi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli shaxs OITS bilan kasallanganiga qaramasdan tish shifokori sifatida faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida iliq ob-havo saqlanib qoladi
25 aprel 2022, 12:28

Hafta davomida iliq ob-havo saqlanib qoladi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Chorshanba va payshanba kunlari markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +27…+32 darajagacha ko‘tariladi.

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda
25 aprel 2022, 11:49

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Pastdarg‘om tumanida fermer 6 gektar yerni noqonuniy tarzda 170 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Gumondor yer maydonini fuqaro nomiga tuman hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilganligi aytilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘lladi
25 aprel 2022, 11:10

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston delegatsiyasi unga oltin va kumushdan yasalgan «Poi Kalon ansambli» ning 3D shaklidagi suratini sovg‘a qildi. «Men [sovg‘aga] qarayapman va uni qo‘yishga joy qidirayapman. Prezident lol qoldirishni biladi», — deb yozadi Checheniston rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting