Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (9−10-noyabr)
8 noyabr 2024, 15:06

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (9−10-noyabr)

To‘qqizta kinopremyera, an’anaviy art-bozor, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, konsertlar, bolalar uchun ko‘ngilochar shoulari, do‘konlardagi chegirmalar, ko’rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Uzum Tezkor kurerlik kasbi haqidagi miflarni sanab o‘tdi
8 noyabr 2024, 15:00

Uzum Tezkor kurerlik kasbi haqidagi miflarni sanab o‘tdi

Uzum Tezkor kurerlik sohasidagi keng tarqalgan, jumladan, ularning daromadi kamligi, ayollar ishlay olmasligi, karera qilish imkonsizligi haqidagi miflarga to‘xtaldi.

Yangi rekord: O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
8 noyabr 2024, 14:24

Yangi rekord: O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi

Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining oshishi fonida yana 2 mlrd dollarga oshib, 43,1 mlrd dollarga yetdi. Ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi oy rekordini yangiladi. Markaziy bank oz miqdorda qimmatbaho metall sotib, qimmatli qog‘ozlar xarid qildi.

Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi
8 noyabr 2024, 14:17

Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi

Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi.

Click umummilliy ekologik dasturi — Yashil Merosʼni ishga tushirmoqda
8 noyabr 2024, 13:00

Click umummilliy ekologik dasturi — Yashil Merosʼni ishga tushirmoqda

Yashil Meros dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, Click’ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi.

Dam olish kunlari havo nisbatan sovuq bo‘ladi
8 noyabr 2024, 12:19

Dam olish kunlari havo nisbatan sovuq bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

DXX 4 ta viloyatda ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotganlarni qo‘lga oldi
8 noyabr 2024, 11:59

DXX 4 ta viloyatda ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotganlarni qo‘lga oldi

DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi.

Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi
8 noyabr 2024, 11:41

Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi
8 noyabr 2024, 11:18

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Toshkent metropolitenining yana 9 ta bekatida jamoat hojatxonasi quriladi
8 noyabr 2024, 10:35

Toshkent metropolitenining yana 9 ta bekatida jamoat hojatxonasi quriladi

Toshkent metrosining gavjum bo‘lgan 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Metrodagi birinchi jamoat hojatxonasi 2022-yilda ochilgandi.

FVV fuqarolarga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi
8 noyabr 2024, 09:25

FVV fuqarolarga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi

O‘zbekistonda 2022-yilda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan 84 ta holat 120 nafardan ko‘proq odamning o‘limiga olib keldi. 2023-yilda shu kabi 46 ta, 2024-yildan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. FVV aholiga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

So‘rovnoma: Jamoat transporti ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerakmi?
8 noyabr 2024, 09:09

So‘rovnoma: Jamoat transporti ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerakmi?

Jamoat transportlari ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Ko‘pchilik bu xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zilar tiqilinchni bartaraf etish uchun boshqa choralarni taklif qiladi. “Gazeta.uz” bu borada odamlar fikri bilan qiziqdi.

Buxoroda Qizil kitobdagi baliqlarni ovlaganlar tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi
8 noyabr 2024, 02:09

Buxoroda Qizil kitobdagi baliqlarni ovlaganlar tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida elektr qarmoq yordamida Qizil kitobga kiritilgan 20 ta Turkiston mo‘ylovdorini, shuningdek, yana 25 ta zog‘orabaliqni ovlagan 4 nafar shaxs tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.

YTTB va YI O‘zbekistondagi Voltalia quyosh elektr stansiyasi loyihasiga 54,5 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratdi
8 noyabr 2024, 01:56

YTTB va YI O‘zbekistondagi Voltalia quyosh elektr stansiyasi loyihasiga 54,5 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

YTTB va YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi.

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
8 noyabr 2024, 01:29

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.

O‘zbekistonda mikrobiznes uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin
8 noyabr 2024, 01:15

O‘zbekistonda mikrobiznes uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab aylanmadan soliqning qat’iy stavkalari bekor qilinishi mumkin. Ular 2023-yilda mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimini soddalashtirish uchun yagona 4 foizli soliq stavkasiga muqobil sifatida joriy qilingandi.

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda — energetika vaziri o‘rinbosari
7 noyabr 2024, 23:38

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda — energetika vaziri o‘rinbosari

Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi.

2025-yilda kanallarni betonlash uchun yana 800 mlrd so‘m ajratiladi
7 noyabr 2024, 23:05

2025-yilda kanallarni betonlash uchun yana 800 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etdi.

Sement zavodlari imtiyozlar hisobiga 250 mlrd so‘mni o‘zida saqlab qoldi
7 noyabr 2024, 20:30

Sement zavodlari imtiyozlar hisobiga 250 mlrd so‘mni o‘zida saqlab qoldi

2024-yilda sement ishlab chiqaruvchilarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq rejalashtirilgan 2 barobar o‘rniga 4 barobar kamaytirilgandi. Bu imtiyoz hisobiga joriy yilda ularning ixtiyorida 250 mlrd so‘m qoladi. Ayrim qurilish materiallari uchun alohida soliq stavkalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

2024-yil eng issiq yil bo‘lishiga “deyarli shubha yo‘q” — Copernicus
7 noyabr 2024, 18:28

2024-yil eng issiq yil bo‘lishiga “deyarli shubha yo‘q” — Copernicus

2024-yilda o‘rtacha global harorat rekord darajaga yetishi kutilmoqda. 2015-yilgi Parij kelishuvi doirasida mamlakatlar global isishni 1,5 daraja Selsiygacha cheklashga kelishib olgan, ammo bu yil ko‘rsatkich mazkur chegaradan oshishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting