O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga telefon qilib, yana hamdardlik bildirdi
26 dekabr 2024, 15:31

O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga telefon qilib, yana hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi layneri halokati munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi. Shuningdek, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
26 dekabr 2024, 15:30

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi, poytaxtdagi jamoat transportida naqd shakldagi to‘lov narxlari oshadi, umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi keshbek sifatida qaytariladi, madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshi oshiriladi — 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Zomin aeroporti 27-dekabrdan yana ochiladi
26 dekabr 2024, 15:14

Zomin aeroporti 27-dekabrdan yana ochiladi

Yaqinda vaqtincha yopilgani xabar qilingan Zomin aeroporti 27-dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi. Silk Avia shu sanadan boshlab Toshkent — Zomin qatnovlarini qayta tiklashi haqida xabar berdi.

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi
26 dekabr 2024, 15:04

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi

Qoraqalpog‘istonda 2022-yil iyul oyida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot taqdim etdi. Shuningdek, u davlat organlari uchun bir qator tavsiyalarni e’lon qildi, ular orasida tushuntirish berish va fuqarolarni muhim qarorlar muhokamasiga jalb qilish kabilar bor.

Havoni ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etish shu moddalarni atmosferaga chiqaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklandi
26 dekabr 2024, 14:19

Havoni ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etish shu moddalarni atmosferaga chiqaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklandi

Ekologiya vazirining buyrug‘i bilan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi
26 dekabr 2024, 12:52

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu davrda aholi soni 3 milliondan 7,4 millionga oshishi prognoz qilinmoqda.

O‘zbekistonda futzal federatsiyasi tashkil etildi
26 dekabr 2024, 11:34

O‘zbekistonda futzal federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi futzal federatsiyasi tashkil etildi. BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov uning prezidenti bo‘ldi. Federatsiya 2025-yildan faoliyatini boshlaydi.

M Cosmetic ”Kosmik” aksiyasini e’lon qilmoqda
26 dekabr 2024, 11:00

M Cosmetic "Kosmik" aksiyasini e’lon qilmoqda

Yangi yil arafasida M Cosmetic o‘z iliqligi va muhabbatini mijozlarga ulashishga shoshilmoqda va "Kosmik" aksiyani taqdim etmoqda.

Zomin aeroporti vaqtincha yopildi
26 dekabr 2024, 10:58

Zomin aeroporti vaqtincha yopildi

2023-yilning kuzida ochilgan Zomin aeroporti vaqtincha yopildi. Bu yerda magistral samolyotlarni qabul qilish uchun sharoit yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi
26 dekabr 2024, 10:36

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning Saman Corporation kompaniyasi bilan Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshladi va ishchi guruh tuzishga kirishdi. Jarayon 2026-yilning mart oyigacha davom etishi kutilmoqda.

“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — madaniyat vaziri
26 dekabr 2024, 09:58

“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — madaniyat vaziri

Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirarkan, sohani qushga qiyosladi va uni mahkam ushlash zarurligini ta’kidladi. “Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”, — dedi u.

Yunusabad Residence tayyor kadastrli premium xonadonlarni taklif etadi
26 dekabr 2024, 09:00

Yunusabad Residence tayyor kadastrli premium xonadonlarni taklif etadi

Yunusabad Residence turar joy majmuasida tayyor kadastr, rivojlangan infratuzilma va 15 yilga qulay ipoteka shartlariga ega premium xonadonlar mavjud.

“Bir kunlik firmalar” va narx manipulyatsiyasiga qarshi kurash: soliq organlari 2025-yilda qay tarzda 20 trln so‘m undirmoqchi?
25 dekabr 2024, 21:54

“Bir kunlik firmalar” va narx manipulyatsiyasiga qarshi kurash: soliq organlari 2025-yilda qay tarzda 20 trln so‘m undirmoqchi?

Soxta tadbirkorlik, narx manipulyatsiyasi va soliqdan qochish sxemalari ustidan nazoratni kuchaytirish orqali besh yil ichida yashirin iqtisodiyotni ikki barobar qisqartirmoqchimiz, dedi Soliq qo‘mitasi vakili. Unga ko‘ra, ushbu choralar 2025-yilda davlat budjetiga 20 trln so‘m jalb etish imkonini beradi.

Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan
25 dekabr 2024, 20:43

Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan

Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan.

Yangi yil tadbirlari sabab Tashkent City atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopildi
25 dekabr 2024, 20:03

Yangi yil tadbirlari sabab Tashkent City atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopildi

Tashkent City hududida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi sabab 25-dekabrdan 10-yanvarga qadar O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida avtomobillar harakatiga cheklov kiritildi. Tashrif buyuruvchilar uchun bir nechta avtoturargohlar ajratilgan.

“Chiroyli” avtoraqam rekord darajadagi 75 ming dollarga sotildi
25 dekabr 2024, 19:06

“Chiroyli” avtoraqam rekord darajadagi 75 ming dollarga sotildi

01 888 BBB avtomobil raqami auksionda rekord darajadagi 965,25 mln so‘mga (taxminan $75 ming) sotildi. Savdo 3 soatdan ortiq davom etdi, ishtirokchilar 62 ta taklif kiritdi.

TBC Bank ilk bor foydalanuvchilarning shaxsiy natijalarini sarhisob qildi
25 dekabr 2024, 19:00

TBC Bank ilk bor foydalanuvchilarning shaxsiy natijalarini sarhisob qildi

TBC UZ ilovasida 2024-yil uchun shaxsiy natijalar mavjud. Barcha foydalanuvchilar ilovaga birinchi marta qachon kirganliklarini, omonat bo‘yicha foizlardan qancha daromad olganliklarini, qancha qadam bosganliklarini bilib olishlari mumkin.

“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri Viktor Mixaylov vafot etdi
25 dekabr 2024, 18:37

“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri Viktor Mixaylov vafot etdi

“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri, “Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi” NNT direktori Viktor Mixaylov vafot etdi.

MDH davlatlari rahbarlari kreativ iqtisodiyot, tinch atom va umumiy tahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi
25 dekabr 2024, 18:25

MDH davlatlari rahbarlari kreativ iqtisodiyot, tinch atom va umumiy tahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

Norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlari yangi yo‘nalishlar — muhandislik maktablari tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika, tinch atom, shuningdek, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi
25 dekabr 2024, 18:13

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi

Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlar kontraktdan tushadigan pullarning 4 foizini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berishini istamoqda. Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting