«Nasaf» va «So‘g‘diyona» o‘rtasidagi uchrashuv tartibsizliklar bilan yakunlandi
30 oktabr 2021, 18:49

«Nasaf» va «So‘g‘diyona» o‘rtasidagi uchrashuv tartibsizliklar bilan yakunlandi

«Nasaf» O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yin yakunida qarshiliklar sardori Umar Eshmurodov mezbonlar hujumchisining boshiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv va har ikki jamoa futbolchilari ishtirokida tartibsizliklarga sabab bo‘lgan.

TDYUga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi
30 oktabr 2021, 17:28

TDYUga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

1−5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
30 oktabr 2021, 15:22

1−5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Onlayn aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1−25 noyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisini to‘liq ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Lacetti va Labo avtomobillarini yetkazib berish muddati 2 oyga uzaytirildi
30 oktabr 2021, 14:44

Lacetti va Labo avtomobillarini yetkazib berish muddati 2 oyga uzaytirildi

UzAuto Motors’ning xabar berishicha, mikrochiplar yetishmasligi sababli kompaniya joriy yilning oktabr-noyabr oylarida xaridorlarga topshirilishi kutilayotgan Lacetti va Labo avtomobillarini yetkazib berish muddatini ikki oyga uzaytirishga majbur.

Boks. Shahram G‘iyosov jahon chempionatini birinchi davradayoq tark etdi
30 oktabr 2021, 13:02

Boks. Shahram G‘iyosov jahon chempionatini birinchi davradayoq tark etdi

Boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kunida O‘zbekistondan to‘rt nafar bokschi bahs olib bordi. Shaxobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Xalaqov ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Amaldagi jahon chempioni Shahram G‘iyosov Qozog‘iston vakiliga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

IDga aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi
30 oktabr 2021, 12:54

IDga aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

DXX «Islom davlati» bilan aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxsni O‘zbekistonga qaytardi. Uning Suriya va Iroqdagi janglarda hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan birida teraktga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgani xabar qilindi.

Joriy yilning 9 oyida davlat organlarida 728,8 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlangan
30 oktabr 2021, 11:45

Joriy yilning 9 oyida davlat organlarida 728,8 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlangan

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 728,8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larining sarflanishida moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 6 barobarga ko‘proq. Budjet intizomining buzilish holatlari asosan xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim tizimlari, shuningdek, avtomobil yo‘llari qo‘mitasida yuz bergan.

Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda
30 oktabr 2021, 10:52

Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

2 noyabrdan boshlab Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanadi. Parvozlar haftasiga 2 marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi
30 oktabr 2021, 10:33

Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi

Toshkentning Chilonzor tumanida prezident tashrifi arafasida 55 tup daraxtning tubiga parvarishlangandek ko‘rinishi uchun polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgan. Daraxtlarda qurish alomatlari mavjud. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi rahbari obodoshlashtirish uslubini «kolxozcha» deb atadi.

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva
30 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva

Frikadelka va qizil loviyali, makkajo‘xori va shovulli, xamir bo‘lakchali va pishloqli — Zira.uz noodatiy usulda tayyorlanadigan sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi
29 oktabr 2021, 21:33

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda qalbaki pul ishlab chiqarishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan umumiy qiymati 19,6 mln so‘mlik 196 dona 100 ming so‘mlik qalbaki banknotalar olib qo‘yildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi
29 oktabr 2021, 21:12

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi

2023 yildan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, atamalarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va boshqa talablar asosida lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.

«Biz davlatlar o‘rtasidagi raqobat nomaqbul siyosiy oqibatlarga olib kelishini istamas edik» — tashqi ishlar vaziri
29 oktabr 2021, 20:57

«Biz davlatlar o‘rtasidagi raqobat nomaqbul siyosiy oqibatlarga olib kelishini istamas edik» — tashqi ishlar vaziri

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda siyosiy raqiblar manfaatlari to‘qnashuvi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, mamlakatni bir tomon tufayli boshqa tomon qabul qilmaydigan pozitsiyani tanlashga majbur bo‘ladigan holatga keltirishlari qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Bizga shunchaki o‘sish emas, balki inklyuziv iqtisodiy o‘sish kerak — Timur Ishmetov
29 oktabr 2021, 17:56

Bizga shunchaki o‘sish emas, balki inklyuziv iqtisodiy o‘sish kerak — Timur Ishmetov

O‘tgan yillardagi iqtisodiy o‘sish «aholining juda kichik qismini xursand qildi», chunki o‘sish inklyuziv emas edi, dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat unumdorlik, samaradorlik ustida ishlashi, raqobat muhitini yaratishi va yoshlar biznes talablariga javob beradigan asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun inson kapitaliga sarmoya kiritishi kerak.

«O‘zbekneftgaz» Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sischilari safidan chiqdi
29 oktabr 2021, 16:25

«O‘zbekneftgaz» Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sischilari safidan chiqdi

«O‘zbekneftgaz» Jizzakh Petroleum kompaniyasi ta’sischilari safidan butunlay chiqdi. Bungacha qo‘shma korxonaning 49 foiz ulushi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli edi.

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud
29 oktabr 2021, 16:13

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud

O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29 oktabr 2021, 15:33

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi
29 oktabr 2021, 15:18

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi

Respublika maktablarida 4 noyabrdan 10 noyabrgacha kuzgi ta’til e’lon qilindi.

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi
29 oktabr 2021, 15:00

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi

“Unistream” banki MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga Rossiyada tezda qulay ish topishga yordam beradigan platformani ishga tushirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting