2021-yilning 11 oyida benzin importi 36,3 foizga oshgan
5 yanvar 2022, 11:38

2021-yilning 11 oyida benzin importi 36,3 foizga oshgan

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oshgan.

Urganchdan Oqtovga parvozlar bekor qilindi
5 yanvar 2022, 11:32

Urganchdan Oqtovga parvozlar bekor qilindi

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Oqtovga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu Oqtov xalqaro aeroportining xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi bilan bog‘liq.

Fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda
5 yanvar 2022, 11:05

Fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, aprel oyigacha “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar joyida tekshirilishi ko‘zlangan. Strategiya loyihasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar haqida xabar berish va ro‘yxatga olish uchun “Ye-huquqbuzarlik” yagona axborot tizimini tashkil etish ham taklif etilgan.

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi, favqulodda holat joriy qilindi
5 yanvar 2022, 09:14

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi, favqulodda holat joriy qilindi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat hukumatining iste’fosini qabul qildi. Mangistau viloyati va Olmaota shahrida favqulodda holat joriy etildi.

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
5 yanvar 2022, 09:04

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi
5 yanvar 2022, 03:11

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.

«Hukumat qulamaydi. Bizga mojaro emas, muloqot kerak» — Qozog‘iston prezidenti
5 yanvar 2022, 01:09

«Hukumat qulamaydi. Bizga mojaro emas, muloqot kerak» — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti vatandoshlariga yo‘llagan videomurojaatida namoyishlar ishtirokchilarini «aql bilan ish ko‘rishga, ichki va tashqi ig‘volarga berilmaslikka, mitingchilar va o‘zboshimchaliklar eyforiyasiga uchmaslikka» chaqirdi. «Hukumat qulamaydi. Biroq, bizga mojaro emas, o‘zaro ishonch va muloqot kerak», — dedi u.

Qozog‘istonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayapti
5 yanvar 2022, 00:12

Qozog‘istonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayapti

«Gazeta.uz» manbalari va Qozog‘istondagi OAVlar mamlakatda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayotganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda esa norozilik namoyishlari davom etmoqda. Prezident Qasim-Jomart Toqayev namoyishchilardan «buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni» so‘radi va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablarni ko‘rib chiqishga va’da berdi.

Samarqanddagi tunneldan suv sizib chiqishi yuzasidan izoh berildi
4 yanvar 2022, 22:27

Samarqanddagi tunneldan suv sizib chiqishi yuzasidan izoh berildi

O‘zbekiston temir yo‘llari Samarqandda 31 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan avtomobil-tramvay tunneli devorlaridan suv sizib chiqayotganiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, bu lotoklar tiqilishi oqibatida yuzaga kelgan. «Tunnel devorlari orasidan suv o‘tishi yo‘l o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy ta’sir etmaydi», — deyiladi xabarda.

AOKA qayta tashkil etilishi kutilmoqda
4 yanvar 2022, 21:26

AOKA qayta tashkil etilishi kutilmoqda

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qayta tashkil etilishi kutilmoqda. Endi u Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo‘ladi. Qolaversa, 2022 yilda Axborot kodeksi ham ishlab chiqiladi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti esa AOKA tarkibiga o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi namoyishchilar uning arzonlashishiga erishdilar
4 yanvar 2022, 18:57

Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi namoyishchilar uning arzonlashishiga erishdilar

Qozog‘iston hukumati Janaozen va Aqtau shaharlarida namoyishga chiqqan avtomobil egalari talabiga ko‘ra suyultirilgan gaz narxini litri uchun 50 tengega tushirishga rozi bo‘ldi.

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
4 yanvar 2022, 18:30

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.

Toshkentda mast holdagi Matiz haydovchisi avariya sodir etdi, 3 bola, jumladan bir yashar chaqaloq jarohatlandi
4 yanvar 2022, 18:15

Toshkentda mast holdagi Matiz haydovchisi avariya sodir etdi, 3 bola, jumladan bir yashar chaqaloq jarohatlandi

Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida mast holdagi Matiz haydovchisi qarama-qarshi yo‘ldagi 2 mashina bilan to‘qnashuv sodir etdi. Buning oqibatida jarohatlangan 7 kishining 3 nafari yosh bolalar. Ular orasida travmatik shok tashxisi qo‘yilgan chaqaloq ham bor.

«Temir daftar», yoshlar va ayollar daftari «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» bilan birlashtiriladi
4 yanvar 2022, 17:58

«Temir daftar», yoshlar va ayollar daftari «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» bilan birlashtiriladi

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqildi. Uning doirasida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasi yaratilib, barcha «daftarlar» ijtimoiy himoya yagona reyestriga birlashtiriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar berish dasturi qabul qilinadi.

O‘zbekiston 9 ta shaharda Bosh konsulxonalar ochishi mumkin
4 yanvar 2022, 15:09

O‘zbekiston 9 ta shaharda Bosh konsulxonalar ochishi mumkin

5 yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Rossiyaning — Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning — Chimkent, Chexiyaning — Praga, Kanadaning — Ottava, Koreya Respublikasining — Pusan shaharlarida Bosh konsulxona ochishi kutilmoqda.

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
4 yanvar 2022, 14:43

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, 1 yanvardan boshlab avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.

Qozog‘istonning Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi gaz narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi
4 yanvar 2022, 14:29

Qozog‘istonning Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi gaz narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi

Qozog‘istonning Mangistau viloyatida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyalarida ishtirok etdi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev muammoga «o‘zaro maqbul yechim» topish maqsadida Aqtauda hukumat komissiyasi ish boshlaganini ma’lum qildi.

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi
4 yanvar 2022, 14:12

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi

Qashqadaryo viloyati hokimiyati Samarqand viloyatiga olib ketilayotgan chigit mahsulotlari ortilgan uchta yuk mashinasi tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi uchun to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova shikoyat qilib, Qashqadaryo hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan viloyatlar chegarasida chigit ushlab turilganini ta’kidlagandi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022-yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi
4 yanvar 2022, 12:50

O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022-yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

O‘zbekiston 2022-yilda Afg‘onistonga 2 mlrd kVt soat elektr energiyasini yetkazib beradi. Buni nazarda tutuvchi kelishuv Toshkentda imzolandi, uning umumiy qiymati 100 mln dollarni tashkil etadi.

Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
4 yanvar 2022, 12:25

Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting