2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,74 so‘mga ko‘tarilib, 10 732,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
DXX tomonidan Sirdaryo viloyatida terrorchi guruh ta’siriga tushib qolganlikda va «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Guruh yetakchisi Suriyaga borib, terrorchi tashkilotlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilgani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun 5 ta maxsus poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Odri Azule 169 ovozdan 155 ta ovoz olib, YUNESKO bosh direktori etib qayta saylandi.
Markaziy bank O‘zbekistonda «QIWI Uzbekistan» elektron pullarning chiqarilishiga ruxsat berdi. «Kapitalbank» tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qarshi shahrida 23 yil ilgari hujjatlarda «o‘lgan» Anvar Javharov notarius hamda shahar prokurorini obro‘sizlantirish va ularga tuhmat qilishda ayblanib, sud qilinmoqda. Ayblanuvchi «faqat va faqat o‘zining tirikligini isbotlashga» uringani, uning turmush o‘rtog‘i hujjatlarni soxtalashtirib, uyini sotib yuborganini aytmoqda.
«Zarubejneft» Jizzakh Petroleum kompaniyasining ulushini sotib olishni muhokama qilmoqda, deya xabar berdi «Kommersant’». Rossiyaning davlat kompaniyasi mintaqada neft va gaz qazib olish bo‘yicha klaster shakklantirmoqchi.
Antikorrupsiya agentligi o‘rganishlari natijasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida 9,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Shundan 586,7 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-taroj qilinganligini aytilmoqda. Shifoxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
2022 yil hosilidan paxta yetishtirish va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk bor nishonlanayotgan 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan soha hodimlariga tabrik maktubi yo‘lladi. Maktubda so‘nggi 5 yilda tizimda amalga oshirilgan islohotlar bilan birga kelgusidagi ustuvor vazifalar ham tilga olingan. Jumladan, davlat rahbari har qaysi korxona yoki tashkilotda albatta kasaba uyushmasi faoliyat ko‘rsatishi va rahbarlar ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi shart ekanligini ta’kidladi.
YouTube kontent mualliflarini hujumlardan himoya qilish uchun videolar ostidagi dizlayklar sonini yashirishni boshladi. Avvalroq o‘tkazilgan esperiment shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilar videoga berilgan salbiy baholar sonini ko‘rmasalar, ularning dizlayk tugmasini bosish ehtimoli kamroq bo‘ladi.
Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavomizda ishlab kelgan Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.
Skeytbording, roller va skuterda uchish sport turlarini o‘z ichiga olgan «Skeyt O‘zbekiston» assotsiatsiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. Endilikda o‘zbekistonlik skeytbordchilar uchun Parij-2024 olimpiadasiga 12 ta litsenziya olish imkoniyati mavjud.
Avvaldan ishlab chiqilgan loyihalarsiz daraxt ekish mumkin emas. Kasal daraxtlarni kesish emas, balki davolash kerak. «Yashil Makon» loyihasini amalga oshirishda o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik uchun nima qilish kerak? Daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash, ularni ekish, parvarishlash, hisobga olish va davolashni tashkil etish to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy maqolasida.
Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 10 noyabrgacha cheklangani haqida xabar bergandi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.
Deputatlar sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Behzod Musayev nomzodini ma’qulladilar. Hozirda u bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
JSST rahbari Tedros Gebreisus vaksinatsiya yordamida COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tishining uchta asosiy shartini sanab o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting