Prezident inflyatsiya darajasini pasaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
7 fevral 2023, 23:12

Prezident inflyatsiya darajasini pasaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

2023 yilda O‘zbekiston barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llagan holda inflyatsiya darajasini 10 foizdan pastga tushirishni rejalashtirmoqda. Prezident oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularni «daladan dasturxongacha» yetkazib berishdagi xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

7 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 fevral 2023, 22:00

7 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2023 yilgi davlat dasturi loyihasining muhim bandlari, gaz va elektrda o‘g‘rilik kattaligini aytgan prezident, Qamchiqda kutilayotgan sovuq ob-havo, IMEI-kodlarini klonlash uchun javobgarlik, o‘zbek-qirg‘iz chegarasini demarkatsiyalash muzokaralari boshlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Yanvarda O‘zbekistonda 85 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan
7 fevral 2023, 21:27

Yanvarda O‘zbekistonda 85 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan

Yanvarda O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 614 ta holat aniqlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Xususan, AGTKSlarda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda 76,8 mlrd so‘mlik gazdan foydalanilgan.

Turkiyada O‘zbekistonning 13 fuqarosi qidirilmoqda
7 fevral 2023, 21:13

Turkiyada O‘zbekistonning 13 fuqarosi qidirilmoqda

Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini qidirish ishlari olib borilmoqda. Ikki kishi bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi. Hozirda tabiiy ofat natijasida 3549 kishi qurbon bo‘ldi, 22,1 ming kishi jarohatlangan.

Qamchiqda qor yog‘ishi, tuman tushishi va kuchli shamol esishi kutilmoqda
7 fevral 2023, 21:01

Qamchiqda qor yog‘ishi, tuman tushishi va kuchli shamol esishi kutilmoqda

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kutilayotgan sovuqlar fonida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Qamchiq dovonida 8−9 fevral kunlari qor yog‘ishi, tuman tushishi va kuchli shamol esishi kutilmoqda.

Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu kutilayotgan yillik defitsitning beshdan biriga teng
7 fevral 2023, 18:24

Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu kutilayotgan yillik defitsitning beshdan biriga teng

Yanvarning 8 kunida davlat budjeti xarajatlari daromaddan 2,3 baravar ortib, defitsit 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu 2023 yil uchun defitsit kutilmasining beshdan bir qismidan ko‘proq degani (25,1 trln so‘m). Shundan so‘ng Iqtisodiyot va moliya vazirligi daromad va xarajatlar bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.

O‘zbekistonda 2024 yildan tibbiy ma’lumotnomalar elektron shaklda beriladi
7 fevral 2023, 18:01

O‘zbekistonda 2024 yildan tibbiy ma’lumotnomalar elektron shaklda beriladi

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi. Bu amaliyot Navoiy, Sirdaryo, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2023 yildan boshlanadi.

Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidi ta’mirlandi
7 fevral 2023, 17:16

Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidi ta’mirlandi

Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidini ta’mirlash ishlari yakunlandi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning «Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari — Yevropa madaniy meros yilining xalqaro o‘lchovi» tashabbusi doirasida amalga oshirildi.

O‘zbekistonga ilk bor noqonuniy dron olib kirganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif etildi
7 fevral 2023, 16:47 1

O‘zbekistonga ilk bor noqonuniy dron olib kirganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif etildi

O‘zbekistonga birinchi marta qonunga zid ravishda dron olib kirgan yoki undan foydalanganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda. Amalda esa mazkur huquqbuzarlik uchun faqat jinoiy javobgarlik — 3 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

Qoraqalpog‘istonning barcha hududlarida eskirgan uylar ta’mirlanadi
7 fevral 2023, 16:22

Qoraqalpog‘istonning barcha hududlarida eskirgan uylar ta’mirlanadi

Qoraqalpog‘istondagi og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini ta’mirlash (yopish), yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining parametrlari tasdiqlandi. Buyurtmachilarga elektron shaklda taklif bermasdan, eng yaxshi takliflarni aniqlash huquqi beriladi.

Doniyor Mirazimov Respublika neyroxirurgiya markaziga rahbar bo‘ldi
7 fevral 2023, 15:07

Doniyor Mirazimov Respublika neyroxirurgiya markaziga rahbar bo‘ldi

2-sonli Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekistonda chet elliklarni ishga olish tartibi soddalashishi mumkin
7 fevral 2023, 15:04

O‘zbekistonda chet elliklarni ishga olish tartibi soddalashishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda ishlashni istagan chet elliklarni bo‘sh ish o‘rinlariga chaqirishda maqsadga muvofiqlikni o‘rganish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ular chetdan olib kelgan mashinani olib chiqib ketish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, yig‘im to‘lamasligi ham mumkin.

O‘zbekistonda IMEI-kodlarini klonlash uchun javobgarlik belgilanmoqda
7 fevral 2023, 14:35

O‘zbekistonda IMEI-kodlarini klonlash uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy klonlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya bo‘yicha muzokaralarni boshladi
7 fevral 2023, 14:12

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya bo‘yicha muzokaralarni boshladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani delimitatsiya qilish jarayonini yakunlab, tezda uning demarkatsiyasiga kirishdi. Bu boradagi ikki davlat ishchi guruhlarining birinchi yig‘ilishi allaqachon bo‘lib o‘tgan, keyingisi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Turkiyadagi zilzila oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
7 fevral 2023, 13:18

Turkiyadagi zilzila oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Bronla.uz bilan dachalarni onlayn tarzda topish va bron qilish mumkin
7 fevral 2023, 13:00

Bronla.uz bilan dachalarni onlayn tarzda topish va bron qilish mumkin

Bronla.uz servisi dachalarni 2 daqiqada ham tanlab, ham bronlash imkoniyatini taqdim etadi.

O‘zbekistondagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin
7 fevral 2023, 12:48

O‘zbekistondagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda bir yilda YTHlar sonini kamida 15 foizga kamaytirish reja qilingan — YHXX
7 fevral 2023, 12:33

O‘zbekistonda bir yilda YTHlar sonini kamida 15 foizga kamaytirish reja qilingan — YHXX

O‘zbekistonda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YTHlar soni 1 foizga kamaydi. Ularda halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilga borib YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.

Namangandagi portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi
7 fevral 2023, 12:27

Namangandagi portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi

Kosonsoy tumanidagi uyda portlash ro‘y berib, 5 kishi jarohat oldi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi
7 fevral 2023, 11:54

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

Angren shahrida 19 yoshli qiz xonadonida o‘zini osib qo‘ydi. Uni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting