Bugun va ertaga O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kuni mamlakatga iliq havo massalari kirib keladi. Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq, kunduz kunlari +15…+18 daraja iliqgacha isiydi.
Farg‘ona viloyatidagi mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi qolmadi va muassasalar faoliyati to‘xtatildi. Dang‘ara tumanida yashovchi Berdiyevlar oilasi 6 nafar tarbiyalanuvchini asrab olib, “Bolalar baxti” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil qildi. Shuningdek, Qo‘qon shahrining O‘zbekiston va Toshloq tumanlarida ham oilaviy mehribonlik uylari tashkil etilgan. Muassasaning 80 nafar sobiq ishchi-xodimlari mutaxassisligi bo‘yicha yashash manzillariga yaqin bo‘lgan joylarda ish bilan ta’minlanmoqda.
31 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida 7 kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqdi. Videolarda birinchi tomon avtomobilda qochmoqchi bo‘lganida ikkinchi tomon uning baloniga pichoq tiqqanini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Iqtisodiyot tarmog‘ida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar suhbat asosida OTMlarga o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Talabgorlar vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari tomonidan berilgan tavsiyanomalar asosida suhbatga kiritiladi.
Buyuk Britaniya O‘zbekistonga «UK GSP Enhanced Framework» Umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha benefitsiar mamlakat maqomini taqdim qildi. Ushbu maqom keng turdagi o‘zbek mahsulotlarining Britaniya bozoriga kirishini osonlashtirishi va ularning raqobatbardoshligini oshirishi kutilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi. Bundan tashqari, aholi «Sputnik V» (274 mingdan ortiq kishi), AstraZeneca (1,448 mln), Moderna (1,371 mln), Pfizer (1 mln) va Sinovac (1030 kishi) vaksinalari bilan turli bosqichlarda emlandi.
Dekabr oyida O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan tabrigida aytildi.
Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.
Boks bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroki, “Paxtakor"ning 14 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lishi, “Nasaf"ning OFK Kubogi finalidagi mag‘lubiyati — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Davlat staistika qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.
Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Ularning 3 nafari Xalq bankining Nurota filiali boshqaruv xodimlari ekani aytilmoqda. Shuningdek, viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi. Hodisaga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan.
Prezident kelgusi besh yilda tinchlik va xavfsizlik masalalari hamda xalqaro hamkorlar bilan aloqalar yanada mustahkamlanishigi ma’lum qildi. «Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak. Bugungi hayot, bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu», — dedi u.
Shanba kuni soat 11:00 da Toshkentda havoning chang bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 6,7 barobar yuqori edi. Bu juma kunidan kamroq (8 marta), lekin hali ham sog‘liq uchun xavfli. Ob-havo sharoiti changning to‘liq tarqalib ketishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Yangi dilerlik markazi uch turdagi Volkswagen Caddy minivenlarini hamda Škoda Kodiaq`ning besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style avtomobillarini taklif etadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Kuziyev Tursunali Karimdjonovich Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U o‘z vaqtida madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari hamda vazir sifatida ham faoliyat yuritgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyaga bag‘ishlangan marosimda Konstitutsiyani takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratdi. «Tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz», — dedi u.
Serbiyadagi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov hal qiluvchi jangda fransiyalik Sofian Umiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani ikkita medal bilan yakunladi.
Shavkat Mirziyoyev qasamyoddan so‘ng nutq so‘zlab, prezidentlik lavozimiga birinchi marta kirishganida aytgan so‘zlarini yodga oldi: «Menga soxta va balandparvoz gaplarning keragi yo‘q», — dedi u. Qolaversa, u saylovoldi uchrashuvlarda bildirilgan hududlarni rivojlantirishga oid takliflar yillar davomida aniq dasturlar bo‘yicha amalga oshirilishini ta’kidladi.
oktabrda prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi va yana davlat rahbari lavozimini bajarishga kirishdi.
Jem va tvorogli, yong‘oqli va shokolad pastali, turkcha va quritilgan mevali — Zira.uz xushbo‘y, mayin va shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting