Jahon yangiliklari dayjesti
21 oktabr 2021, 21:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Lukashenkoning Belarus konstitutsiyasi avtoritar xarakterga egaligini ta’kidlagani, Janubiy Koreya o‘zining ilk kosmik raketasini fazoga uchirgani, Latviyada 15 noyabrgacha lokdaun joriy qilingani, Donald Tramp o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini yaratayotgani, Turk lirasi rekord darajada qadrsizlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21 oktabr 2021, 21:09

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Oybek Barakabayev va Doniyorjon Tojiboyev o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.

Dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari koronavirusdan vafot etgan — JSST
21 oktabr 2021, 20:26

Dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari koronavirusdan vafot etgan — JSST

2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga $5,7 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan
21 oktabr 2021, 19:17

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga $5,7 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.

Qashqadaryoda 9 yil oldin sodir etilgan mudhish qotillik fosh etildi
21 oktabr 2021, 18:08

Qashqadaryoda 9 yil oldin sodir etilgan mudhish qotillik fosh etildi

Qashqadaryoda 2012 yilda Nexia-2 haydovchisini o‘ldirib, dalaga ko‘mib yuborgan shaxslar jinoyati fosh etildi.

Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi
21 oktabr 2021, 17:28

Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi

Farg‘ona viloyati hokimligi Xo‘ja Porso jome masjidini buzib qayta qurish uchun mas’ul idoralar xulosasi olinganini ma’lum qildi. Madaniy meros agentligi esa loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilganini qayd etdi. Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga a’zo bo‘ldi
21 oktabr 2021, 17:06

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga a’zo bo‘ldi

Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining a’zosi (umumiy 92-a’zosi) bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
21 oktabr 2021, 16:52

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 692 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Markaziy Bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgani bo‘yicha izoh berdi
21 oktabr 2021, 16:38

Markaziy Bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgani bo‘yicha izoh berdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida qoldirdi. Ushbu qaror yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10 foizgacha pasaytirish va kelgusida 5 foizlik inflyatsion targetga erishish maqsadida qabul qilindi. Bu yilgi inflyatsiyaning o‘zgarishiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.

«Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi?» — Alisher Qodirov
21 oktabr 2021, 16:09

«Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi?» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi toshkentlik saylovchilar uchrashuvda g‘alabadan umidvor emasligini, biroq, odamlar albatta o‘zgarishini ta’kidladi. «Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi? Afsus bilan aytish kerak, agar odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa menga ovoz bermaydi», — dedi Alisher Qodirov. U saylov kampaniyasi boshida prezident saylovlarida g‘alaba qozonish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Senatorlar yetim bolalar ijtimoiy ta’minotidagi kamchiliklarni sanab o‘tdilar
21 oktabr 2021, 15:57

Senatorlar yetim bolalar ijtimoiy ta’minotidagi kamchiliklarni sanab o‘tdilar

Senatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Senatorlar kollej va OTMlarda bolalarni o‘qitish uchun kitoblab sotib olishga subsidiyalar haligacha ajratilmaganini qayd etdilar. Ularning fikricha, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni yangilash zarur.

«Tolibon» Tojikiston bilan chegarada muntazam bo‘linmalarni joylashtiradi — OAV
21 oktabr 2021, 15:26

«Tolibon» Tojikiston bilan chegarada muntazam bo‘linmalarni joylashtiradi — OAV

Toliblar 150 ga yaqin jangchilarini tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun tayyorgarlikdan o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, ular Taxor aholisining xavfsizligini ham ta’minlashadi. «Biz harakat a’zolaridan va sobiq hukumat armiyasi harbiylaridan tashkil topgan muntazam armiya tuzmoqdamiz va boshqa davlatning bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi «Tolibon» bo‘linmalarining Mozori Sharif shahridagi qo‘mondoni Mavlavi Ataulla Omariy.

Ikki yarim yilda transport sohasida 358 shaxs korrupsiyada ayblangan, jami 24 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan
21 oktabr 2021, 15:01

Ikki yarim yilda transport sohasida 358 shaxs korrupsiyada ayblangan, jami 24 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan

Senatorlar 2019−2020 yillar va 2021 yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, ularning 358 nafari korrupsiyada ayblangan. Ushbu jinoyatlar ortidan 24 mlrd mablag‘ talon-toroj qilingan. Qolaversa, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi 149 nafar xodim jinoyat sodir etgan.

«Gaz kelajak avlodga meros, uni har xil shartnomalar bilan sotib yubormaslik kerak» — Shavkat Mirziyoyev
21 oktabr 2021, 14:21

«Gaz kelajak avlodga meros, uni har xil shartnomalar bilan sotib yubormaslik kerak» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda mamlakat sanoatida tabiiy gazga talab kattaligini ta’kidladi. «Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas», — dedi davlat rahbari.

Do‘stlik bog‘i (Bobur) rekonstruksiyadan so‘ng ochildi (foto)
21 oktabr 2021, 14:21

Do‘stlik bog‘i (Bobur) rekonstruksiyadan so‘ng ochildi (foto)

Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur bog‘i) rekonstruksiyadan so‘ng ochildi. Rasmiylar bog‘ning, aholi talab qilganidek, shovqinli attraksionlarsiz, qulay va sokin joy bo‘lib qolishiga va’da berishdi. Foto.

Nepaldagi sel oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21 oktabr 2021, 14:15

Nepaldagi sel oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nepalda uch kun mobaynida davom etayotgan kuchli yomg‘ir tufayli kelib chiqqan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi. 30 kishi bedarak yo‘qoldi.

«Menga 80 trln so‘m emas, bir insonning hayoti muhimroq» — prezident koronavirus pandemiyasi davridagi xarajatlar haqida
21 oktabr 2021, 12:41

«Menga 80 trln so‘m emas, bir insonning hayoti muhimroq» — prezident koronavirus pandemiyasi davridagi xarajatlar haqida

Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi davrida aholining salomatligini saqlash uchun 80 trln so‘m sarflanganini ma’lum qildi. Davlat rahbari aholini koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. Uning aytishicha, dushanba kuni mamlakatga grippga qarshi vaksina ham olib kelinmoqda.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
21 oktabr 2021, 12:35

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi
21 oktabr 2021, 11:26

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha sun’iy mo‘yna, zig‘irpoya va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar, shisha iplar hamda shisha tolali matolarga import boji qo‘llanilmaydi.

Dzyudochi Diyorbek O‘rozboyevda doping aniqlandi va 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
21 oktabr 2021, 11:02

Dzyudochi Diyorbek O‘rozboyevda doping aniqlandi va 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyorbek O‘rozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. Sportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilinib, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting