AQSh harbiylarini O‘zbekistonga joylashtirishga zarurat yo‘q, Vashingtonda bu haqda bilishadi — TIV
22 oktabr 2021, 20:25

AQSh harbiylarini O‘zbekistonga joylashtirishga zarurat yo‘q, Vashingtonda bu haqda bilishadi — TIV

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov AQSh harbiylarini O‘zbekistonga joylashtirish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berar ekan, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyasida «o‘zaro munosabatlarimiz chegaralari» belgilab berilganini eslatdi. «Ko‘plab siyosiy maslahatlashuvlarda amerikaliklarga bu narsa O‘zbekiston uchun mutlaqo qabul qilinmasligi yetkazilgan», — dedi vazir.

Toshkent KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti — Abdulaziz Kamilov
22 oktabr 2021, 19:14

Toshkent KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston hukumati hozircha KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti, aniq tahdidlarni aks ettirish vazifasi bor, deya ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov. «Biroq hodisalar, vaziyatning qanday rivojlanishini Xudo biladi. Hamkorlik shakllari ham o‘zgarishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.

TEXNOPARK Shivaki sanoat sovutish tizimlarini taklif qiladi
22 oktabr 2021, 19:00

TEXNOPARK Shivaki sanoat sovutish tizimlarini taklif qiladi

TEXNOPARK MCHJ har qanday ehtiyojlar va ish sharoitlari uchun Shivaki iqlim tizimlarini taklif qiladi. Uskunalar uchun uch yillik kafolat beriladi.

O‘zbekistonga Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlari ekologiyasini qayta tiklash uchun €2 mln ajratiladi
22 oktabr 2021, 18:48

O‘zbekistonga Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlari ekologiyasini qayta tiklash uchun €2 mln ajratiladi

YeTTB boshqaruvidagi Markaziy Osiyo uchun Ekologik qayta tiklash hisobi Yangiobod va Chorkesardagi eski uran shaxtalarini yopish uchun 2 mln yevro miqdorida grant ajratadi.

«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanish cho‘qqisida» — TIV rahbari
22 oktabr 2021, 18:01

«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanish cho‘qqisida» — TIV rahbari

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hozirda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisida ekanligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolayotganini, Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish borligi haqida qo‘shimcha qildi. Vazir noyabrda bo‘lishi kutilayotgan O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi uchun katta hujjatlar to‘plami tayyorlanganligini ma’lum qildi.

«Tolibon mafkurasini O‘zbekistonga olib kirish umuman imkonsiz» — Abdulaziz Kamilov
22 oktabr 2021, 17:48

«Tolibon mafkurasini O‘zbekistonga olib kirish umuman imkonsiz» — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston hukumati mamlakatga toliblar mafkurasining kirib kelishidan xavfsiramasligini ta’kidladi. «Toliblar qandaydir mafkurani eksport qilishni boshlashiga juda ko‘p vaqt talab etiladi», dedi u. Vazir harakat va uning rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarib borishi mumkinligini ham qayd etdi.

Toshkentda ikki avtomobil yuzma-yuz to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
22 oktabr 2021, 16:53

Toshkentda ikki avtomobil yuzma-yuz to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanida 19 yoshli Nexia-3 haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Spark bilan to‘qnashdi. Natijada Spark yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

561 ta kompaniya 123 mln dollarlik valyuta kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozi bo‘ldi — Markaziy bank
22 oktabr 2021, 16:22

561 ta kompaniya 123 mln dollarlik valyuta kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozi bo‘ldi — Markaziy bank

Tijorat banklari tomonidan valyutada 1 mln dollargacha qarzi bo‘lgan (umumiy qarzdorlik 2,5 mlrd dollar) 15 mingdan ortiq korxonalarning xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni so‘mga o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuborilgan. Markaziy bank raisining aytishicha, 561 ta kompaniya valyutadagi kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozilik bildirgan, lekin bu amaliyot kelgusida ham davom etadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
22 oktabr 2021, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 703,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Qariyb 422 ming fuqaro saylovda muddatidan oldin ovoz berdi
22 oktabr 2021, 15:49

Qariyb 422 ming fuqaro saylovda muddatidan oldin ovoz berdi

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 14−20 oktabr kunlari prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida jami 421 618 nafar fuqaro qatnashdi.

Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida O‘zbekiston 74-o‘rinni egalladi
22 oktabr 2021, 15:18

Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida O‘zbekiston 74-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida 170 ta mamlakat ichidan 74-o‘rinni egalladi. Reyting ayollarning xavfsizligi, ularning parlamentdagi ulushi, diskriminatsion normalar singari kategoriyalar asosida tuzilgan.

Samarqandda KFC restorani ochiladi
22 oktabr 2021, 15:00

Samarqandda KFC restorani ochiladi

23 oktabr kuni Samarqandda yangi KFC restoranining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida shou dastur bo‘lib o‘tadi va mehmonlar sovg‘alar yutib olishlari mumkin bo‘ladi.

Endi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etganlar ham farzand asrab olishi mumkin
22 oktabr 2021, 14:42

Endi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etganlar ham farzand asrab olishi mumkin

Prezident farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, hayotga, sog‘liqqa qarshi, giyohvandlik va boshqa jinoyatlarni qasddan sodir etganlar bola asrab olishi mumkin emas deb belgilanmoqda. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan va jazo muddatini o‘taganlarga esa farzand asrab olishga ruxsat beriladi. Qolaversa, farzandlikka oluvchi va olinuvchi yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart.

«Yil oxirigacha 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanadi» — Behzod Musayev
22 oktabr 2021, 11:30

«Yil oxirigacha 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanadi» — Behzod Musayev

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Ramiz Usmonov Alisher Navoiy teatri rahbari bo‘ldi
22 oktabr 2021, 11:07

Ramiz Usmonov Alisher Navoiy teatri rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga rahbar etib tayinlandi.

Dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘ladi
22 oktabr 2021, 11:07

Dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonnning barcha hududlarida quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘ladi. Kechasi -2 darajagacha sovuq, kunduzi 18 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Koronavirusdan vafot etganlar soni rasman 1300 ga yetdi
22 oktabr 2021, 10:43

Koronavirusdan vafot etganlar soni rasman 1300 ga yetdi

COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning rasman qayd etilgan soni 1300 ga yetdi, xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Senat go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi
22 oktabr 2021, 10:13

Senat go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi

Senatorlar yil oxirigacha go‘sht mahsulotlari, muzlatilgan baliq, tirik hayvonlar va kartoshka importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq imtiyozlari ortidan budjet 250 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni yo‘qotadi.

Prezident Jizzaxdagi Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘ilayotgan zavod faoliyati bilan tanishdi
21 oktabr 2021, 22:40

Prezident Jizzaxdagi Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘ilayotgan zavod faoliyati bilan tanishdi

ADM Jizzakh zavodining qiymati 216 mln dollarlik ikkinchi bosqichi loyihasi doirasida avtomobillarni kichik uzelli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘iladigan zavod faoliyati bilan tanishdi.

Chirchiqda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini ommaviy emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
21 oktabr 2021, 22:18

Chirchiqda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini ommaviy emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting