Akmal Saidov: O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi
18 oktabr 2024, 18:08

Akmal Saidov: O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi

Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmasligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat sifatida qolishini ma’lum qildi.

Netanyahu G‘azo va Livandagi urushni davom ettirishni ma’lum qildi
18 oktabr 2024, 17:54

Netanyahu G‘azo va Livandagi urushni davom ettirishni ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilgani ortidan G‘azo va Livanda urushni davom ettirishga va’da berib, guruh tomonidan garovga olinganlar ozod qilinmaguncha janglar to‘xtamasligini aytdi.

“Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiq bo‘lishi juda muhim” — Akiko Fujii korrupsiyaga qarshi kurashish haqida
18 oktabr 2024, 16:32

“Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiq bo‘lishi juda muhim” — Akiko Fujii korrupsiyaga qarshi kurashish haqida

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda dalillarga asoslanib ish yuritishga o‘tishi lozim. “Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash va jamiyatdagi shaffoflikni yaxshilash juda muhimdir”, — dedi u.

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 2 oyga yopildi
18 oktabr 2024, 16:15

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 2 oyga yopildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi dekabr oyi oxirigacha yopildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
18 oktabr 2024, 15:52

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +10…+12, kunduzi +25…+28 darajani tashkil qiladi.

Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligi munosabati bilan fotoko‘rgazma tashkil etiladi
18 oktabr 2024, 15:49

Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligi munosabati bilan fotoko‘rgazma tashkil etiladi

19 va 20-oktabr kunlari Fotosuratlar uyida Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar poytaxt hayvonot bog‘ining uzoq tarixini aks ettiruvchi 100 dan ortiq arxiv fotosuratni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (19−20-oktyabr)
18 oktabr 2024, 15:36

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (19−20-oktyabr)

“Yovvoyi robot”, “Jigar” va yana beshta kinopremyera, qo‘l mehnat mahsulotlari yarmarkalari, hayvonot bog‘ining yubileyi munosabati bilan fotoko‘rgazma, Mot konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
18 oktabr 2024, 15:31

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Usmon Sharifxodjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi. U 2020-yildan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi
18 oktabr 2024, 14:56

Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi

Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

“Pora olish kamayib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan” — Akmal Burxanov
18 oktabr 2024, 14:31

“Pora olish kamayib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan” — Akmal Burxanov

O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning pora berish va pora olish jinoyati kamaygan. Ammo budjet pullarini talon-taroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi korrupsion jinoyatlar ko‘paygan. Akmal Burxanovga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Agrar universiteti yotoqxonasining qurilishi ko‘plab kamchilik va sifatsiz ishlar tufayli to‘xtatildi
18 oktabr 2024, 13:42

Agrar universiteti yotoqxonasining qurilishi ko‘plab kamchilik va sifatsiz ishlar tufayli to‘xtatildi

Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi. Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan.

O‘zbekiston 2030-yilgacha YIMni 160 emas, 200 mlrd dollarga yetkazmoqchi
18 oktabr 2024, 12:55

O‘zbekiston 2030-yilgacha YIMni 160 emas, 200 mlrd dollarga yetkazmoqchi

2030-yilgacha O‘zbekiston YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan, bu avvalgi (160 mlrd dollar) prognozdan ko‘proq, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari. Inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirish maqsadiga 2027-yilda erishilishi kutilmoqda, bu esa Markaziy bank prognozidagidan kechroq.

“Budjetga tushumlarni oshirish bilan birga xarajatlarni optimallashtiramiz”. Prezident 2025-yilgi davlat budjeti haqida gapirdi
18 oktabr 2024, 11:38

“Budjetga tushumlarni oshirish bilan birga xarajatlarni optimallashtiramiz”. Prezident 2025-yilgi davlat budjeti haqida gapirdi

Prezident 2025-yilgi budjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Eksportni 25 foizga yetkazish, mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash reja qilindi. Yangi yilda 78 tuman o‘zini o‘zi qoplashga o‘tadi.

Aholining sanitar tozalash xizmatlaridan qarzi 585 mlrd so‘mga yetdi
18 oktabr 2024, 11:22

Aholining sanitar tozalash xizmatlaridan qarzi 585 mlrd so‘mga yetdi

O‘zbekistonda sanitar tozalash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqyosida jami 585 mlrd milliard so‘mga yetdi.

Video: Saksovul kesganlar ekoinspektorlarga hujum qildi
18 oktabr 2024, 10:17 1

Video: Saksovul kesganlar ekoinspektorlarga hujum qildi

Ekologiya vazirligi saksovul yuklangan samosval haydovchilari orqasidan quvlayotgan ekoinspektorlar videosini e’lon qildi. Noqonuniy daraxt kesuvchilar qochish vaqtida daraxtni yo‘lga tashlab ketib, bo‘laklarini inspektorlarning mashinalariga qarata uloqtirdi.

Surxondaryoda mashina quvurga urilishi oqibatida qariyb 4 ming xonadon vaqtincha gazsiz qoldi
18 oktabr 2024, 09:42

Surxondaryoda mashina quvurga urilishi oqibatida qariyb 4 ming xonadon vaqtincha gazsiz qoldi

Surxondaryoning Denov tumanida tunda Nexia-3 avtomobili katta bosimli gaz quvuriga urildi. Buning oqibatida tumandagi 3950 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 18-oktabr kuni ertalab gaz ta’minoti tiklandi.

World Shakers ventilyatsiya va izolyatsiya uchun keng turdagi mahsulotlarni taklif qiladi
18 oktabr 2024, 09:00

World Shakers ventilyatsiya va izolyatsiya uchun keng turdagi mahsulotlarni taklif qiladi

World Shakers kompaniyasi turk standartlaridagi yuqori sifatli mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan izolyatsiya va ventilyatsiya materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azoda o‘ldirildi
17 oktabr 2024, 23:01

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azoda o‘ldirildi

Isroil HAMAS guruhi yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya paytida o‘ldirilganini tasdiqladi. U 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblanayotgandi.

O‘zini o‘zi band qilganlar IT park rezidentiga aylanishi mumkin bo‘ladi
17 oktabr 2024, 22:11

O‘zini o‘zi band qilganlar IT park rezidentiga aylanishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 2028-yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi. Dastur ishtirokchilari IT park rezidenti maqomini oladi va boshqa IT kompaniyalari kabi tibbiy xizmatlar, sport zallari va ofis maydonlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Investitsiyalar vazirining sobiq o‘rinbosari Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat”ga rahbar bo‘ldi
17 oktabr 2024, 20:46

Investitsiyalar vazirining sobiq o‘rinbosari Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat”ga rahbar bo‘ldi

Bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat” bosh direktori etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting