O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 ming 510 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 264 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston yanvar-aprel oylari davomida xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628 ming 885 dona mobil telefonlar import qilgan.
Yevropa chempionatining B guruhidan o‘rin olgan Daniya — Finlyandiya uchrashuvi Kristian Eriksenning o‘yin vaqtida hushidan ketib, maydonga yiqilishi sabab to‘xtatildi. Hozirda futbolchining ahvoli yaxshi, u o‘ziga kelgan. Ushbu o‘yinning davomi esa bugun, Toshkent vaqti bilan 23:30 da bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi va Shohjahon Ergashevning g‘alabasi, Namangan viloyati IIBning kuchuk daraxtga osilgani tasvirlangan video yuzasidan bergan izohi, Toshkent metropoliteniga yangi rahbar tayinlanishi — “Gazeta.uz"ning 11 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkentning sobiq hokimi va transport vazirining sobiq o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi o‘rinbosari — Toshkent metropoliteni boshlig‘i etib tayinlandi.
«Tolibon» Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi. Harakat shu tarzda NATO o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi ortidan Anqaraning Qobul aeroportini muhofaza qilish yuzasidan bergan taklifiga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan daraxtga osilgan kuchukning videosi Namangan viloyatining Chortoq tumanida tasvirga olingan. Viloyat IIB hozir kuchukning ahvoli yaxshiligi va aybdorlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoni texnik nokautga uchratdi. Salimu Jengo muvozanatdan chiqqanidan so‘ng referi jang yakunlanganini e’lon qildi. Bokschilarning bahsni davom ettirishni talab qilganiga qaramay qaror o‘zgarmadi.
Prezident qarori bilan 2021−2022 yillarda bolalarni bog‘cha bilan qamrab olish darajasi past hududlarda 2 mingta oilaviy nodavlat MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda. Buning natijasida yana 50 ming tarbiyalanuvchi bog‘cha bilan qamrab olinadi. Oilaviy bog‘chalarni tashkil etuvchilarga 30 mln so‘mgacha 5 foizli kredit beriladi.
Senat so‘roviga muvofiq, Antimonopol qo‘mita «Uzbekistan Airways» chiptalari narxining qimmatligi sabablarini o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, milliy aviatashuvchining chiptalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya aviakompaniyalarining chiptalari narxidan 36 foizdan 148 foizgacha qimmatligi aniqlandi. Bunga, raqobat muhiti rivojlanmagani, kompaniya arzon aviachiptalarni sotuvga chiqarmagani, qolaversa, taklifni sun’iy kamaytirish orqali talabni oshirish va narxni qimmatligicha saqlab qolish sabab bo‘lgani aytilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 ming 206 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 229 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Afg‘onistonga shoshilinch gumanitar yordamni ko‘rsatdi. Qo‘shni afg‘on mamlakatiga 1000 dona kislorod ballonlari yuborildi.
Rangli chuchvara, tovuqli kabobchalar, muzqaymoq va pechenelar — Zira.uz bolalar uchun tayyorlasa bo‘ladigan qiziqarli va mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman terma jamoasiga bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan penaltidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limda esa Odil Ahmedov Yaman darvozasi tomon qo‘yilgan ikkinchi penaltini golga aylantira olmadi.
Isroilning dunyoda birinchi bo‘lib mo‘yna mahsulotlarini sotishni taqiqlagani, Hindistonda xavfli zamburug‘ turi bilan kasallanganlar soni 31 mingdan oshgani, National Geographic’ning beshinchi okean mavjudligini tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
USAID missiyasi birinchi direktorining O‘zbekistonga yetib kelishi, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifining ikkinchi kuni, OTMlarga yangi rektorlar tayinlanishi, Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining vafoti — “Gazeta.uz"ning 11 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Emlash tadbirlarida foydalaniladigan vositalarni xarid qilish uchun 6 mlrd 782 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu kungacha, 9,5 mln O‘zbekiston aholisi (deyarli 30%) PZR testlar topshirgan. Emlash jarayonlarida 4536 nafar shifokor qatnashmoqda.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etdi. Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanovning ta’kidlashicha, inspektorlar unga nisbatan kuch ishlatgan. Ichki ishlar vazirligi esa soliqchini kasalxonaga olib borishga urinish paytida sog‘lig‘i keskin yomonlashganini ta’kidlamoqda.
Markaziy bank hududlardagi banklarda plastik kartalari mavjud fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda kuzatilgan qoidabuzarliklar sababli 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 597 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting