Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021-yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Suriyadagi prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Bashar Asad 95,1% natija bilan g‘alaba qozondi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqarib kelmoqda.
Qonunchilik palatasi yig‘ilishida hozirda 1,7 million o‘zbekistonlik chet elda, asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotganligi ma’lum qilindi.
«Ashxobod» sayilgohi boshqaruvchisi bo‘lgan J-United Group kompaniyasi reklamalardagi noto‘g‘ri ma’lumot sabab tashrif buyuruvchilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak. Sud Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ko‘rsatmasini o‘z kuchida qoldirdi.
BMT, Yevroittifoq va AQSH O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga mojaroli hududlardan qaytarilgan ayollar va bolalarni jamiyatga qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun texnik va moliyaviy resurslarni taqdim etadi.
Ozarbayjonning Armaniston Qurolli Kuchlarining olti nafar askarini asirga olgani, «Belavia»ning sakkizta mamlakatga reyslarni bekor qilgani, Berlinda uch jahon dini ibodatxonasi qurilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Trest 12» 5 trln so‘mga yaqin loyihalarni tendersiz amalga oshirganligi, YUNESKOning 44-sessiyada Shahrisabz masalasi ko‘tarlishi, Isroil bilan aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi, Misr samolyotining Toshkentdan uchib o‘tishi — «Gazeta.uz»ning 27 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan saralash bahslari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Tarkibga 28 nafar futbolchini jalb etilgan. Iyun oyida O‘zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan turnirda Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘yinlarda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Pastdarg‘om tumanidagi kanaldan 17 yoshli qizning murdasi topilgani yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Dollarning rasmiy kursi 20,88 so‘mga pasaydi va jami 10 589,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.
Samarqanddagi 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani bo‘yicha holat Bola ombudsmani tomonidan o‘rganib chiqildi. Suratdagi 2 nafar bolani otasi uyiga qaytarib olib ketgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa tengdoshi bilan urishganini aytgan. «Muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda», — deyiladi xabarda.
Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi samolyoti Toshkentning markaziy hududidan uchib o‘tdi. Transport vazirligi mazkur holatni izohlab, samolyot «Toshkent» aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirganini ta’kidladi.
Para-dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Boku shahridagi Gran-pri musobaqasida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, TATUning Samarqand filiali bo‘limi boshlig‘i va uning sherigi samarqandlik fuqaroga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab berish evaziga 3000 dollar olganida ushlangan.
BMT meteorologlarining taxmin qilishicha, yaqin besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Kelgusi besh yillikning har bir yilidagi o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdagi harorat qiymatlaridan kamida bir daraja yuqori bo‘ladi.
Poytaxt hokimi yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, xizmat avtomobiliga borgunicha jurnalistlar unga savol bilan murojaat qilishga urinishdi. Undan hech bir qarorsiz reklama bannerlari buzib tashlanayotgani haqida so‘ralganida, u savolni javobsiz qoldirdi va qadamini tezlashtirdi.
24 maydan boshlab Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent muntazam aviaqatnovlari qayta tiklandi. Aviaqatnovlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.
YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 44-sessiyasida Shahrisabzning tarixiy qismini regeneratsiya qilish loyihasi muhokama qilinadi. O‘zbekiston taklifiga binoan xorijlik ekspertlar 3 xil konsepsiyani ishlab chiqqan. Loyihalardan biri tanlangach, 2022 yildan amaliy ishlar boshlanishi mumkin.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1,7 mln nafardan oshgan bo‘lib, emlanganlar orasida 499 094 nafar fuqaro vaksinaning 2-dozasini qabul qilgan. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 269 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting