Senat qo‘mitasi kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga QQS bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qo‘llash, shuningdek, sohaga manzilli subsidiyalar ajratish taklifini bildirdi. Qo‘mita raisining so‘zlariga ko‘ra, noshirlar va bosmaxonalar uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinishi va QQSning qo‘llanishi aksariyat tadbirkorlarni kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarishga undaydi.
Toshkent metropoliteni «Milliy bog‘» va «Novza» bekatlari oralig‘ida poyezd to‘xtab qolishiga mashinistning relslarni quvvatlovchi uskunadan uchqun chiqayotganini ko‘rib, harakatni favqulodda to‘xtatgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashdi. Uchrashuvda Xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi Ashxobod bitimini bundan buyon ham birgalikda ilgari surish ta’kidlandi.
Buyuk Britaniya bosh vaziriga qarshi tergov boshlangani, AQSHda ijtimoiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchush 1,8 trln dollarlik dasturning qabul qilingani, Armanistonda turk tovarlarini sotishga qo‘yilgan taqiqning uzaytirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Hukumat «O‘zbektelekom» ning xalqaro paketlarni almashtirish markazining imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha loyiha parametrlarini ma’qulladi. Xalqaro internet kanalining quvvati sekundiga 1800 Gbitga yetkaziladi. Loyiha qiymati deyarli 26 mln dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shma choralar ko‘rishga chaqirdi. «O‘zbekiston tez orada kelishuvga erishish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor», — deyiladi TIV bayonotida. Ayni damda, otishma oqibatida Tojikistonning yana 5 nafar, Qirg‘izistonning ham 5 fuqarosi jarohatlangan, bir nafari vafot etdi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Qarshida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatilishiga munosabat bildirib, 2 yil avval Farg‘onadagi shunga o‘xshash holatni yodga oldi. O‘shanda Farg‘onada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan bayroqning sarf-harajatlari 1 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi aytilgan. «Narxini eshitib, hokim haydavorgandi», — dedi u.
Andijon viloyatida qulog‘ida «naushnik» bilan ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi. Oqibatda yigit vafot etgan.
Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 509 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Faxriddin Davrukov Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Antimonopoliya qo‘mitasini «faqat qog‘ozda» mag‘lub etdi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya odamlarning ishonchi va o‘z imijini yo‘qotgan. Deputat, shuningdek, ushbu jarayon misolida sudlarning qanday ishlashi va tizim monopoliyalarga qarshi qanday kurash olib borishini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqot vaqtida aholini ommaviy emlash, iqtisodiy hamkorlik, qolaversa, Xitoy yetakchisining Toshkentga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi.
Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, o‘zbek tili faqat davlat bilan ishlaydiganlar uchun majburiy bo‘lishi kerak. Parlament a’zosi, shuningdek, jamiyatda til bilan bog‘liq diskriminatsiya mavjudligini tan oldi va rasmiylar orasida vaziyatga shovinistik nigoh bilan qaraydiganlar hali ham borligini ta’kidladi.
Qashqadaryo viloyatida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘i o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflanadi.
Endi Humans mijozlari har qanday mobil aloqa xizmatlarining narxini keshbek bilan to‘lashlari mumkin. To‘plash mumkin bo‘lgan keshbek miqdori — cheklanmagan.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Gulistonda hokim o‘rinbosari fuqaroni kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon olish uchun ro‘yxatga qo‘yib, buning evaziga 400 dollar pora olayotgan paytida qo‘lga tushdi.
O‘zbekiston Hindistonga koronavirus bilan kurashish uchun «Remdesivir» preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to‘plamlarini yuboradi. Mamlakatda hozirda og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayev davlat xizmatini isloh qilish to‘g‘risida gapirib, prokurorlar, sudyalar va ichki ishlar organlari boshliqlarining tayinlovini saylovlar orqali tashkillashtirgan bo‘lishini aytdi. «Odamlar tayyor. Xalq prezidentni, deputatni saylaydi-ku», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting