O‘zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasida ishtiroki, YeCHL va YeL musobaqasida yarim final uchrashuvlari, o‘zbekistonlik bokschi qizga sovg‘a qilingan Nexia-3 avtomobili va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 6-tur uchrashuvini «Istiqlol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:2 hisobi qayd etildi va unda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 10 gektar yerni noqonuniy ravishda 1,9 mln dollarga sotishga uringan olti nafar fuqaro ushlandi.
Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish me’yorlari tasdiqlandi. Endilikda, vazirlar uchun xizmat mashinasining eng yuqori narxi 490 mln, hokimlar uchun esa 245 mln so‘m etib belgilandi.
Hindistonning Bharux shahridagi kasalxonada yong‘in yuzaga kelib, 18 kishi vafot etdi. Yong‘in koronavirus bilan kasallanganlar bo‘limida ro‘y bergan.
Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Zira.uz siz hali ta’tib ko‘rib ulgurmagan 6 ta mazali salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
«Mehr-5» operatsiyasi doirasida 93 nafar o‘zbekistonlik — 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Suriyadan Toshkentga olib kelindi.
Chexiyada mamlakat prezidentiga qarshi norozilik namoyishlari, Xitoyda umumiy ovqatlanish joylarida yeb-ichilmagan ovqat uchun jarima solinishi, AQSHda mentollik tamaki mahsulotlariga taqiq qo‘yish rejalashtirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti I chorakda 211,2 mlrd so‘m miqdorida byudjet kamomadi va asossiz xarajatlarni aniqladi. Qonunbuzilish holatlari XTVda 4,6 barobarga, SSVda 2,9 barobarga, MTVda 7,6 barobarga oshgan.
Prezident videoselektorda «O‘zsanoatqurilishbank» xodimlaridan biri katta miqdordagi talon-tarojda ayblanib, hibsga olinganini ma’lum qildi. Har bir bank rahbariga «nimada ayblanayotganini ko‘rish, farzandalrini ko‘z oldigi keltirishi uchun» sud jarayonida ishtirok etish taklif qilindi. «Men Mamarizo Nurmuratovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman», — dedi prezident.
Prezident sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektorda birorta tuman, shahar yoki viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanishni chuqur va puxta o‘ylab ko‘rmaganini ta’kidladi. So‘nggi 3 yilda qurilish materiallarini ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshga, biroq bu ehtiyojni qoplamayotgani aytildi.
AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi. Buni juma kuni COVID-19`ga qarshi emlangan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qildi. COVAX dasturi doirasida 2 mln 256 ming doza AstraZeneca`dan faqat 660 ming doza vaksina keltirilgan edi.
Toshkentda Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan hamkorlikda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga qimmatladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.
Prezident o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danaginining importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritilmoqda.
Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda o‘rnatilishi rejalashtirilgan bayroq va uning ustuniga davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmasligini aytdi. Ustunga ajratilgan 1,35 mlrd so‘m mablag‘ Qarshi shahridagi xaroba ahvoldagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi. Hokim ustun faqat homiy topilsagina qurilishini ta’kidladi.
Zangiotadagi kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan 101 yoshli urush va mehnat faxriysi koronavirusdan butkul sog‘aydi.
O‘zbekistonda yaqin oylarda aeroport va vokzallar binolariga erkin kirib-chiqishga ruxsat beriladi. Bu prezidentning yangi qarorida ko‘zda tutilgan.
Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya tashkil etilishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari Ilxom Maxkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar allaqachon fuqarolik aviatsiyasi agentligiga ariza topshirishgan va lizing asosida samolyotlarni sotib olish ustida ish olib borishmoqda. Aviakompaniyalardan biri Air Marakanda bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting