Chiqindi tashuvchi mashinalarga GPS qurilmalari, chiqindixonalarga esa videokameralar o‘rnatiladi
4 oktabr 2024, 11:31

Chiqindi tashuvchi mashinalarga GPS qurilmalari, chiqindixonalarga esa videokameralar o‘rnatiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yildan boshlab sanitariya tozalash korxonalari chiqindi yig‘ish joylariga videokameralar o‘rnatishi, shuningdek, chiqindi tashuvchi mashinalarni GPS kuzatuv tizimlari bilan jihozlashi shart bo‘ladi. Aholi shikoyatlarini qabul qilish uchun aloqa markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Go‘zallik va sir-sinoatlar bilan o‘ziga chorlovchi Dunay yuragi
4 oktabr 2024, 11:00

Go‘zallik va sir-sinoatlar bilan o‘ziga chorlovchi Dunay yuragi

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Budapeshtga parvozlarni taklif qiladi, u yerda Margit oroli joylashgan — shahar tashvishlaridan dam olish va ochiq havoda dam olish uchun qulay joy.

Avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
4 oktabr 2024, 10:51 2

Avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

Toshkent-Samarqand yo‘lida avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqarib, yo‘l harakati qoidasini buzgan xonanda Jahongir Otajonov 3 mln 375 ming so‘m jarimaga tortildi. Yo‘lda telefondan foydalangani uchun esa 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilandi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
4 oktabr 2024, 10:36

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. U chiqindini saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish choralarini tatbiq etilishini tashkil etadi.

Turkiyada qarovsiz qolgan 3 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi
4 oktabr 2024, 09:31

Turkiyada qarovsiz qolgan 3 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Turkiyada ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 2 nafar qiz va bir nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Fuqarolardan chet elda qarovsiz qolib ketgan bolalar to‘g‘risida diplomatik vakolatxonalariga xabar berishlari so‘raldi.

Pulman`dan taklif: minimal talablar bilan avtomobil garovi evaziga kredit rasmiylashtirish mumkin
4 oktabr 2024, 09:00

Pulman`dan taklif: minimal talablar bilan avtomobil garovi evaziga kredit rasmiylashtirish mumkin

Endi Pulman MMTda ariza tasdiqlanishining yuqori ehtimoli bilan faqat pasport va mashina texnik pasporti yordamida 100 mln so‘mgacha kredit olish mumkin.

Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasiga borib urildi, u halok bo‘ldi
3 oktabr 2024, 23:58

Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasiga borib urildi, u halok bo‘ldi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Cobalt mashinasi haydovchisi yo‘lda uxlab qoldi va oldidagi yuk mashinasiga urildi. U voqea joyida halok bo‘ldi, yo‘lovchilar esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Sentabrda O‘zbekiston davlat budjetining daromad va xarajatlari keskin oshdi
3 oktabr 2024, 23:33

Sentabrda O‘zbekiston davlat budjetining daromad va xarajatlari keskin oshdi

O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari sentabrda avgustga nisbatan 20,8 foizga, xarajatlari esa 21,4 foizga o‘sdi. To‘qqiz oyda budjet defitsiti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,05 trln so‘mga qisqarib, 37,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida 30 ta emas, 4 ta ilon qochib ketgan, ular tutildi — IIBB
3 oktabr 2024, 21:35

Toshkent viloyatida 30 ta emas, 4 ta ilon qochib ketgan, ular tutildi — IIBB

Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda 30 ta kobra ilon ochiqlikka chiqib ketganini rad etdi. Aslida ularning 4 tasi qochib ketgan va qisqa vaqt ichida barchasi tutilgan.

Namanganda haydovchi mikroavtobusda 30 dan oshiq bolani tashigani aniqlandi
3 oktabr 2024, 21:07

Namanganda haydovchi mikroavtobusda 30 dan oshiq bolani tashigani aniqlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 30 nafardan ortiq bog‘cha tarbiyalanuvchisini Hyundai Starex mikroavtobusida tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda — TIV
3 oktabr 2024, 20:44

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda — TIV

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirdi. “Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Singapurning sobiq transport vaziri qimmatbaho sovg‘alar olgani uchun bir yilga qamaldi
3 oktabr 2024, 20:07

Singapurning sobiq transport vaziri qimmatbaho sovg‘alar olgani uchun bir yilga qamaldi

Singapur sudi sobiq transport vazirini biznesmenlardan qimmatbaho sovg‘alar olganlikda aybdor deb topib, bir yilga ozodlikdan mahrum qildi. Siyosatchi aybiga iqror bo‘ldi. Bu ish mamlakatda katta rezonansga sabab bo‘ldi — so‘nggi 40 yil ichida bu vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsiya mojarosi hisoblanadi.

AQSh va G7 Isroilni Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishdan ogohlantirdi — FT
3 oktabr 2024, 19:19

AQSh va G7 Isroilni Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishdan ogohlantirdi — FT

AQSh va G7 ning boshqa davlatlari Isroilni Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishdan ogohlantirdi. G‘arb OAV obyektlar Tehron raketa hujumiga javoban Tel-Aviv uchun nishon bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Uzbekistan Airways keksalar uchun turizm oyligi munosabati bilan chegirma e’lon qildi
3 oktabr 2024, 17:52

Uzbekistan Airways keksalar uchun turizm oyligi munosabati bilan chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways 60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga 15 foizgacha chegirma elon qildi.

Markaziy bank UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Kompaniya qarordan norozi
3 oktabr 2024, 17:22

Markaziy bank UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Kompaniya qarordan norozi

UPay to‘lov xizmati qimor o‘yinlari bilan bog‘liq tranzaksiyalar tufayli Markaziy bank cheklovlariga uchradi. Xizmatning bosh kompaniyasi hisoblangan Humans Markaziy bank qaroridan norozi ekanini bildirib, regulyatorning harakatlari qonunga zid ekanligini ta’kidladi.

Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizchaga zo‘rlik ishlatganlikda gumonlanmoqda
3 oktabr 2024, 17:16

Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizchaga zo‘rlik ishlatganlikda gumonlanmoqda

Yangiyo‘lda 4 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak ushlandi. O‘rganishlar davomida uning yonida giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, u ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Antikorrupsiya agentligi korrupsion jinoyat qilgan xodimlarning yarim yillik tahlilini e’lon qildi
3 oktabr 2024, 17:05

Antikorrupsiya agentligi korrupsion jinoyat qilgan xodimlarning yarim yillik tahlilini e’lon qildi

Antikorrupsiya agentligi tahliliga ko‘ra, 2024-yilning yarim yilligida banklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tizimida korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaydi. Maktab va bog‘cha ta’limi vazirligi, mahalliy hokimliklar xodimlari orasida esa ortdi.

Senat O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi
3 oktabr 2024, 16:18

Senat O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi

O‘zbekiston senatorlari o‘tgan yilning may oyida prezidentning Xitoyga tashrifi chog‘ida imzolangan Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.

Toshkent viloyatida 30 dan ortiq kobra ilonlar ochiqlikka qo‘yib yuborildi (video)
3 oktabr 2024, 15:33

Toshkent viloyatida 30 dan ortiq kobra ilonlar ochiqlikka qo‘yib yuborildi (video)

Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi.

Les Ailes’ning yangi reklama kampaniyasi: yosh avlod uchun ilhomlantiruvchi hikoyalar
3 oktabr 2024, 15:00

Les Ailes’ning yangi reklama kampaniyasi: yosh avlod uchun ilhomlantiruvchi hikoyalar

Les Ailes O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi loyihaga qo‘l urdi. Kampaniya qahramonlari o‘zlarining o‘sish tarixlarini aytib beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting