Qish uchun gaz omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlandi — energetika vaziri
6 oktabr 2024, 14:47

Qish uchun gaz omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlandi — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qish mavsumi uchun “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilgi hajmga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq hisoblanadi.

Energetika vaziri — Boysundagi kon avariyasining bugungi holati haqida
6 oktabr 2024, 14:04

Energetika vaziri — Boysundagi kon avariyasining bugungi holati haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Boysundagi kon avariyasining bugungi holati haqida gapirarkan, u yerda mutaxassislar ishlayotgani va holat hali bartaraf qilinmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi ssenariy ish bermasa, yana boshqalariga o‘tiladi va bu 2−3 oy vaqt olishi mumkin.

Samarqandda yangi qurilayotgan maktab binosidagi sifatsiz ishlar buzildi
6 oktabr 2024, 12:34

Samarqandda yangi qurilayotgan maktab binosidagi sifatsiz ishlar buzildi

Samarqand shahrida 1800 o‘rinli maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, obyektda g‘isht terish va plita o‘rnatishda me’yorlarga amal qilinmagan. Qurilish inspeksiyasi tomonidan sifatsiz ishlar joyida demontaj qildirildi.

Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘ldi
6 oktabr 2024, 11:54

Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘ldi

Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Mehnat inspeksiyasi vakolatlari kengaytiriladi va tashkilotlarda mehnat huquqlari ta’minlanganlik reytingi joriy qilinadi
6 oktabr 2024, 09:02

Mehnat inspeksiyasi vakolatlari kengaytiriladi va tashkilotlarda mehnat huquqlari ta’minlanganlik reytingi joriy qilinadi

Mehnat inspeksiyasi 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat huquqlari buzilishi va boshqa masalalar yuzasidan kameral nazoratini o‘tkazishni boshlaydi. Shuningdek, uning xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlarda ishchilar sonining muvofiqligini tekshirishga ruxsat beriladi.

Chiqindi bo‘yicha qarzdorligi bor iste’molchilarga elektr energiyasi to‘lovlaridagi cheklovlar haqida xabar berila boshlandi
5 oktabr 2024, 17:12

Chiqindi bo‘yicha qarzdorligi bor iste’molchilarga elektr energiyasi to‘lovlaridagi cheklovlar haqida xabar berila boshlandi

Oktabr oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi iste’molchilarga chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha qarzdorlik ortidan elektr uchun to‘lovlarni cheklash to‘g‘risida ogohlantiruvchi SMS xabarlarni jo‘natishni boshladi. HET xabariga ko‘ra, bildirishnomalar yuborilayotgan bo‘lsa ham to‘lov imkoniyati cheklanmagan.

Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma topildi
5 oktabr 2024, 15:59

Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma topildi

“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 55 ta to‘plam qurilmada elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan mayning fermani aniqladi.

Davaktiv agentligi Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosini sotuvga qo‘ydi
5 oktabr 2024, 13:07

Davaktiv agentligi Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosini sotuvga qo‘ydi

E-auksion platformasida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosi sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida “ekobozor” qurishi kerak.

“Adolat” partiyasi OTM bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha tashabbusni ilgari surdi
5 oktabr 2024, 13:00

“Adolat” partiyasi OTM bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha tashabbusni ilgari surdi

“Adolat” SDP “Kafolatlangan birinchi ish joyi” loyihasini taklif etmoqda. Bu loyiha bitiruvchilarga birinchi ish joyini topishda yordam berish va ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga qaratilgan.

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda
5 oktabr 2024, 11:07

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Bunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun tiflotexnik vositalar, taktil piktogrammalar, tovush va taktil mimik diagrammalar, axborot vositalari, yordam chaqirish tugmalari joylashtirilmoqda.

Onix kottejlarini boshlang‘ich to‘lovsiz xarid qilishni taklif qiladi
5 oktabr 2024, 11:00

Onix kottejlarini boshlang‘ich to‘lovsiz xarid qilishni taklif qiladi

Onix turar-joy majmuasida tayyor kadastrli kottejlarni boshlang‘ich to‘lovsiz va qiymatining 50 foizini 12 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Raqobat qo‘mitasi Hamkorbank’ni jarimaga tortdi, u ham reklama qonunchiligini buzgan
4 oktabr 2024, 22:15

Raqobat qo‘mitasi Hamkorbank’ni jarimaga tortdi, u ham reklama qonunchiligini buzgan

Raqobat qo‘mitasi onlayn mikroqarz xizmati reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumotlar bergan Hamkorbank’ka jarima qo‘lladi. Qo‘mita avval ham shu kabi ayblovlar bilan beshta bankni javobgarlikka tortgandi.

YI Xitoy elektromobillari uchun bojlar oshirilishini ma’qulladi
4 oktabr 2024, 21:45

YI Xitoy elektromobillari uchun bojlar oshirilishini ma’qulladi

Yevropa Ittifoqi davlatlari so‘nggi yillarda Yevropa bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirgan Xitoy elektromobillariga tariflarni ko‘tarishga ovoz berdi.

O‘zbekistonda konsertlar ssenariylari “milliy an’analar”ga muvofiqligini oldindan tekshirish taklif qilinmoqda
4 oktabr 2024, 20:56

O‘zbekistonda konsertlar ssenariylari “milliy an’analar"ga muvofiqligini oldindan tekshirish taklif qilinmoqda

Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda. Maqsad — sahnadagi “nojoiz xatti-harakatlar"ning oldini olish. Ariza yig‘imi ham joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston so‘nggi uch oyda ilk bor salkam 800 mln dollarlik oltin eksport qildi
4 oktabr 2024, 20:01

O‘zbekiston so‘nggi uch oyda ilk bor salkam 800 mln dollarlik oltin eksport qildi

Avgust oyida O‘zbekiston 792,6 mln dollarlik oltin eksport qildi. Bu qimmatbaho metallning may oyidan beri birinchi sotuvi hisoblanadi. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti pasaydi, meva-sabzavot yetkazib berish esa o‘smoqda. Mamlakat katta hajmdagi gaz va neft mahsulotlari importini ham davom ettirmoqda.

AQShda “Helen” to‘foni oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi
4 oktabr 2024, 19:27

AQShda “Helen” to‘foni oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foni 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bir qator shtatlarda 850 mingdan ortiq aholi elektrsiz qolmoqda.

Samsung’ning 2024 Neo QLED va QLED 2024 televizorlari sifat sertifikatlariga ega bo‘ldi
4 oktabr 2024, 19:00

Samsung’ning 2024 Neo QLED va QLED 2024 televizorlari sifat sertifikatlariga ega bo‘ldi

VDE sertifikatlari Samsung 2024 Neo QLED va QLED 2024 modellari o‘ta realistik tasvirni va chuqur, immersiv tomoshabop taassurotni taqdim etishini tasdiqlaydi.

Dam olish kunlari havo biroz salqinlashadi
4 oktabr 2024, 16:11

Dam olish kunlari havo biroz salqinlashadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +10…+17, kunduzi +20…+25 darajagacha pasayadi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent mozaikalariga oid loyiha ikkita xalqaro festivalda g‘olib chiqdi
4 oktabr 2024, 15:29

Toshkent mozaikalariga oid loyiha ikkita xalqaro festivalda g‘olib chiqdi

Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida — Gruziyadagi AdBlackSea va Qozog‘istondagi Red Jolbors festivallarida g‘olib chiqdi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (5−6-oktyabr)
4 oktabr 2024, 15:24

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (5−6-oktyabr)

Yangi “Joker” va yana beshta kinopremyera, somsa festivali, konsertlar, teatr tomoshalari, koinot haqidagi ko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shoular hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting