Tojikistonda 5 yanvardan boshlab soat 23:00 dan qishloq xo‘jaligi bor bo‘lgan tumanlarda, ko‘p qavatli binolari yo‘q joylarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatib qo‘yiladi. Uylarda ertalab soat 6 gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi.
Qarshidagi uyda portlash oqibatida bino devorlari qulab, ikki nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi JSST xabariga ko‘ra, hozirda 41 ta mamlakat hududlarida aniqlangan. Biroq ushbu shtamm hozirda yagona emas, ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan yana bir shtamm ham hozirda 7 ta mamlakatga yetib borgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari raisligidagi yig‘ilishdan keyin uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliiyev lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan va qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berildi.
Gonkongda 50 ga yaqin faollar va sobiq deputatlar milliy xavfsizlik qonunlarini buzganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Hibsga olishlar oppozitsiyaning 2020 yil yozida demokratlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki saylovlari bilan bog‘liq.
Samarqand viloyati tibbiyot muassalarida 7 mlrd so‘mlik talon-torojlik va suiste’molchiliklar aniqlandi. Bundan tashqari dori vositalariga 5,643 mlrd so‘mga qimmat narxlarda davlat xaridlari amalga oshirgan. Aniqlangan holatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sish suratlari 3%gacha yetishi taxmin qilingan.
Vetnamda uch nafar mustaqil jurnalist-blogerlarga bir kunlik sud jarayonida 11 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. Ular «davlat siyosatiga qarshi materiallar va ma’lumotlar tayyorlash, saqlash va tarqatishda» aybdor deb topildi.
Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan fan olimpiadasiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayogan mashina YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi vafot etdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi. Xakerlar viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklanganligini aytmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning hududiy yaxlitligiga shubha bilan qaragan chet elliklarning provokatsiyalariga qarshi turishga chaqirdi.
2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston qonunchiligidagi asosiy o‘zgarishlar va boshqa yangiliklar haqidagi umumiy ma’lumot tayyorlandi.
Navoiy viloyatida «Matiz» avtomashinasi cho‘l hududiga ag‘darilib, YTH sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, yo‘lovchi sifatida ketayotgan 30 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Bolalar bog‘chasi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi. Bunga xorijiy tashkilotlar ekspertlari jalb qilinadi. O‘quv materiallarini tayyorlash uchun esa yagona metodologik talablar ishlab chiqiladi.
Namangan viloyatida «Nexia» va «Cobalt» avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv ro‘y berdi. YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlanib, turli tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi 2017 yilda yopilgan chegaralar, shu jumladan, havo va dengiz chegaralari ochiladi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent va Mustaqillik ko‘chalarini bog‘laydigan yo‘l oradan besh yil o‘tib qaytadan avtomobillar harakati uchun ochiladigan bo‘ldi. Bu yo‘l besh yil davomida avtoturargoh vazifasini bajarayotgan edi.
Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, farzandini o‘ldirib qo‘ydi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
2020 yil bo‘yicha O‘zbekistondagi eng mashhur ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Ushbu ismlar 2019 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lgan edi.
2 yanvar kuni Turkiyaning Izmir shahrida o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi 18 yoshda bo‘lganligi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, TIV 46 yoshli yana bir o‘zbekistonlik erkakning vafoti haqida ham haqida xabar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting