Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha Road24 axborot tizimini joriy etmoqda. Tizim orqali yo‘llardagi hodisalar, vaqtincha yopilgan yo‘llar, yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari va avtojarimalar haqida ma’lumot olish mumkin.
Surxondaryoda piyodaning vafotiga sababchi bo‘lib voqea joyidan qochib ketgan xaydovchi topildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Magistral gaz quvurlarida gaz bosimini tiklash uchun 4 yanvardan boshlab O‘zbekistonning aksariyat gaz quyish kompressor shohobchalari (AGQSH) cheklangan rejimda ishlaydi. Energetika vazirligining ta’kidlashicha, yoqilg‘i quyish shohobchalari faqat soat 5:00 dan 15:00 gacha ishlaydi.
7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy teatri oldida ochiq muz maydoni ishga tushiriladi. Ochilish marosimida Rossiya muz sport yulduzi Aleksey Yagudin ishtirok etadi. Bir oy davomida muz maydoni bo‘ylab turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda uzunligi 21 km bo‘lgan Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga 35,1 mln dollar miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi qabul qilgan yo‘l xaritasiga muvofiq, tashqi qarzlar sarfi bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bir qancha huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi ham rejalashtirilgan.
Xorazm viloyatida 4 kishi is gazidan zaharlandi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 10 yoshli qizi vafot etdi.
Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston spirtli ichimligidan zaharlandi. Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi oqibatida Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi. Maktab va universitetlar masofaviy ta’limga o‘tmoqda. Aholiga ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.
O‘zbekistonda 2021−2023 yillarda 7 ta kompaniya tomonidan yengil avtomobillar, pikaplar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar va boshqa avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Tojikistonning Xatlon viloyatida O‘zbekiston qurayotgan tibbiy markaz negizida COVID-19 bemorlarini taqsimlash uchun markaz ochiladi. Inshoot bahorda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda. Bunga qadar Oila kodeksiga
Respublika bo‘yicha barcha karantin zonalari va chegara postlarida fuqarolarning pasportlariga noqonuniy ravishda IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jinoiy guruh tarkibida farroshdan tortib mansabdorlargacha bor, deya ma’lum qildi IIV Kiberxavfsizlik markazi.
“O‘zTTRM” DUK ijrochi direktori Ulug‘bek Shakirov 2019-yil 1-dekabrdan to hozirgi kungacha IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan 240 mlrd so‘m mablag‘ kelib tushganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2020-yil 1-noyabrga qadar 781,7 mming mobil qurilma O‘zbekistonga olib kirilgani ham ta’kidlandi.
Turkiyaning Izmir shahrida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol 10-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Unda ruhiy muammolar kuzatilgani aytilmoqda.
Andijon viloyatiga Muborak gazni qayta ishlash zavodidan gaz yetkazib berish deyarli to‘xtatilganligi sababli gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Krishtianu Ronaldu «Udineze» jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zining 757 va 758-gollarini kiritdi va rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan gollar soni bo‘yicha Peleni ortda qoldirdi.
30 Z 777 ZZ raqami onlayn kim oshdi savdosida 596,5 mln so‘mga sotildi. Bu o‘z o‘rnida rekord darajadagi taklif miqdori ekanligi qayd etildi.
Samarqand shahridagi maktab qozonxonasida elektr uzilishi va gaz bosimi ko‘tarilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida qozonxona ishchisi vafot etgan.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 milliondan oshdi. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 47,87 mln dan ortiq bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1 mln 843 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting