Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka”li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa Cobalt haydovchisi aybi bilan kelib chiqqan.
Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi va kiberjinoyatchilikning ko‘payishi sharoitida Uzum Media va Mastercard ikkita bepul onlayn kursni ishga tushirayotganini e’lon qildi.
Toshkent shahrida mashinasida soatiga 110 km/soat tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 3 mln 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Budapeshtda bo‘lgan shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari 24-sentabr kuni Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan erkaklar jamoasi a’zolariga avtomobillar sovg‘a qilindi. Olimpiadada kumush medal olgan Nodira Nodirjonova bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Turkiyaning Onur Group kompaniyasi DXSH asosida Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning qariyb 70 km qismini rekonstruksiya qilib, pulli yo‘lga aylantirishni reja qilmoqda. Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash” bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar musiqa kolonkalari orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lingan 18 kilogrammdan ortiq mefedronni aniqladi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirish va gidroenergetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazdi.
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi.
O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, ishsiz aliment to‘lovchilarga esa 10 foizga oshadi.
O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Mablag‘ kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talabalar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan Global Exchange Support Center’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Seyshel orollari va Kabo-Verde mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.
O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatining 20-sammitiga mezbonlik qilishi va harakatga 2027−2029-yillarda raislik qilishi mumkin.
O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda tajriba tariqasida, og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbari va ularning har bir o‘rinbosariga har 6 oyda 5 tadan eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi.
O‘zbekistondagi eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi. Shuningdek, tuman va shaharlarda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlarini davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan ularning davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi alohida kvotalar ajratadi.
DXX o‘tkazgan reydda 4 ta viloyat: Namangan, Xorazm, Navoiy va Surxondaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov ketmoqda.
Toshkent shahrida Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan Tahoe avtomobilida 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U buni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Shaharda tezlik cheklovi 60 km/soatni tashkil etadi.
O‘zbekistonda 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi. Bu “mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Jizzax viloyatida Damas 14 nafar yo‘lovchi tashib ketayotgani aniqlandi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilishini ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting