Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari sifatida barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va MOda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashishni ta’kidladi.
O‘zbekistonga gaz importi 1,15 mlrd dollarga yetib, 2023-yilning sakkiz oyiga nisbatan 5,7 baravarga oshdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi. Yil boshidan buyon “zangori olov” eksporti ham 404,8 mln dollarga (+7,1 foiz) o‘sdi, avgust oyining o‘zida bu o‘sish (yiliga) 2,4 baravar bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga Alisher Qurbonov hokim etib tayinlandi. U bungacha fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lgan.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi tirkamaga borib urildi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston va Burundi tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.
YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi.
Akbarali Ishmurzoyev Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Denov hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Avvalgi hokim boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan olingandi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi korrupsion surishtiruv institutini joriy etish tashabbusini ilgari surmoqda. Bu korrupsiyaviy holatlarni ilk bosqichlarda aniqlash, faktlarni to‘plash va tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz bilan to‘qnashgan Nexia-3 avtomashinasi yonib ketdi, bir haydovchi jarohatlandi. Boshqa holatda Lacetti’da yong‘in chiqdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi OIIB yig‘ilishi doirasida Xitoy, Hindiston va Qatar moliya vazirlari bilan uchrashdi. Ularda strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari va qo‘shma biznes forumlari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Ekologik partiyaning saylovoldi dasturidan avtomobil yo‘li qatnov qismida skuter va velosipedlar uchun alohida yo‘lak tashkil etish, tamaki mahsulotlariga qo‘shimcha soliq solish, Qizil kitobdagi o‘simliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy e’lon qilish va boshqalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston yaqin besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish hisobiga 15 mlrd kub metr suvni tejash bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladi, dedi prezident. U OIIB bilan hamkorlikda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hududiy markaz tashkil etishni taklif qildi.
24-sentabrdan Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi. Poyezd har hafta qatnaydi, yo‘lda Qozog‘iston va Rossiyadagi bekatlarda to‘xtab o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev OIIB bilan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi. Bank prezidenti Szin Litsyun mamlakat rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni bundan buyon ham qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga Boxodir Gaibnazarov hokim etib tayinlandi. U bungacha shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi uch yilda O‘zbekistonda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan yana 4 mlrd dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi. Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rtacha global harorat 2040-yilgacha 1,5 darajaga ortishi prognoz qilinganiga qaramay, hozirgi vaziyatda bu holat 2030-yildayoq yuz berishi mumkinligi mamlakatni jiddiy xavotirga solayotganini ta’kidladi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli yo‘lga aylantirilishi haqida gapirib, bu yo‘lning boshqa muqobillari borligini ta’kidladi. “Bugungi kunda Toshkent — Bo‘stonliq yo‘lda muqobillik asosida boriladigan bir emas, ikkita yo‘l bor”, — deydi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting