Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−22-sentabr)
20 sentabr 2024, 15:13

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−22-sentabr)

Oltita kinopremyera, Iosis Fest 2024, Cinema Love 2024 kinofestivali, gastronomik festival, o‘ndan ortiq ko‘rgazma, spektakllar, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, bolalar mashg‘ulotlari, chegirmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
20 sentabr 2024, 14:27

Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

Senat tomonidan psixologik yordam ko‘rsatish talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilovchi va ushbu sohaga nisbatan boshqa bir qator talablar kirituvchi qonun ma’qullandi.

Toshkentda BYD urib ketishi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etdi
20 sentabr 2024, 14:21

Toshkentda BYD urib ketishi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etdi

Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
20 sentabr 2024, 13:09

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi.

Surxondaryoda “Toza hudud” xizmati aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olgani aniqlandi
20 sentabr 2024, 12:05

Surxondaryoda “Toza hudud” xizmati aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda “Toza hudud” chiqindi tashish xizmati tariflarni deklaratsiya qilmay, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olganini aniqladi. Tashkilotga moliyaviy jarima qo‘llandi va pulni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish topshirildi.

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi
20 sentabr 2024, 11:58

Qoraqalpog‘istonda 1-sinf o‘quvchisi onasi va qarindoshlari tomonidan kuch ishlatilib sinfdan olib ketildi

Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.

“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushdi
20 sentabr 2024, 11:51

“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushdi

“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushirildi. U orqali mahallalar kesimida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va ularning sarflanishini kuzatish mumkin.

Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora bilan ushlandi
20 sentabr 2024, 11:37

Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora bilan ushlandi

Zomindagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MCHJ vakilidan 10 ming dollar talab qilib, shundan 4 mingini olganda ushlandi. U 100 ta yuk vagonini bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish va temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslikka ishontirgan. Stansiya boshlig‘i avval o‘g‘rilikda ayblanib, sudlangan.

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi
20 sentabr 2024, 11:16

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 59 yoshli erkak mast holda rashk sabab xotiniga benzib sepib, uni yoqib yubordi. Ayol og‘ir darajadagi kuyish jarohatini oldi, uning hayoti saqlab qolindi. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Senat raisi Boysundagi kon avariyasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi
20 sentabr 2024, 10:55

Senat raisi Boysundagi kon avariyasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Boysundagi M-25 gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaro yuzasidan hamdardlik bildirdi. U vafot etganlarning oilalari prezident nazoratida ekanini qayd etdi.

Fuqarolar va sirklar boqadigan yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi
20 sentabr 2024, 00:13

Fuqarolar va sirklar boqadigan yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirk va shapitolarda saqlanuvchi yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi.

“Omonqo‘ton” bog‘ida noyob va Qizil kitobdagi daraxtlar kesilgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi
19 sentabr 2024, 23:47

“Omonqo‘ton” bog‘ida noyob va Qizil kitobdagi daraxtlar kesilgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Samarqanddagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ida jami 2500 tupdan ortiq noyob va Qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesib ketilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatildi.

Futzal JCH: Tojikiston Portugaliyaga qarshi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi
19 sentabr 2024, 23:24

Futzal JCH: Tojikiston Portugaliyaga qarshi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining oltinchi kungi o‘yinlari yakuniga ko‘ra, Portugaliya, Marokash, Eron va Fransiya ham pley-off yo‘llanmasi masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qilib bo‘ldi. Tojik futzalchilari mundialdagi ikkinchi o‘yinda ham alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi
19 sentabr 2024, 22:52

Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi

Prezidentga 2030-yilgacha chang bo‘ronlariga qarshi kurashish dasturi, shuningdek, Toshkentda havo sifatini yaxshilash choralari taqdim etildi. MJTKga qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, daraxt kesish va quritish uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif etilmoqda.

Isroil “zamonaviy Troya oti” — portlovchi peyjerlarni qanday yaratdi? — NYT
19 sentabr 2024, 21:38

Isroil “zamonaviy Troya oti” — portlovchi peyjerlarni qanday yaratdi? — NYT

Livanda peyjerlarning bir vaqtda portlatilishi Isroil razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan “murakkab va uzoq” operatsiya edi, deb yozdi NYT. “Hizbulloh” rahbari telefondan foydalanmaslikka chaqirganidan so‘ng Isroil guruh asosiy mijoziga aylangan peyjer ishlab chiqarish kompaniyasini yaratgan.

“Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan holda rivojlantirish” — prezident
19 sentabr 2024, 21:04

“Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan holda rivojlantirish” — prezident

Prezident qishloq xo‘jaligidagi rejalarga oid taqdimotda urug‘ importida raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish kerakligini aytdi. “Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, — ta’kidladi u.

Toshkentda Destination: Tashkent film va diskurs festivali bo‘lib o‘tadi
19 sentabr 2024, 20:42

Toshkentda Destination: Tashkent film va diskurs festivali bo‘lib o‘tadi

26−29-sentabr kunlari Toshkentda Destination: Tashkent kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturda tarixiy filmlar va Markaziy Osiyo rejissyorlarining zamonaviy asarlari namoyish etiladi.

Endi yangi soliq imtiyozlari keyingi yil boshidan joriy etiladi
19 sentabr 2024, 20:13

Endi yangi soliq imtiyozlari keyingi yil boshidan joriy etiladi

O‘zbekistonda yangi soliq imtiyozlarini joriy etish tartibi o‘zgaradi. 2025-yildan boshlab ular joriy qilingan paytdan boshlab emas, balki keyingi yilning boshida kuchga kiradi. Eksportchilar va Hyatt International uchun foyda solig‘i imtiyozlari ham bekor qilinmoqda.

Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi
19 sentabr 2024, 18:10

Olti yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga 2,5 mlrd dollarlik xalqaro investitsiya va grantlar jalb etildi

Bosh vazir Abulla Aripovga ko‘ra, O‘zbekiston 2017−2023-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga xalqaro moliya institutlaridan 2,5 mlrd dollar investitsiya va grant mablag‘larini jalb etgan. U, shuningdek, 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni 2 barobar ko‘paytirish rejalari haqida gapirdi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar
19 sentabr 2024, 18:09

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar

O‘zbekiston va Germaniya malakali mutaxassislar kirishi va noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradigan bitim imzoladi. Hujjat xorijliklarni uchinchi davlatga qaytarish uchun tranzit imkoniyatini ham nazarda tutadi. OAVlar afg‘onlarni Toshkent orqali deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting