Tojikiston prezidenti koronavirus pandemiyasi tufayli ehtiyojmand va ijtimoiy zaif aholi qatlamiga kiruvchi fuqarolarga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida (40 dollar atrofida) bir martalik yordam puli ajratish to‘g‘risida qarorni imzoladi.
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 16 yoshli o‘smir amaksining 5 yoshli o‘gay qizini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirib, uning onasiga tan jarohati yetkazgan. Ayol jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Adliya vaziri maslahatchisi va bloger Shahnoza Soatova o‘zini va oila a’zolarini koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U yarim kun SES eshigi oldida turib, test topshirolmay qaytganini, test bo‘lmaganligi uchun tez yordam va poliklinika uni koronavirusga chalinganligini tan olmayotganligini aytgan. Bloger sog‘liqni saqlash vazirligidan o‘zini o‘zi davolash bo‘yicha yo‘riqnomalarni chiqarib, tarqatishni talab qilgan.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 56 nafarga yetdi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi. Allamjonov unda yengil formali koronavirus kechayotganini, uydan turib 12 kundan beri davolanayotganini va hozirda o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Karantin cheklovlari davomida 120 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkazib beriladi va buning uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 13 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida har shanba va yakshanba kunlari avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatiladi. Dam olish kunlari aholiga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etish tavsiya etildi.
Hukumat qarori bilan Sarvar Ashurov va Dilnozaxon Kattaxanova Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Tesla aksiyalarining o‘sishi hisobiga Ilon Maskning boyligi 6,1 mlrd dollarga ko‘paydi va u dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Uorren Baffet bilan birga yana to‘rt milliarderni ortda qoldirdi.
Turkiya prezidenti Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini muzey maqomidan mahrum qildi. Endilikda, ibodatxona yana masjid sifatida ishlatiladi va 24 iyul kuni o‘z faoliyatini boshlaydi. Ibodatxona 1985 yili YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Iyul oyining boshidan beri O‘zbekistonda yana Facebook ga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Ushbu fonda VPN dasturlarining ommaviyligi yana o‘sdi. «Gazeta.uz» muammo nimada ekanligini aniqlashga harakat qildi.
Toshkentda koronavirus aniqlagan 50 yoshli ayol vafot etdi. Bu mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida qayd etilgan 55-o‘lim holati.
Koronavirus bemorlari soni 179 nafarga ortib, jami 12206 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shundan 43 nafari aholi orasida.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 12027 taga yetdi. Kun davomida 463 ta holat, jumladan 268 ta karantin muassasalari, 195 tasi esa aholi orasida aniqlandi.
Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining bosh shifokori hibsga olindi. Markaz mansabdor va moddiy javobgar shaxslari qariyb 510 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarini o‘zlashtirish va talon-toroj qilganlikda ayblanishmoqda. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.
Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.
Koronavirus holatlari 134 taga ko‘payib, jami 11857 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlandi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli termizlik bemor (erkak kishi) miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 53 nafarga yetdi.
Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida Atalanta, PSJ, Leypsig va Atletiko Madrid jamolaridan biri aniq qatnashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting