Shavkat Mirziyoyev hokimlar va bankirlarni tadbirkorlar bilan ishlash tizimi yo‘qligi sababli tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 59 ta tuman va shahrda biznes muhit “yomon” deb baholangan. “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi”, — dedi prezident.
Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechkisi esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 188 taga oshib, jami 11447 taga yetdi. Ularning aksariyati Karantin markazida va Toshkent shahrida aniqlandi. Aholi orasida 66 ta holat qayd etildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.
Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotining pandemiya davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda davlat rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
8 iyul kuni kechqurun Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari, bir necha ming kishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va xukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.
“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
2019 yili firibgarlikda ayblanib qamoqqa olingan O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi Said-Abdulaziz Yusupov ozod etildi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish to‘liq to‘xtatildi.
Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa hududlarda ham sezildi. Poytaxtdagi yer osti silkinishlari kuchi 3 balni tashkil etdi.
Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Koronavirus bemorlari soni 167 nafarga ortib, jami 11259 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 72 nafari aholi orasida.
Avtotransport harakati uchun belgilangan cheklovlar ayrim toifadagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda, maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) avtotransport vositasining harakatiga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.
10 iyuldan boshlab avtotransport vositalarida stikersiz muayyan vaqtida (07.00 dan — 10.00 gacha, 17.00 dan — 20.00 gacha) ruxsat beriladi. Viloyatlararo qatnov to‘xtatiladi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rtasidagi qatnovlar bundan mustasno). Jamoat transporti faoliyati ham to‘xtatiladi, stikerlar kuchini yo‘qotmaydi.
8 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, davolanganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari rekord natijani qayd etdi.
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting