Koronavirus holatlari 167 taga ko‘payib, jami 13360 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 83 nafari Karantin markazida, 75 nafari Toshkent shahrida va 9 nafari Navoyi viloyatida aholi orasida aniqlandi.
“Maxsus komissiyaning tuzilishi va uning vakolatliligi borasida ikkilanishga o‘rin yo‘q”, — adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov maxsus komissiyaning tuzilishi va pandemiya sharoitida cheklovlar kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish vakolati mamlakat Konstitutsiyasi va qonunchiligiga to‘la mos kelishini ma’lum qildi.
Toshkentda qandli diabet va jigar serrozi bilan og‘rib kelgan 65 yoshli bemor ayol koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 tufayli olamdan o‘tganlar soni 62 nafarga yetdi.
O‘zA direktorining o‘rinbosari va taniqli bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlanishini uni “zararlantirish” uchun harakat deb o‘ylamasligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, bunga OAV sohasiga “yangi qon” olib kirish sifatida qarash kerak.
Koronavirusning yengil shakli kuzatilayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi. Unda aytilishicha, bunday bemorlarga faqatgina simptomatik davolanish tavsiya qilinadi. Jumladan, ko‘p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi dorilarini qabul qilish, agar lozim bo‘lsa, bronxolitik va burunga tomizish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin. «Yengil» bemorlarga antibiotiklar bilan davolanish tavsiya etilmaydi.
Prezident suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020−2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat suv xo‘jaligi sohasida 10 yilda qator ko‘rsatkichlarini yaxshilab, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etadi. Konsepsiya ijrosi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Shuningdek, Suv kodeksi ishlab chiqiladi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatlab, jami 10 194 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi deyarli 62,5 so‘mga ko‘tarildi, rubl kursi esa 1,4 so‘mga (143 so‘m) qimmatladi. AQSH milliy valyutasini qimmatlashishi uchinchi hafta kuzatilmoqda.
O‘zbekiston hududida hafta oxirigacha chilla davriga xos juda issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi 37−40 daraja, kechasi 21−24 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida 42 darajagacha ko‘tariladi.
Yumshoq, yengil va qarsildoq merengali pishiriqlar — Zira.uz tanlovi.
Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.
Koronavirus bemorlari soni 196 nafarga ortib, jami 13193 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Namangan, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shundan 153 nafari aholi orasida aniqlandi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 61 nafarga yetdi.
Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni kunlik 3, umumiy 60 nafarni tashkil etmoqda.
12 iyul kuni 484 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlanib, jami holatlar 13 mingtaga yaqinlashdi.
Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 59 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 12855 nafarga yetdi. Yangi aniqlangan 149 ta holatning 28 tasi Andijon viloyati, 76 tasi Toshkentda qayd etildi.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimi va boshqalar sudyalarni xalq oldida obro‘sizlantirdi. Sud xodimi esa do‘pposlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga qamab qo‘ygan. Hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 58 nafrga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi. 11 iyul kuni 486 kishida COVID-19 tasdiqlandi.
Koronavirus holatlari 196 taga ko‘payib, jami 12402 nafarga yetdi. Yangi holatlar Karantin markazida, Samarqand viloyatida, Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida qayd etildi. Shundan 35 nafari aholi orasida aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting