Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent “sariq” hududda qoldi.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 20,86 so‘mga qimmatladi va 10172 so‘m etib belgilandi.
Maktablarda tanlov fanlar yo‘nalishlari soni 5 tadan 12 taga oshiriladi. Endilikda, o‘quvchilar iqtisod, veb-frilanser, turizm va boshqa yo‘nalishlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tanlov fanlari 7-, 8- va 9-sinflarda ham joriy etilishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi tumanda bir kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini va marhum bilan muloqotda bo‘lgan 187 nafar fuqaro karantinga olinganini, ulardan 6 nafarida COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Biroq, bir ozdan so‘ng xabar o‘chirilgan. Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot xizmati bu holatni tasdiqlamadi.
Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 6358 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining barchasi Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.
Asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan fuqaro Yuqorichirchiq tumanida joylashgan karantin kompleksida ichida o‘zini osib qo‘ygan holda topilgan. Prokuratura dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.
Koronavirus holatlari 56 taga ko‘payib, jami 6272 nafarga yetdi. Kun davomida mamlakatda 119 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Koronavirus bemorlari soni 63 taga ortib, jami 6216 nafarni tashkil etmoqda. Aniqlangan aksariyat holatlar Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlandi.
O‘zbekistonda kun davomida 207 ta koronavirus holati qayd etilib, jami holatlar 6153 taga yetdi.
Koronavirus holatlari 94 taga ko‘payib, jami 6119 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolgan 25 nafari aholi orasida va bemor bilan muloqotda bo‘lganlarda aniqlandi. Kun davomida mamlakatda 173 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinmaydi.
O‘zbekistonda daromadlari yuqori va akademik yutuqlari ko‘p bo‘lgan odamlarni jalb qilish uchun yangi — Uzbekistan Is My Second Home immigratsion viza turi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, sayyohlik to‘lovlarini hisobga olishning yagona tizimi hamda ikkita xalqaro nazorat-o‘tkazish punktida Fast Track mexanizmi joriy qilinadi.
O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan taqdirda, ularga 3000 dollar tovon puli to‘lab beriladi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 mln AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan 10 ta oliy ta’lim muassasasida 2020−2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya tayinlandi. 2017 yildan beri u aviakompaniyaning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi edi.
Koronavirus bemorlari soni 79 nafarga ortib, jami 6025 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
Kun davomida 179 ta koronavirus holati aniqlandi. Infeksiyaga chalinganlarning 29 nafarini aholi vakillari, 4 nafarini esa xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 5946 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 18 tasi xorijdan kelgan fuqarolarda qayd etildi.
Prezident qarori bilan Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting