Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi.
Endilikda tez yordam mashinasini o‘tkazib yuborish uchun YTH qoidalarini buzgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi — senatorlar qonunchilikka shunday o‘zgartish kiritilishini ma’qulladi. Hozirda haydovchi maxsus transport vositasini o‘tkazib yubormasa ham, yo‘lni bo‘shatish uchun YTHni buzsa ham jarimaga tortiladi.
Feruza Maxmudova O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U oldinroq TIVning ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
O‘zbekistonda yana 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 5920 taga yetdi. Yangi holatlar Toshkent shahri, Xorazm, Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlari qayd etildi.
Markaziy bank O‘zbekistondagi faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlari haqidagi tahliliy ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, may oyida UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari orqali 10 trln so‘mdan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan. Shuningdek, mamlakatda naqd pulsiz tranzaksiyalarning hajmi 22,6 foizga ortdi.
Koronavirus aniqlangan poytaxtlik fuqaroning tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘tkazgan tadbirida ishtirok etgan 13 nafar oila a’zosi va qarindoshlariga koronavirus yuqqani ma’lum bo‘ldi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ayrim ota-onalar farzandining arzimagan shikoyati uchun ham maktabga yugurib kelib, o‘qituvchiga “tashlanish"dan uyalmay qo‘yganini ta’kidlab, ularni ustozlarni hurmat qilishga chaqirdi.
So‘nggi ikki yilda tez tibbiy yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan.
«Bunday muammolarni hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi. Lekin o‘sha joydagi senatorlar jim, ulardan aks-sado chiqmaydi». Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narboyeva joylardagi senatorlarning muammolarga munosabat bildirmasligini tanqid qilib, ularni aniqlashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni kattaligini ta’kidladi.
Hafta oxiri va keyingi haftaning boshida issiq havo O‘zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanba kunlari harorat ko‘tarilib, 39−42 darajagachani tashkil etadi.
Oliy Majlis Senati “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida” gi qonunni byurokratik tartib-taomillarni kuchaytirishi, qonunlarni chetlab o‘tishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkinligi sababli qabul qilmadi.
Ekoturizmni rivojlantirish uchun Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasida turistik infrastruktura tashkil etiladi. Bu yerda tashrif markazi, muzey, kuzatuv binosi va maydonlari yaratiladi, shuningdek, o‘kuvchilar va talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi.
O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Qarshi shahrida muqaddam sudlangan o‘g‘il o‘zaro kelishmovchilik tufayli ko‘zi ojiz va yura olmaydigan keksa otasi va o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Har ikkisi ham og‘ir kuyishdan vafot etdi.
Koronavirus bemorlari soni 88 nafarga ortib, jami 5855 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Sirdaryo viloyatida Captiva haydovchisi Cobalt mashinasini o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘ldi va yo‘l chetidagi ikkita avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi. Jami beshta avtomobil ishtirokidagi YTH natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga yo‘llagan maktubida uning koronavirus kasalligiga chalingani to‘g‘risidagi xabarni katta xavotir bilan qabul qilganini ta’kidladi. O‘zbekiston prezidenti Elboshi virusni qisqa fursatlarda yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekistonda kun davomida 85 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5767 taga yetdi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 64 kishi cho‘kib ketdi. Ularning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir.
Andijonda qiynoqlardan vafot etgan Alijon Abdukarimovning singlisi Daryo.uz nashriga bergan intervyusida akasi yil boshidan buyon bir necha marta IIBga chaqirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akasini fuqaro kiyimidagi odamlar raqamsiz avtomobilda olib ketgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting