Dollarning rasmiy kursi Markaziy bank tomonidan 11 108,03 so‘m etib belgilangandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish 11-noyabrdan boshlanishini ma’lum qildi. Jarayonlar hukumatning tegishli nizomi buzilishi ortidan g‘olib deb topilgan lotlar bekor qilinishi oqibatida kechikkan.
Sammit sabab yana yopiladigan Samarqand aeroporti, Sho‘rchida o‘quvchilar uyda o‘qitilayotganini tanqid qilgan Sardor Umurzakov, Toshkent va Qashqadaryodagi suv toshqini, Muzrabotning sobiq hokimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, prezident Administratsiyasida yangi tayinlov va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Andijon tumanida 845 dona «Bitmain» mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida davlatga 40,4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yanvar voqealari ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinishi haqidagi qonunni imzoladi. Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan sudlar tomonidan tayinlangan jazo to‘rtdan uch qismga, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa ikki baravar kamaytiriladi.
Tarmoqlarda Toshkentda YPX inspektori Nexia-2 avtomobili oynasini sindirayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB YHXB holatni haydovchi 4 marta ogohlantirishga bo‘ysunmagani va eshikni ichkaridan qulflab olgani bilan izohladi. Holat yuzasidan haydovchi jarimaga tortildi.
Davlat xarajatlarining oshishi ortidan inflyatsiya prognozlardan yuqori darajada shakllanmoqda, dedi MB raisi. Regulyator budjet taqchilligi 4,2−4,5 foizga o‘sishini kutmoqda, hukumat esa 4% bo‘lishini e’lon qildi. Mamarizo Nurmuratov inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidladi.
Samarqandning O‘zbekiston — Tojikiston chegarasidagi «Jartepa» chegara bojxona postida 5−12 noyabr kunlari fuqarolar va transport vositalari harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi. Bunga binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani sabab qilib ko‘rsatildi.
Hukumat budjet taqchilligining amaldagi cheklangan miqdoriga moslasha olmayapti, shu bois parlamentdan uni 4 foizgacha oshirishni so‘radi, bu esa davlat xarajatlarining 8 trln so‘mga oshishini anglatadi. Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, kelasi yilgi budjet loyihasini tayyorlash ishlari qariyb yakuniga yetgan.
Chorshanba kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir sabab Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar hamda boshqa suv o‘tkazish inshootlarida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari toshib chiqdi. FVV aholi va xonadonlarga ziyon yetmaganini ma’lum qildi.
2 noyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshishi kuzatildi. Shahar hokimligi ushbu toshqinlarga yagona sabab sifatida aholi tomonidan yul va ariqlarga tashlangan chiqindilarni ko‘rsatmoqda. Drenaj tizimining holati haqida esa ma’lumot berilmagan.
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) platformasida «Asakabank» va «Qishloq qurilish bank» ishtirokida ilk bor valyutaviy fyuchers shartnoma bitimlari tuzildi. Eskpiratsiya muddati noyabr oyida belgilangan kelishuvlar in-house elektron savdo maydonida tashkil etildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sho‘rchida o‘quvchilar uyda o‘qitilayotganini keskin tanqid qildi. Tuman hokimiga hayfsan berildi, uning o‘rinbosari va XTB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi. «Zudlik bilan vaziyat o‘zgarmasa, bolalar hokimiyat binosida ta’lim olishadi», — dedi Sardor Umurzakov.
Hukumatning tegishli qarori bilan gidroponika (tuproqsiz sun’iy muhit) usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, jumladan, uskuna qiymatining 100 mln so‘mdan oshmagan qismini respublika budjetidan qoplab berishni ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Collins English Dictionary tuzuvchilari «uzoq davom etadigan beqarorlik» ma’nosini anglatuvchi «permakrizis» atamasini yil so‘zi sifatida tanladi.
Surxondaryoda Muzrabot tumanining sentabrda ishdan olingan sobiq hokimi Erkin Alimov davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. U 4,2 gektar yerni qarindoshlariga rasmiylashtirgani, banklar ham uning qarindoshlariga 166 mlrd so‘mlik kredit ajratgani aytilmoqda.
Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi.
To‘lov xizmatlari seshanba oqshomida ta’minotchilarga to‘lov, QR-kod bo‘yicha to‘lov va joylardagi to‘lov xizmatlarini qayta tikladi. Apelsin servisi hamkorlardan mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodlarini 15 noyabrga qadar taqdim etishni so‘radi.
Chevrolet Onix avtomobili sotuvi boshlangan kuni 28 mingdan ortiq mijoz uni xarid qilish uchun shartnoma imzoladi (umumiy tuzilgan shartnomalar soni 30 mingta yaqin). Biroq, avtomobil «Uzavto Motors» vakili 2021 yilda aytganidek, 9−12 ming dollar emas, balki 13−16 ming dollar atrofida sotilmoqda.
Germaniya xalqaro agentligi — GIZ Davlat bojxona qo‘mitasining «Yallama» chegara bojxona postiga qiymati salkam 100 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi bojxona nazoratining texnik vositalari taqdim etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting