FIFA Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekiston mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli bo‘lganini e’lon qildi.
Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Parij Olimpiadasida oltin medal olgan Diyora Keldiyorova va uning murabbiyi Marko Shpitka Xalqaro dzyudo federatsiyasiga intervyu berdi. Murabbiy uzoq yillik mashg‘ulotlar, yaponiyalik Abega qarshi jang haqida so‘zladi. Diyora esa turmush o‘rtog‘ining qo‘llovi, kelgusi rejalari va boshqalar to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori xizmat xonadonida turmush o‘rtog‘i va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Voqeaga er-xotinning o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi, bu dastlabki 6 oyda oziq-ovqat va suv o‘rnini bosadi. Biroq emizish vaqt va ko‘nikma talab qiladi, shu bois ularni uyda va ishda qo‘llab-quvvatlash muhim. YUNISEF keng tarqalgan yanglish qarashlarga infografikalar orqali aniqlik kiritdi.
Parij Olimpiadasining 12-kunida o‘zbekistonliklar 3 ta sport turida qatnashadi. Unda eshkak eshuvchilar Yekaterina Shubina va Shaxriyor Mahkamov startga chiqadi. Bokschi Bahodir Jalolov yarim finalda jang qiladi. Yunon-Rum kurashchilari esa bronza medali uchun harakatini boshlaydi.
Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim prezident yig‘ilishida faoliyatidagi tizimli kamchiliklar uchun ishdan olingandi.
14-avgustga qadar xohlovchilar AQShning Vebster universitetining O‘zbekistondagi hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shma dasturlariga hujjat topshirishi mumkin.
O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev amerikalik Omar Jonsni mag‘lub etib, Olimpiada oltini uchun jang qiladigan uchinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘ldi. Shu kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik kurashchi ham bahslarini o‘tkazdi, ulardan ikki nafari bronza medali uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi.
Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘zbekistonda 3,6 milliondan ortiq bunday uchastkalar mavjudligi taxmin qilinmoqda. Qonun 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris Minnesota gubernatori Tim Uolsni AQSh prezidentligi saylovlarida sherik sifatida tanladi. Uols — AQSh Milliy gvardiyasining sobiq a’zosi, u, shuningdek, maktabda ijtimoiy fanlardan dars bergan.
Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.
Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Jahon savdo tashkiloti O‘zbekistonga o‘zini o‘zidan himoya qilish uchun kerakligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, tashkilotga a’zolik davlat eng katta ishlab chiqaruvchi bo‘lgan sharoitda hukumatning mahalliy korxonalar bosimiga qarshi himoya qobig‘i kabi ishlaydi.
AQSh sudi Google monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan, deb qaror qildi. Kompaniya smartfonlarda standart qidiruv tizimi bo‘lish uchun shartnomalar tuzgan. “Google — monopolist”, — dedi sudya va IT gigantining harakatlari “monopoliyasini saqlab qolish"ga qaratilganini ta’kidladi.
Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mni (taxminan $2,88 mlrd) tashkil etdi. Iyulda defitsitning o‘sish sur’ati pasayib, 2,5 trln so‘mni ko‘rsatdi. Sobiq deputat Doniyor G‘aniyev iyun o‘rtalarida nega birinchi yarimyillikda xarajatlar daromaddan oshib ketganini tushuntirgandi.
O‘zbekistonda birinchi yarimyillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa — 18,5 trln so‘mdan 8,9 trln so‘mga, shuningdek, uning kreditlash umumiy hajmidagi ulushi 40,2% dan 19,7% ga qisqardi. Buning fonida mikroqarz va mikrokredit berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlash sekinlasha boshladi.
Urganch aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining kapital ta’miridan so‘ng birinchi samolyotni qabul qildi. Toshkentdan uchib kelgan Uzbekistan Airways layneri havo arkasi bilan kutib olindi, yo‘lovchilarga Xorazm nonlari uzatildi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting