Bangladeshda namoyishlar: muvaqqat hukumatni Nobel sovrindori Muhammad Yunus boshqaradi
8 avgust 2024, 19:23

Bangladeshda namoyishlar: muvaqqat hukumatni Nobel sovrindori Muhammad Yunus boshqaradi

Bangladeshda bosh vazir Shayx Hasina qochib ketgach, muvaqqat hukumatni “kambag‘allar bankiri” sifatida tanilgan Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus qo‘lga oldi. Mamlakat armiyasi namoyishlarni bostirishdan va tinch aholini otishdan bosh tortdi, bu esa Hasinaning 15 yillik boshqaruviga barham berdi.

Toshkentda “apteka narkotiklari”ning salkam 3 mln dollarlik yirik partiyasi musodara qilindi
8 avgust 2024, 18:47

Toshkentda “apteka narkotiklari"ning salkam 3 mln dollarlik yirik partiyasi musodara qilindi

Toshkentda IIV va DXX xodimlari “zakladka” usuli orqali noqonuniy tarqatish uchun tayyorlanayotgan 42 kg dan ortiq “apteka narkotiklari"ni to‘xtatib qoldi. Ularning umumiy chakana narxi 35,7 mlrd so‘mni (deyarli 3 mln dollar) tashkil qildi.

Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini ta’mirlash ishlari yakunlandi
8 avgust 2024, 18:09

Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini ta’mirlash ishlari yakunlandi

Afg‘onistonda Naybobod temiryo‘l stansiyasi ochildi, u va uning Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif liniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan qayta tiklandi. Ochilish marosimida stansiyaga birinchi yuk vagonlari yetib keldi.

Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan 15 foizgacha chegirma taqdim etadi
8 avgust 2024, 17:38

Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan 15 foizgacha chegirma taqdim etadi

Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust-3-sentabr kunlaridagi aviaqatnovlar uchun 15 foizgacha chegirma e’lon qildi. Chiptalarni 9-avgustdan xarid qilish mumkin.

Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI
8 avgust 2024, 17:36

Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, iyul oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari 0,7 foizga pasaygan. To‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha 0,3 foizga oshgan.

Mirziyoyev va Toqayev Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lini muhokama qildi
8 avgust 2024, 17:24

Mirziyoyev va Toqayev Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lini muhokama qildi

Mirziyoyev va Toqayev yuk tashishni oshirishga sharoitlar yaratish, avtomobil va temiryo‘llar qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yo‘lagi va “Shimol-Janub” koridoridan samarali foydalanish va chegarada yangi o‘tkazish punktlarini ochish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi (foto)
8 avgust 2024, 17:21

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi (foto)

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini ochib berdi. Qosim-Jomart Toqayev buni “qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi” deb atadi. Foto.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda qatnashdi
8 avgust 2024, 16:41

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda qatnashdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari videoaloqa orqali Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini ochib berdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari 2024−2034-yillarda strategik sheriklik hamda ittifoqchilik dasturini tasdiqlashdi
8 avgust 2024, 16:12

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari 2024−2034-yillarda strategik sheriklik hamda ittifoqchilik dasturini tasdiqlashdi

Oliy davlatlararo kengashning 1-majlisida O‘zbekiston va Qozog‘iston kengashning 2024−2034-yillarda strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturini tasdiqlash va Tashqi ishlar vazirlari kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladi. Davlat chegarasi rejimi haqidagi bitim ham qabul qilindi.

Artel maishiy texnika mahsulotlari Bosniya va Gersegovina bozoriga kirib bordi
8 avgust 2024, 15:00

Artel maishiy texnika mahsulotlari Bosniya va Gersegovina bozoriga kirib bordi

22-iyul kuni Artel Bosniya va Gersegovinada joylashgan Energia Allianse d.o.o. bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi
8 avgust 2024, 14:49

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Oliy davlatlararo kengash majlisida 7 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanganini ijobiy baholadi. Tomonlar energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarni rivojlantirish, shuningdek, suv obyektlarini raqamlashtirishga kelishib oldi.

Xorazm viloyatining ikki tumaniga hokimlar tayinlandi
8 avgust 2024, 14:47

Xorazm viloyatining ikki tumaniga hokimlar tayinlandi

Zafarbek Matnazarov Yangiariq tumaniga, Ruslan O‘razbayev Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etilmoqda
8 avgust 2024, 14:33

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etilmoqda

Sirdaryo tumanida O‘zbekiston va Qozog‘iston ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zona formatida “Markaziy Osiyo” xalqaro markazi tashkil etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi
8 avgust 2024, 14:32

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi

Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidentiga “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordenini topshirdi. Bu mukofot Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qo‘shganlik uchun beriladi. Foto.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etmoqchi
8 avgust 2024, 13:31

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostonada o‘tgan muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish, Sirdaryoda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va Qambarota GES-1 qurilishini tezlashtirishga kelishib oldi. Tomonlar Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasini o‘rganadi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 37,4 mlrd dollarga yetdi
8 avgust 2024, 13:01

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 37,4 mlrd dollarga yetdi

Iyulda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin jamg‘arilishi va qimmatlashishi fonida 1,06 mlrd dollarga — rekord darajadagi 37,4 mlrd dollargacha oshdi. Qimmatbaho metallning fizik hajmi yana 9,6 tonnaga, qiymati esa 1,8 mlrd dollarga ko‘tarildi.

Raqobat qo‘mitasi Tok Bor kompaniyasini ustun mavqega ega deb topdi
8 avgust 2024, 12:43

Raqobat qo‘mitasi Tok Bor kompaniyasini ustun mavqega ega deb topdi

Elektromobil va gibrid avtomobillarni quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi Tok Bor kompaniyasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ustun mavqega ega deb topildi. Uning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.

Hududlarda fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
8 avgust 2024, 11:51

Hududlarda fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Yana bir holatda esa ingliz tili bo‘yicha sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan kishi ushlandi.

Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi
8 avgust 2024, 11:14

Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi

Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

Parij-2024: o‘zbekistonlik sportchilarning 8-avgustdagi ishtiroki taqvimi
8 avgust 2024, 10:40

Parij-2024: o‘zbekistonlik sportchilarning 8-avgustdagi ishtiroki taqvimi

Olimpiadaning 13-kunida bokschi Hasanboy Do‘smatov finalda, Abdumalik Xalokov yarim finalda jang qiladi. Taxmina Ikromova badiiy gimnastika, Ulug‘bek Rashitov esa taekvondo bahslariga kirishadi. Zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova, erkin kurashda G‘ulomjon Abdullayev va Javrail Shapiyev bahs olib boradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting