Telegram kanalda missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida “xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va so‘kingan”. Bu uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz etib belgiladi. Ushbu qaror inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganini inobatga olib qabul qilindi.
Olimpiada o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikr bildirib, jamoa kichik xatolar evaziga yutqazganini aytdi. “Guruhda o‘zimizga teng raqiblarimiz bor. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, dedi u.
Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkordan 14 ming dollar so‘rab, undan 7 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Agar bu holat kuzatilsa bemorga birinchi tez yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirib o‘tdi.
Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 5 kishi shifoxonada vafot etdi.
Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi.
Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan chiqindi to‘ldirilgan sharlardan biri Janubiy Koreya prezidenti idorasi binosiga kelib tushdi. May oyidan beri Pxenyan janubga 3000 dan ortiq shunday sharlarni uchirdi.
AQSh Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl sobiq prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilgani sababli tanqidlar ostida iste’foga chiqdi. U bu voqea Maxfiy xizmatning so‘nggi o‘nyilliklardagi “eng katta muvaffaqiyatsizligi” ekanini tan oldi.
Gaz qazib olish (elektr stansiyalari uchun asosiy yonilg‘i) pasayishda davom etmoqda. Iyunda ishlab chiqarish 3,54 mlrd kub metrni (-4,3%) tashkil etdi. Yirik korxonalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish 12,5 foizga, neftniki — 5,4 foizga kamaydi. Shu bilan birga, o‘tgan oy rekord darajada ko‘mir qazib olindi.
Birinchi yarimyillikda O‘zbekistonga gaz importi 809 mln dollardan oshdi, bu 2023-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 4 barobar ko‘p. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti iyun oyida keskin o‘sib, 181,5 mln dollarni tashkil etdi, bu may oyiga nisbatan 24 barobar ko‘p.
O‘zgidromet 25−29-iyul kunlari keskin jazirama bo‘lishi haqida xabar berdi. Shu kunlarda havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida +44…+45 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi tarixiy debyuti raqiblar reytingiga to‘liq mos tushdi. Ispaniyadan mag‘lubiyat 1:2 nisbatdagi kichik farqni aks ettirdi. Futbolchilar munosib o‘yin ko‘rsatdi, endi qolgan o‘yinlar turnirning chorak finaliga yetaklashi kerak.
Bugun Parijdagi Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha bahslar start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk ishtirokini Ispaniyaga qarshi uchrashuv bilan boshladi. “Gazeta.uz” musobaqaning futbol bo‘yicha bahslarida dunyoning qaysi yulduzlari to‘p tepishi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
21-iyul, yakshanba kuni 1940-yildan beri boshlangan kuzatuvlar tarixidagi rekord darajadagi issiq kun bo‘ldi. Yevropa iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni sayyorada o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 17,09 darajaga yetgan.
Toshkent shahrida Notcoin savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli shaxs 10 sutkaga qamaldi. Ayblanuvchining smartfoni tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Denov tumanidagi xonadonlarning biriga bo‘ri kirib qoldi. Mutaxassislar tomonidan jonzotning salomatligi ko‘zdan kechirilib, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga qo‘yib yuborildi.
IT Park University, Women in Tech vakillari va IT Park University talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Women in Tech`ning maqsadlari va yaqin rejalari ham taqdim etildi.
Ombudsman yarim yil ichida 452 marotaba jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari, reabilitatsiya markazi, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari va boshqa joylarga borib, monitoring o‘tkazdi. Shuningdek, joylarda saqlanayotganlar va ularning yaqinlaridan kelgan 1271 ta murojaatni o‘rganib chiqdi. Hisobot
O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol uchrashuvi bilan boshlaydi. O‘yin 24-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting