Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
26 iyul 2024, 12:12

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi
26 iyul 2024, 11:54

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari havo juda issiq bo‘ladi. Harorat +43…+45 darajagacha boradi.

Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi
26 iyul 2024, 11:20

Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi

Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi.

Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
26 iyul 2024, 11:09

Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi
26 iyul 2024, 10:34

O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024-yil 26-iyulidan boshlanishini e’lon qildi.

Farg‘ona tumanidagi sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi
26 iyul 2024, 09:43

Farg‘ona tumanidagi sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi

Farg‘ona tumani Shohimardon mahallasida sel oqimi qishloq vrachlik punkti hamda aholi xonadonlarini qum-shag‘alga to‘ldirdi. Viloyat FVBga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hozirda maxsus texnikalar ish olib bormoqda.

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi
25 iyul 2024, 22:40

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi

25-iyul kuni Olimpiya o‘yinlari kamondan otish bahslarining 1-saralash bosqichi boshlandi. Unda Ziyodaxon Abdusattorova 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinni band qildi. Amirxon Sodiqov esa 674 ochko bilan 13-natijani qayd etdi. Ular 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi.

“Isroil to‘liq g‘alabagacha kurashadi”. Netanyahu AQSh Kongressida nutq so‘zladi
25 iyul 2024, 22:31

“Isroil to‘liq g‘alabagacha kurashadi”. Netanyahu AQSh Kongressida nutq so‘zladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh Kongressidagi nutqida Isroil HAMAS bilan to‘liq g‘alabagacha kurashishini aytdi va G‘azodagi urushni Eron bilan kurashga qiyosladi. Uning chiqishi Vashingtonda norozilik namoyishlarini yuzaga keltirdi. U namoyish a’zolarini “Eronning foydali ahmoqlari” deb atadi.

“Asosiy stavkani pasaytirish sikliga o‘tish haqida gapirishga hali erta” — MB raisi
25 iyul 2024, 21:43

“Asosiy stavkani pasaytirish sikliga o‘tish haqida gapirishga hali erta” — MB raisi

MB asosiy stavkasining 13,5 foizga tushirilishi pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi — uning “cheklovchi” xarakteri saqlanib qoladi, dedi MB raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyatorning asosiy maqsadi joriy yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 9 foizga tushirishdir.

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi
25 iyul 2024, 20:20

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi

1-noyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumush, 65 grammgacha bo‘lgan tilla tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, undan yuqori og‘irlikdagilarini esa deklaratsiya asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB
25 iyul 2024, 19:33

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan ikki barobar ko‘p. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Polshadan tushumlar keskin oshdi. Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda.

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi
25 iyul 2024, 19:05

Sud “Navoiyazot"ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi

Iyun oyida Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot"ni o‘g‘itlar narxini oshirib yuborganlikda ayblab, uning 20,5 mlrd so‘m asossiz daromadini undirishga qaror qilgan edi. Kompaniya ayblovga qo‘shilmadi va qo‘mita qarori ustidan shikoyat qildi, biroq sud da’voni rad etdi.

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi
25 iyul 2024, 17:51

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Fransiyadagi Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘lmoqda. Hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo‘lda adashib qolmoqda”, — deydi jamoa murabbiyi.

“Demokratiya har qanday unvondan muhimroq”. Bayden saylovdan nega voz kechganini izohladi
25 iyul 2024, 16:10

“Demokratiya har qanday unvondan muhimroq”. Bayden saylovdan nega voz kechganini izohladi

Jo Bayden Amerika xalqiga murojaatida uning shaxsiy ambitsiyalari demokratiya yo‘liga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini aytdi. “Men bu lavozimni qadrlayman. Ammo vatanimni ko‘proq sevaman”, — dedi u saylovdan chiqish qarorini izohlab. Bayden “estafetani yangi avlodga topshirish” zarurligini aytdi.

Toshkentda Lacetti beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
25 iyul 2024, 15:32

Toshkentda Lacetti beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Mirobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti beton ustunga borib urildi. Oqibatda haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.

“Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
25 iyul 2024, 15:08

“Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga mo‘ljallangan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida 500 o‘rinli Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. 1-sentabrga qadar zarur ishlar amalga oshirilib, tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi
25 iyul 2024, 14:28

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi mavsumiy avtobuslar qatnovi kuniga 4 martagacha ko‘paytirildi. Yo‘lkira narxi 20 000 so‘m.

Polshada O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik o‘smirlarga hujum qilmagan, o‘zini himoya qilgan — elchixona
25 iyul 2024, 14:00

Polshada O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik o‘smirlarga hujum qilmagan, o‘zini himoya qilgan — elchixona

O‘zbekiston fuqarosi Polshada 15 yoshli ukrainalik o‘smirlarga hujum qilgani yo‘q, u o‘zini himoya qilgan, deya xabar qildi O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi. Yigit firibgarlar unga bosqinchilik uyushtirganini aytdi. Fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi.

“APEX INSURANCE” AJ dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Olimpiya o‘yinlarida qo‘llamoqda
25 iyul 2024, 13:00

“APEX INSURANCE” AJ dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Olimpiya o‘yinlarida qo‘llamoqda

APEX INSURANCE dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qo‘llab-quvvatlaydi va Dzyudo federatsiyasiga jamoani tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal ko‘targan erkak 10 sutkaga qamaldi
25 iyul 2024, 12:59

Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal ko‘targan erkak 10 sutkaga qamaldi

Telegram kanalda missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida “xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va so‘kingan”. Bu uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting