Shavkat Mirziyoyev 3−4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi va SHHT davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv ham o‘tkaziladi.
Guliston shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i 90 mln so‘m pora olishda gumonlanmoqda. U tadbirkorning elektr ta’minotidagi 200 mln so‘mdan ortiq qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.
DXX Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlarini pora olishda gumonlab qo‘lga oldi. Xususan, Taxiatosh hokimi o‘rinbosari fuqaroga hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilgan.
Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar kunduzi transportda konditsionerlar o‘chiqligidan shikoyat qilmoqda. “Gazeta.uz” sovitish tizimi qaysi soatlar oralig‘ida ishlashi, salondagi harorat qanday bo‘lishi va tartib qoidasi buzilganda yo‘lovchilar qayerga murojaat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida erkak uyida 13 tup marixuana o‘stirayotgani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida jami 37 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasi topildi.
Urganchda faoliyat olib boruvchi MCHJ yer maydonini sug‘orish uchun suv nasoslarini elektr hisoblagichga yashirincha ulab, 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda shu kabi holatlarni fosh qildi.
AQSh Oliy sudi sobiq prezidentlarning jinoiy javobgarlikka tortilishdan qisman daxlsizligi haqida qaror chiqardi. Sud bu qarorni Donald Trampning Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligi haqidagi ish bilan bog‘liq da’vosi bo‘yicha qabul qildi.
Advokat Davron Ahmedov tergovchilar va himoyachilar imkoniyatlari teng emasligi, shu sababli advokatlar tergov hujjatlarini o‘rganish, dalillarni tayyorlashga ulgurmasligi, idoralar esa maxfiyligini aytib, so‘rovlarga e’tibor bermasligini ta’kidladi. Yig‘ilishlarni OAVda yoritish masalasi ham to‘liq hal etilmagan.
BYD O‘zbekistonga kirgach, narxlar tushib bormoqda, dedi BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov. Unga ko‘ra, Jizzaxdagi zavoddan chiqadigan mashinalar narxi chetdan olib kelinadiganlari narxidan arzon bo‘ladi. Zavod 3 ta yangi modelni ishlab chiqarmoqchi, mahalliylashtirishni 60 foizga yetkazmoqchi.
Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. Energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullar javobgarligini oshirish zarur, dedi u.
Deputat Doniyor G‘aniyev elektr energiyasi tannarxini shakllantirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yo‘qligini ta’kidladi. “Hozir biz narxlarni go‘yoki tannarxgacha olib kelyapmiz, lekin bunday shaffoflik yo‘q tizim bilan tannarxlar yana ikki barobar oshib ketmasligiga kim kafolat beradi?” — dedi u.
Parranda grippi tarqalishini kuzatayotgan olimlar H5N1 pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqmoqda, deb yozdi Reuters. JSST avvalroq sutemizuvchilarda virus bilan kasallanish jiddiy muammo ekanini tan olgan edi.
Fransiya parlamenti saylovlarining birinchi turida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilik qildi. Bu o‘ta o‘nglar uchun tarixiy rekord. Agar partiya ikkinchi turda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, bosh vazirlik lavozimini Le Penning protejesi — 28 yoshli Jordan Bardella egallashi mumkin.
O‘zbekistonga kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga prezident oliy darajali “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bosh kotib, shuningdek, Senat raisi bilan uchrashdi, Hazrati Imom majmuasi va poytaxt mahallalaridan biriga bordi, Toshkent viloyatida “yashil” energetika sohasi bilan tanishdi. Foto.
O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin.
Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi.
“Gazeta.uz”dagi maqoladan so‘ng Bosh prokuratura Chilonzor tuman prokuraturasining jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini o‘rganishga kirishdi. Avvalroq ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanini ko‘rsatgandi.
Iyulning katta qismida harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha bo‘ladi, ba’zi kunlari 2−3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Juda issiq (+40 va undan yuqori) kunlar soni 2−5, shimolda 6−8 kunni tashkil etishi mumkin.
Maktablar oldida fotoradarlar o‘rnatiladi, IT bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi, farmnazorat tizimi tashkil etiladi, 6 ta shaharda suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi, ayrim bemorlar bepul davolanadi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face ID joriy etiladi — 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting