AQSh ichki yonuv dvigatelli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytirdi. Shu yo‘l bilan Amerika hukumati elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni rag‘batlantirishga umid qilmoqda.
Toshkent shahri sudi liftda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkakni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Yer aholisi tug‘ilishning keskin pasayishi tufayli kamaya boshlaydi. 2050-yilda 204 ta davlatdan 155 tasida tug‘ilish darajasi aholining o‘rnini bosadigan darajadan past bo‘ladi. Bu O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi.
BYD vakili Ivan Sao O‘zbekistonda avtomobillarning tartibsiz importini cheklash rejalari haqidagi xabarga izoh berdi. U joriy yilda modellar soni 10 ta pozitsiyaga kengaytirilishini aytdi va BYD Xitoyda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham narxlarni o‘zgartiradimi, degan savolga javob berdi.
2025-yil Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Senati raisi Tanzila Narbayeva ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuvda assambleya hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.
Prezident Namangandagi zargarlik korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganini aytdi. Unga ko‘ra, soha uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. “Bu — boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — deya ishontirdi u.
O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 26-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.
Dushanba, seshanba kunlari yuqori harorat saqlanib turadi, so‘ng O‘zbekistonga O‘rta dengizdan nam havoning bir qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat ish haftasining oxiriga kelib kunduzi +13…+18 daraja iliqni tashkil etadi.
O‘zgidromet 26−31-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi suv bosishiga olib kelishi mumkin.
O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.
Gruziyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan borgan 18 nafar sportchining 2 nafari — Sardor Nurillayev va Sharofiddin Boltaboyev kumush medal oldi. Toshkentda o‘tgan avvalgi turnir o‘zbekistonliklarga omadliroq kelgandi (6 ta medal).
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi. Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi ham reja qilinmoqda.
Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.
Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryoning boshqa tumanlaridan 10 ming kishi, 350 dan ortiq yuk va maxsus transport vositalari jalb qilindi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, aholi xonadonlari va boshqa obyektlar dezinfeksiyalandi, daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Foto.
“O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 2023-yilda 611,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga qisqardi. Oxirgi uch yilda uning daromadlari besh baravarga — 3,3 trln so‘mdan 611 mlrd so‘mgacha kamaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital, taqsimlanmagan va yalpi foydada kuzatilgan.
“Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyev o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.
2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl”ga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan 4 kishi hibsga olingani, shuningdek, terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetganini ma’lum qildi. “O‘lganlar soni yana ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 kun bo‘lgan 2 chaqaloq ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qoldirib ketildi. Sumkaga solingan qiz chaqaloqlarni hudud hamshirasi topib oldi. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bolalarni kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting