Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).
Musulmonlar Ramazon oyini Dubayda qanday o‘tkazishlari, qanday diqqatga sazovor joylarga borgan va qanday taomlarni tatib ko‘rgan ma’qulligi haqida amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti gapirib berdi.
Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Toshkentdagi ko‘chada soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar (26 va 35 yosh) jarimaga tortildi, shuningdek, ular bilan “profilaktik suhbat” o‘tkazildi.
Turkiyaning Anadolu klinikasi saraton kasalligiga chalingan bemorga qanday yordam bergani haqida o‘rtoqlashdi. O‘zbekistonlik bemorlar shifoxonaning Toshkentdagi vakolatxonasida bepul konsultatsiyaga yozilishlari mumkin.
Server qurilmalarini ko‘chirish ishlari sabab 21−24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xizmatlari amalga oshirilmaydi. Davlat xizmatlari, notariuslar, litsenziyalash va tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari tizimlari vaqtincha ishlamaydi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili 27-sonli manzil koloniyada monitoring o‘tkazdi. Barcha mahkumlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning 47 nafariga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yildi. Ularga statsionar davo muolajalari buyurildi.
O‘zbekiston World Happiness Report`ning eng baxtli mamlakatlar reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, 47-o‘rinni egalladi. Mamlakat MDH davlatlari orasida eng yuqori baxt darajasiga ega. O‘zbekistonliklarning eng baxtlilari keksalar, eng baxtsizlari esa 30−44 yoshdagilardir (aksar mamlakatlarda buning teskarisi).
Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi.
Uzum milliy raqamli ekotizimi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi.
Endi Toshkentdagi havo sifatini Air Tashkent portalida ham kuzatsa bo‘ladi. Hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxtga 10 ta havo sifatini nazorat qiluvchi stansiya o‘rnatdi (rejada yana 30 ta). Shuningdek, saytda Toshkentda bo‘lgan yong‘inlar, qozonxonalar manzili va boshqa ma’lumotlar bor.
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.
7 ta kinopremyera, savdo markazlari va bog‘lardagi bayram tadbirlari, bolalar uchun shoular, teatrdagi spektakllar, ko‘rgazmalar, yumoristik tadbirlar, ijodiy mahorat darslari, Navro‘z bayrami va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Herbalife mintaqaviy vitse-prezidenti Nina Kandelaki kompaniya ayollar tadbirkorligini qanday qo‘llab-quvvatlayotgani hamda Herbalife bilan hamkorlikning afzalliklari haqida o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda 21−27-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning bir qancha hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Qamchiq dovonida qor yog‘ishi mumkin.
Sergeli tumanida 75 gektar maydonda 92 mln dollarli Yoshlar bog‘i qurilmoqda. U hudud jihatdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Unda xiyobonlar, amfiteatr, dam olish joylari, ekstremal sport maydonchalari va ijaraga beriladigan tomorqalar bo‘ladi. Loyihani yakunlash muddati — 2026-yil.
Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting