23−29-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 2023-yilning noyabr oyida Yaponiya imperatori Naruxito farmoni bilan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan taqdirlangan edi. Toshkentda ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini qo‘llash bo‘yicha kelishib oldi, u Ukrainaga bosqinning ikki yilligi arafasida tasdiqlanadi. 200 ta kompaniya va jismoniy shaxslarga sanksiya qo‘yilgan. Sanksiyalar, shuningdek, Rossiyaning dronlar ishlab chiqarishini cheklaydi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari havo sifati standartlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2030-yilga kelib PM2,5-mayda zarrachalarining ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 25 mkg/m3 dan 10 mkg/m3 gacha kamayadi.
Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi. Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi unga huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan edi.
Toshkent shahrida tadbirkor qurilish uchun yer maydoni bo‘lmasa-da, ikki kompaniya orqali kottejlarni bo‘lib-bo‘lib, boshlang‘ich badal evaziga sotib olishni taklif qilgan. U 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, 1,4 mln dollarni xorijdagi valyuta birjasiga o‘tkazgan. Hozirda mablag‘larning bir qismini qaytarishga erishilgan.
Avvalroq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ozodlikka chiqdi. Oliy sudning nazorat organi uning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.
“Monya” nomi bilan tanilgan Munisaxon Alijonova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U odam savdosida ayblanib 2023-yildan beri qidiruvda edi. Bu yil boshidan buyon shu kabi ayblovlar bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan to‘rtinchi ayol hisoblanadi.
UzAuto Motors hamda InfinBANK`dan yangi taklifga binoan endi Chevrolet Onix avtomobilini yiliga 16,99 foiz stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.
O‘zbekistondagi bir qancha banklar Contact pul o‘tkazmalari tizimi bilan ishlashni to‘xtatganini ma’lum qildi. Ushbu xizmatning operatori QIWI Bank bo‘lib, uning litsenziyasi Rossiya Markaziy banki tomonidan qaytarib olindi.
Madriddagi O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning BioGreen Road kompaniyasi vakillari bilan qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya suvni gelga makromolekulyar aylantirish texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi.
Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilgan va minglab O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistonida qolib ketishiga sababchi bo‘lgan 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi. Turfirmalarning mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Yanvar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,99 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2023-yil yanvariga nisbatan 9,4 foizga kam, so‘nggi oylardagi hajmlardan esa yuqori. Neft, ko‘mir, benzin va dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi ham pasaygan. Ishlayotgan sanoat korxonalari 25,2 mingtaga kamaydi.
Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekiston davlat idoralariga chegara bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratini yaxshilash uchun qiymati 54,5 ming yevrolik uskunalar sovg‘a qildi.
2023-yilda O‘zbekistonga 7 mln nafarga yaqin chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Ularning mamlakatda qolish muddati o‘rtacha to‘rt kungacha uzaydi, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p, deydi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.
2023-yilda O‘zbekistonga 7 mln nafarga yaqin chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Ularning mamlakatda qolish muddati o‘rtacha to‘rt kungacha uzaydi, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p, deydi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.
Endi Uzum Market`ga tovarlarni qabul qilish O‘zbekiston bo‘ylab yana 32 ta punktlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunda tadbirkorlar mamlakat bo‘ylab 34 ta aholi punktlarida tovarlarini topshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting