Qozog‘istonda mutaxassislar bilan maslahatlashilganidan so‘ng va yomon ob-havo sharoiti tufayli sayg‘oqlarni otish to‘xtatildi. Ularning soni 2023-yil oktabr oyida ushbu hayvonlar populyatsiyasining keskin ortishi va yaylov yetishmasligi fonida tartibga solingandi.
HONOR brendi O‘zbekistonga 2021-yilda kirib kelgan bo‘lib, foydalanuvchilar orasida innovatsion gadjetlari va Magic OS operatsion tizimi bilan mashhur.
2023-yilda O‘zbekistonda 203 nafar shaxs oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha Jinoyat kodeksiga muvofiq sudlanib, ularning 59 nafari qamaldi. Shuningdek, 8928 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Prezident meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish maqsadida aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatilishini ma’lum qildi. Bunday yer maydonlari hamda tomorqalarga sanoat, kooperatsiyani keng olib kirish va mahsulot yetishtirish uchun 1 trln so‘m kredit resursi ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.
O‘zgidromet favqulodda e’lon berdi, unga ko‘ra, jumadan boshlab O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent iqtisodiyot universiteti tarkibiga Moliya hamda Fiskal institutlari qo‘shilmoqda. Bu ikki OTMda tahsil olayotgan talabalar birlashtirilgan universitetda o‘qishni davom ettiradi. Yangi oliygohda kuzatuv kengashi, Transformatsiya markazi va universitetni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagani ta’kidlandi.
Bolgariyada boks bo‘yicha “kichik jahon chempionati” nomini olgan “Stranja” turnirida o‘zbekistonliklar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza olib, umumjamoa hisobida ketma-ket to‘rtinchi yil 1-o‘rinni egalladi.
Finlyandiya prezidentligi uchun saylovning ikkinchi turida hukmron Milliy koalitsiya partiyasidan nomzod, sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb 51,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda unga raqiblik qilgan mustaqil nomzod, sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto 48,4 foiz ovoz oldi.
Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida KXDR umumiy medallar bo‘yicha 1-o‘rin (33 ta medal), Janubiy Koreya 2-o‘rin (27 ta), O‘zbekiston esa 3-o‘rin (25 ta)ni egalladi. O‘zbekistonlik erkak sportchilar ochkolar borasida eng yaxshi natija ko‘rsatdi (umumiy ro‘yxat).
Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berildi.
Hafta davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+10, kunduzi +12…+24 daraja bo‘ladi. Juma kuni esa sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 mln 20 mingtani tashkil etdi. Bir yil davomida ko‘rsatkich salkam 400 mingtaga ko‘paygan. Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan 93 foizi yengil avtomobillar hisoblanadi.
O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, yoyma to‘rlar, elektr qarmoq, tuzoqsimon to‘rlar va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollaridan foydalanish hamda 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlandi.
Qarshi shahrida 2026-yilgacha 50 o‘ringa mo‘ljallangan hududlararo hospis quriladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.
Toyloq tumanida aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirganlikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting