Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda
9 fevral 2024, 15:35

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasiga rahbar bo‘ldi
9 fevral 2024, 15:31

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Senat yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
9 fevral 2024, 15:11

Senat yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqib, ma’qulladi. 2023-yilda mamlakatda 10 ming 204 ta yong‘in yuz berib, unda 251 fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan.

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
9 fevral 2024, 14:53

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.

Alerte Héritage Buxorodagi turistik markaz loyihasi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi
9 fevral 2024, 14:45

Alerte Héritage Buxorodagi turistik markaz loyihasi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi

Sayyohlik markazi qurish uchun buzilishi kutilayotgan Buxoro viloyati hokimligi binosi — me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi yirik inshoot. Alerte Héritage`ga ko‘ra, hududdagi har qaysi rekonstruksiya binoni saqlab qolish va “atrofdagi inshootlarga hurmat bilan yondashuv”ni o‘z ichiga olishi kerak.

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)
9 fevral 2024, 12:43

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)

Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.

Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda
9 fevral 2024, 12:22

Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda

Senat tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari berilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

Senat mikroqarzlarning maksimal miqdorini 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi
9 fevral 2024, 11:52

Senat mikroqarzlarning maksimal miqdorini 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi

Senat mikroqarzning maksimal miqdorini 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, hujjat bilan qarzdorda majburiyatlarini to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda asosiy qarzni to‘lashga ustuvorlik berilishi nazarda tutilmoqda.

Toshkentda yana ikki avtobus to‘qnashdi
9 fevral 2024, 11:43

Toshkentda yana ikki avtobus to‘qnashdi

Chilonzor tumanidagi bekatlarning birida 131-sonli King Long avtobusi va 99-sonli Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTHga haydovchilardan birining yonlama oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Dam olish kunlari havo quruq va juda iliq bo‘ladi
9 fevral 2024, 11:06

Dam olish kunlari havo quruq va juda iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda 10−11-fevral kunlari quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Hududlarda fuqarolarni AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
9 fevral 2024, 10:47

Hududlarda fuqarolarni AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent, Samarqand va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.

1-sinf o‘quvchilari fevralda qo‘shimcha bir hafta ta’til oladi
9 fevral 2024, 10:12

1-sinf o‘quvchilari fevralda qo‘shimcha bir hafta ta’til oladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Uning sanasini har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi belgilaydi.

Qatar Airways 2-iyundan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
9 fevral 2024, 10:03

Qatar Airways 2-iyundan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Qatar Airways 2-iyundan Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslari haftasiga 4 marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim” deya ta’kidladi Uzbekistan Airports.

O‘zbekistonda yanvarda salkam 95 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
9 fevral 2024, 09:49

O‘zbekistonda yanvarda salkam 95 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi

Yanvar oyida hududlarda 94 mlrd 542 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha mingga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Afg‘oniston O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha qarzini deyarli to‘liq qopladi
9 fevral 2024, 01:49

Afg‘oniston O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha qarzini deyarli to‘liq qopladi

Afg‘oniston energetika kompaniyasi O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha ikki yillik qarzini to‘liq qaytardi, dedi tashkilot vakili. O‘zbekiston tomoni qarzning katta qismi to‘langanini, yana qariyb 1,2 million dollar to‘lanishi kerakligini tasdiqladi.

AQSh havo sifati standartlarini kuchaytirdi
9 fevral 2024, 01:25

AQSh havo sifati standartlarini kuchaytirdi

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mamlakatdagi havo sifati standartlarini kuchaytirdi. PM2,5 ning ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 12 mkg/m3 dan 9 mkg/m3 gacha kamaytirildi. Yangilangan standart minglab bevaqt o‘lim va yo‘qotilgan ish kunlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.

Valeriy Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini tark etdi
9 fevral 2024, 01:06

Valeriy Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini tark etdi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga quruqlikdagi qo‘shinlar boshlig‘i Aleksandr Sirskiy tayinlandi. Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyati to‘liq yangilanishini ma’lum qildi.

“Qo‘lingizdan ko‘p narsa keladi, sizdan o‘rganishimiz kerak”. Aleksandr Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda
9 fevral 2024, 00:48

“Qo‘lingizdan ko‘p narsa keladi, sizdan o‘rganishimiz kerak”. Aleksandr Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.

Toshkent markazida Zeekr ikkita mashinaga urildi va trotuarga chiqib ketdi (foto, video)
8 fevral 2024, 23:56

Toshkent markazida Zeekr ikkita mashinaga urildi va trotuarga chiqib ketdi (foto, video)

Poytaxt markazida katta tezlikda harakatlangan Zeekr avtomashinasi Matiz va Kia avtomobillariga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa maysazorga chiqib ketdi. Uchala haydovchi va Zeekr mashinasidagi bir nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylar o‘rnida turar joy emas, yashil bog‘ barpo etiladi
8 fevral 2024, 22:18

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylar o‘rnida turar joy emas, yashil bog‘ barpo etiladi

Toshkentning Yangihayot tumanida qariyb 60 yildan beri mavjud yog‘och uylar o‘rnida ilgari reja qilinganidek uy-joylar emas, Xitoy investorlari ishtirokida yashil bog‘ quriladi. “Yaqinda prezident Sergeli va Yangihayotda ham Yangi O‘zbekistonga o‘xshagan istirohat bog‘i quringlar dedi”, — deya ta’kidladi tuman hokimi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting