Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, keshbek limiti xaridlarni amalga oshiruvchi fuqarolarning 98 foiziga ta’sir qilmaydi. Qo‘mita cheklovlar ba’zi odamlar boshqa odamlarning cheklarini va bu orqali keshbeklarini o‘zlashtirayotgani sabab joriy etilganini tasdiqladi.
Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.
Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi ehtimoli, Yaqin Sharqdagi urushning avj olishi, bo‘lingan Ukraina, nazoratsiz sun’iy intellekt va muhim minerallar uchun kurash — Time jurnali 2024-yilning 10 ta asosiy global xavf-xatarini e’lon qildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.
Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.
Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
AQSh elchisi Jonatan Xenik va USAID missiyasi rahbari Devid Xofman Toshkent havosi haqida gapirdi. “Har kim buni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishi kerak, chunki bu barchaga — „siz, oilangiz va farzandlaringizga“ taalluqli. Shuningdek, hukumatni muammoni o‘rganib, chora ko‘rishga undash zarur”, — dedi elchi.
“Kapital sug‘urta” qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagani sabab 162 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 11-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
Qo‘qonda qandolatchilik korxonasida elektrga mayning qurilmalari ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Tadbirkorga jami 4 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi qariyb 4 baravar kamaytirilganiga izoh berib, bu chora mahalliy zavodlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganini yana bir bor ta’kidladi.
Eski ToshMIdagi sobiq kadetlar korpusi binosi profnastil panjara bilan o‘raldi, hududda demontaj ishlari boshlandi. Bino Rossiya tibbiyot universiteti filiali uchun tayyorlanmoqda. Shahar madaniy meros boshqarmasi rekonstruksiya loyihasini hali tasdiqlagani yo‘q, ammo “ishni nazorat qilmoqda”.
Olimlarning fikricha, joriy 2024-yil 2023-yildagi rekord darajadan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Bu El-Nino, ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suv sathidagi haroratning anomal ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu hodisa o‘tgan yilgi haroratga ham ta’sir qilgandi.
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.
O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.
Sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘batlantirish deya izohlandi, ammo bu rag‘batning atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga ta’siri atroflicha muhokama qilinmadi. “Gazeta.uz” masalani o‘rgandi.
Endi xaridorlar bir oyda sotib olgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining faqat BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun 1 foizli keshbek olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayni vaqtda oyiga 204 ming so‘mdan ko‘p keshbek ololmaslikni anglatadi. Oldin bu bo‘yicha maksimal summa belgilanmagandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy”dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting