YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda
26 iyul 2023, 23:48

YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda

Mobil telefonlardan ortiqcha foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi va bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi, deyiladi YUNESKO hisobotida. Dunyoning har to‘rtinchi davlatida maktablarda smartfonlar allaqachon taqiqlangan.

Nukusga yangi hokim tayinlandi
26 iyul 2023, 22:02

Nukusga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukusning yangi hokimi bo‘ldi. U Utemurat Panayev o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.

26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
26 iyul 2023, 22:00

26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari, Farg‘onada kesib tashlangan 1213 tup daraxt, Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya, elektromobil importi oshgani, testda qatnashadigan 948 mingdan ortiq abituriyent, 7 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston Markaziy banki raisiga o‘rinbosar tayinlandi
26 iyul 2023, 20:37

O‘zbekiston Markaziy banki raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Sodir Meliboyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov joriy etildi
26 iyul 2023, 19:12

Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Energetika tizimidagi yuk ortishi munosabati bilan Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Tarqatish punktlari soviganidan so‘ng elektr ta’minotini tiklash rejalashtirilgan.

XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini biroz yaxshiladi
26 iyul 2023, 18:55

XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini biroz yaxshiladi

Jahon iqtisodiyoti pandemiyadan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda, biroq tarixiy standartlar bo‘yicha zaif o‘sishni ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Global inflyatsiya esa yuqoriligicha qolmoqda.

Xorazmda suv ifloslanishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi
26 iyul 2023, 18:22

Xorazmda suv ifloslanishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi

Xonqa tumanida korxonadan ifloslantiruvchi moddalari bo‘lgan oqova suvlar chiqishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi. Hayvonot dunyosiga 223,3 mln so‘m zarar yetkazilgan. Jinoyat ishining tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

O‘zbekistonga elektromobillar importi yarim yil ichida qariyb 5 barobar oshdi
26 iyul 2023, 17:43

O‘zbekistonga elektromobillar importi yarim yil ichida qariyb 5 barobar oshdi

Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga elektromobillar importi qariyb 5 baravarga — 5403 tagacha oshdi. Ularning umumiy qiymati 167 mln dollarni tashkil etdi. Har to‘qqizinchi elektromobil Xitoydan olib kelinmoqda, Gonkongdan yetkazib berish ham oshgan.

Yangiyo‘lda Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarilishi mumkin
26 iyul 2023, 17:40

Yangiyo‘lda Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarilishi mumkin

Turkiyaning Medex Textile kompaniyasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 1 milliondan ziyod abituriyentning 948 mingdan ortig‘i testda qatnashadi
26 iyul 2023, 17:06

2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 1 milliondan ziyod abituriyentning 948 mingdan ortig‘i testda qatnashadi

Bu yil oliygohlarga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyentning 948 486 nafari test sinovida qatnashadi. Ularning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni tanlagan. Qolaversa, eng ko‘p — 33 721 nafar abituriyent har yilgidek O‘zbekiston milliy universitetiga o‘qishga kirish niyatida.

Samarqandda fuqarolarni AQSh va Isroilga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi
26 iyul 2023, 16:38

Samarqandda fuqarolarni AQSh va Isroilga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Paxtachi tumanida fuqaroni 18 500 dollar evaziga Isroilga, Payariqda esa 16 000 dollarga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi
26 iyul 2023, 16:35

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

“Yunistrim” O‘zbekistonda odatdagidek ishlashda davom etishini ma’lum qildi
26 iyul 2023, 15:37

“Yunistrim” O‘zbekistonda odatdagidek ishlashda davom etishini ma’lum qildi

“Yunistrim” O‘zbekistonda odatdagidek ishlashda davom etishini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari limitini oshirdi. 20-iyul kuni AQSh bu to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka qarshi sanksiya joriy qilgandi va keyin O‘zbekistonning 5 ta banki “Yunistrim” bilan ishlashni to‘xtatgandi.

Ruxsat olish qiyinligi sabab O‘zbekistonda agrodronlardan foydalanish keng tarqalmagan — MHTI
26 iyul 2023, 15:08

Ruxsat olish qiyinligi sabab O‘zbekistonda agrodronlardan foydalanish keng tarqalmagan — MHTI

MHTI mutaxassislari O‘zbekistonda agrodronlarni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat olish tartibi ancha murakkabligi tufayli ulardan foydalanish keng tarqalmaganini ma’lum qildi. Ular xorij tajribasini inobatga olib, bu bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi
26 iyul 2023, 14:23

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi

Jurnalist Abduqodir Mo‘minovning sud ishi boshlandi. Dastlabki kunda jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi. Eshituv mobaynida sudlanuvchi va uning advokati o‘z e’tiroz va fikrlarini bildirdi.

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
26 iyul 2023, 14:18

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

27−30-iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Fitch boshqaruv va iqtisodiyot sohalarini isloh qilishni O‘zbekiston uchun asosiy vazifalar deb atadi
26 iyul 2023, 12:33

Fitch boshqaruv va iqtisodiyot sohalarini isloh qilishni O‘zbekiston uchun asosiy vazifalar deb atadi

Fitch Ratings O‘zbekiston kredit reytingini oshirishning asosiy omili sifatida boshqaruv standartlarini takomillashtirish va tuzilmaviy islohotlarni qayd etdi. Agentlik institutlar mustaqilligi va byurokratik apparatni qisqartirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medal oldi
26 iyul 2023, 11:49 1

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medal oldi

Shveysariyada o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonliklar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sovrindorlar umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabi o‘quvchilari hisoblanadi.

Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va kengash tuzildi
26 iyul 2023, 11:29

Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va kengash tuzildi

Prezident Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilishini ma’qulladi. Birinchisiga qurilish vaziri o‘rinbosari, ikkinchisiga bosh vazir rahbarlik qiladi. Direksiya shaharni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadi, investorlar bilan shartnoma tuzadi va boshqa ishlarni bajaradi.

Qonliko‘l tumaniga hokim tayinlandi
26 iyul 2023, 11:21

Qonliko‘l tumaniga hokim tayinlandi

Bahram Sultonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting