Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
6 dekabr 2023, 16:57

Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi kiritildi. Loyiha Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi va tegishli vazirlik hamda idoralar vakillari bilan birgalikda takomiliga yetkazilmoqda.

Toshkent va Xorazmda qurol va giyohvandlik vositalari saqlagan shaxslar qo‘lga olindi
6 dekabr 2023, 15:33

Toshkent va Xorazmda qurol va giyohvandlik vositalari saqlagan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilikda gumonlanib 19 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimiga jazo tayinlandi
6 dekabr 2023, 15:23

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimiga jazo tayinlandi

Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimi 4 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi va undan 23,7 mln so‘m zarar undirildi.

O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi
6 dekabr 2023, 15:01

O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi

O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda “zapravka”lar 11 oyda 110,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘rilagani aniqlandi
6 dekabr 2023, 14:50

O‘zbekistonda “zapravka”lar 11 oyda 110,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘rilagani aniqlandi

O‘zbekistonda 11 oyda “zapravka”lar 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdorlariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

OTB O‘zbekistonga korxonalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi
6 dekabr 2023, 14:32

OTB O‘zbekistonga korxonalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi. Mablag‘lar, jumladan, korxonalarning iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

Fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sud xodimi qamoqqa olindi
6 dekabr 2023, 11:33

Fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sud xodimi qamoqqa olindi

DXX fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sudning katta konsultantini qo‘lga oldi. U 2 kishining oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan. Shuningdek, mahalliy tadbirkordan 6 ming dollar olishda gumonlangan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi ham ushlandi.

Xalqaro moliya institutlari tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkonini beradi
6 dekabr 2023, 11:22

Xalqaro moliya institutlari tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkonini beradi

Bir qator yirik xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki tabiiy ofat yuz bergan taqdirda mamlakatlarga qarz to‘lashni kechiktirish imkoni berilishini va’da qildi.

Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani urib dars o‘tgan pedagog ishdan olindi
6 dekabr 2023, 11:00

Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani urib dars o‘tgan pedagog ishdan olindi

Tarmoqlarda pedagog 4 yoshli bolani urib, mashg‘ulot o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi va pedagogning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Toshkentda 2 ta “garmoshka”li elektrobus harakatlanishni boshladi
6 dekabr 2023, 10:27

Toshkentda 2 ta “garmoshka”li elektrobus harakatlanishni boshladi

Toshkentdagi 14-sonli yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ular King Long avtobuslari ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan bonus tariqasida berilgan.

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi
6 dekabr 2023, 10:11

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi. U 2017-yildan buyon Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi bo‘lib ishlagan Dilyor Hakimov o‘rnini egalladi.

Toshkentda Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi
6 dekabr 2023, 09:54

Toshkentda Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

AEXA O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ma’qulladi
6 dekabr 2023, 09:40

AEXA O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ma’qulladi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik O‘zbekistonda yadro sanoati va tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha beshta yangi loyihani ma’qulladi. Ular orasida yuqori sifatli nur terapiyasi orqali saratondan o‘limni kamaytirish kabilar bor.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Armanistonda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
6 dekabr 2023, 09:24

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Armanistonda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

Armanistonda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta medal — 4 oltin, 3 kumush va 4 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

Farg‘ona aeroporti yopilayotgani yo‘q va odatiy tartibda ishlamoqda — Uzbekistan Airports
6 dekabr 2023, 09:12

Farg‘ona aeroporti yopilayotgani yo‘q va odatiy tartibda ishlamoqda — Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airways Farg‘ona aeroportida rekonstruksiya ishlari munosabati bilan bu shaharga deyarli 2 oy davomida barcha reyslar bekor qilinganini bildirdi. Uzbekistan Airports`ga ko‘ra, aeroport yopilmayapti va odatdagidek ishlamoqda. Boshqa hech bir aviakompaniya reyslar bo‘yicha o‘zgarishlar haqida xabar bermadi.

Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) Toshkentda ushlandi
5 dekabr 2023, 23:39

Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) Toshkentda ushlandi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan “Salimboy” laqabli tadbirkor Salim Abduvaliyevni qo‘lga oldi.

YTTlardan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliqlar ularning hisobvaraqlariga qaytariladi
5 dekabr 2023, 23:31

YTTlardan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliqlar ularning hisobvaraqlariga qaytariladi

Soliq qo‘mitasi yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliq summalari ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirishda yuzaga kelgan texnik xato bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qildi.

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi
5 dekabr 2023, 23:13

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt xalq deputatlari kengashi “Yangi Toshkent” loyihasini hisobga olgan holda Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi.

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi
5 dekabr 2023, 22:47

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va Tadweer (BAA) kompaniyasi COP28 doirasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, chiqindilarni elektrga aylantirish zavodini ishga tushirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda
5 dekabr 2023, 19:00

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting